Murojaati qadrli vatandoshlar!



Yüklə 36,47 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü36,47 Kb.
#183913
1   2   3   4   5
Murojat

Aziz yoshlarimiz!
El-yurtimiz yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda butun xalqimiz qatori sizlarga tayanadi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalaning.
Mamlakatimiz kelajagi sizlarning qoʻlingizda. Yangi Oʻzbekistonni kelgusida aynan sizlar dunyoga tanitasiz. Bunga doimo munosib boʻling!
Yoshlikka xos qatʼiyat, gʻayrat va shijoat, joʻshqinlik va mardlikni, hushyorlik va tadbirkorlik, ezgu orzu-intilishlarni amaliy harakatga aylantirib, salmoqli natijalarga erishish uchun oʻz oldingizga aniq maqsadlar qoʻyib yashashdan aslo charchamang.
Vatanni sevish, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, maʼrifatparvar jadid bobolarimizning shonli anʼanalarini ardoqlab, ularni munosib davom ettiring.
Taʼlim-tarbiya, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni oʻrganishda, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashda, jahon maydonidagi raqobatda xorijdagi tengdoshlaringizdan aslo kam emasligingizni amalda isbotlang. Siz bunga har tomonlama qodirsiz.
Buzgʻunchi gʻoyalar, vayronkor mafkuralar tuzogʻidan doimo ogoh boʻling!
Hech qachon unutmang, Siz — xalqimiz umid va ishonch bilan koʻz tikkan kelajak bunyodkorlarisiz. Aziz vatandoshlar! Bugungi kunda xalqimizni buyuk maqsadlar sari dadil boshlab borayotgan azmu shijoatli Prezidentimiz atrofia, muqaddas Vatanimiz bayrogʻi ostida qudratli xalq boʻlib yanada jipslashaylik. Birgalikda ulkan marralarni zabt etaylik. Maʼrifatli va farovon jamiyat qurishdek ulugʻ maqsad yoʻlida aslo charchamaylik. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish har birimizning muqaddas maqsadimizga aylansin!
Yüklə 36,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə