Didaktik adabiyot badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiy taʼlimiy, ilmiy falsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik asarlar ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib taqaladi mas, "Qobusnoma"



Yüklə 6,4 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,4 Kb.
#164139
Metodika ppt

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakultetining filologiya va tillarni o’qitish o’zbek tili yo’nalishi 4-bosqich 404-guruh talabasi Ortiqov Ziyovuddinning O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti.

Mavzu: Didaktik asarlar tahlili Reja: 1. Didaktik adabiyot haqida tushuncha 2. Nasriy didaktik asarlar 3. Nasriy she’riy didaktik asarlar 4. She’riy didaktik asarlar


Didaktik adabiyot - badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiy taʼlimiy, ilmiy falsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik asarlar ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib taqaladi (mas, "Qobusnoma"). Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida Didaktik asarlar uzoq tarixga ega. Didaktik asarlarga doir ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi Didaktik asarning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" dostonlaridir.

Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan. Didaktik asardan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (mas, Ibn Sinoning tabobatga oid "Urjuza" sheʼriy asari). Didaktik asarga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar. 20-asr oʻzbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va b. ijodida pand nasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qoʻllanmalarida taʼlim tarbiyaga oid didaktik asar namunalari koʻplab uchraydi.

Nasriy didaktik asarlar Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mashhur «Panchatantra», ya’ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi. Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta’siri bor. Bu kitob asrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qilingan. Arab ertaklari asosida shakllangan «Ming bir kecha»da ham mohiyatan didaktik ruh juda ustun turadi. Keyinchalik Kaykovusning mashhur «Qobusnoma»si yozildi. XVI asr o‘zbek adibi Xoja (Podshoxoja binni Abdulvahhobxoja)ning «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») asarlari ham sof nasriy yo‘lda bitilgan didaktik adabiyot namu- nalari hisoblanadi.

Nasriy-she’riy didaktik asarlar. Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning bag‘oyat mashhur «Guliston» asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she’riy, ya’ni aralash yo‘lda bitilgan. Alisher Navoiy ham pandnoma ruhidagi «Mahbub ul-qulub» asarini aynan nasriy-she’riy shaklni o‘zaro omixta qilib yozdi. Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar misolida bitilgan bo‘lsa ham, Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham didaktik adabiyotning ana shunday nasriy-she’riy, ya’ni aralash turiga kiradi.

She’riy didaktik asarlar. Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she’riyat ham shakllangan. Aytaylik, o‘zbek mumtoz she’riyatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiyning Nizomiy Ganjaviy «Maxzan ul-asror»ini erkin tarjima qilish asnosida bitgan «Gulshan ul-asror», Alisher Navoiyning «Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan «Hayrat ul-abror» dostonlari aynan o‘zbek didaktik she’riyatining yorqin namunalari hisoblanadi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. Masalan, O‘zbekiston xalq shoiri Shukurullo qalamiga mansub «Javohirlar sandig‘i» aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo‘l bilan bitilgan.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida axloqiy-ma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtayi nazarini nihoyatda tiniqlashtirib ifodalash imkonini beradi, shu tariqa uning aynan qanday g‘oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ikkinchidan, bu ta’sirchanlikni sezilarli darajada oshiradi, uchinchidan, ko‘tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o‘z ahamiyati, ya’ni dolzarbligini aslo yo‘qotmaganidan dalolat beradi.

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. Masalan, O‘zbekiston xalq shoiri Shukurullo qalamiga mansub «Javohirlar sandig‘i» aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo‘l bilan bitilgan.

E’tiboringiz uchun tashakkur!


Yüklə 6,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə