Murojaati qadrli vatandoshlar!


Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar!



Yüklə 36,47 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü36,47 Kb.
#183913
1   2   3   4   5
Murojat

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar!
Tadbirkorlar hamisha, hamma zamonlarda bunyodkor, yaratuvchi, saxovatpesha kuch boʻlish bilan birga, maʼnaviyat, madaniyat maydoni pahlavonlari sifatida ham faoliyat koʻrsatganlar. Arzimagan, oʻtkinchi, shaxsiy foydasinigina koʻzlab, millatining maʼnaviy ildizlariga bolta uradigan mahsulotlarni hech qachon yurtimizga keltirmaganlar. Tijorat bobida harom-xarish yoʻllardan yurmaganlar, oʻzgalarning haqiga aslo xiyonat qilmaganlar. Har bir ishni insof, diyonat, halollik, rozi-rizolik asosida olib borganlar. Bugun biz sizning timsolingizda ana shunday vijdoni pok, Vataniga, xalqiga sodiq yangi Oʻzbekiston bunyodkorlarini koʻramiz.
Xalqimiz doimo izlanib, yangilikka intilib yashay- digan jonkuyar tadbirkorlarni oʻz ishiga fioyi va vatanparvar insonlar deb biladi va qadrlaydi.
Bugungi kunda hayotimizda “tadbirkor maʼnaviyati” degan tushuncha paydo boʻlmoqda. Aynan maʼnaviyat mezonlariga amal qilgan tadbirkorlarimiz el-yurtimizning ezgu duolariga sazovor boʻlmoqda.
Ishonchimiz komil, sizlar xalqimizning ana shunday yuksak bahosiga doimo munosib boʻlib, jamiyatimiz hayotiga yangi maʼnaviy nafas olib kirasiz, azaldan poklik, insof va diyonat tamoyillariga asoslangan oʻzbek savdogarlari, tijorat ahli anʼanalarini munosib davom ettirib, yanada yuksak bosqichga koʻtarasiz.
Muhtaram mahalla faollari!
Mahalla qadim-qadimdan tinchlik va osoyishtalik, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya maskani boʻlib kelgan. U biz uchun Vatan ichra kichik Vatandir!
Bugungi kunda mahalla odamlar oʻrtasida mehr-oqibat bardavomligini taʼminlaydigan, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlaydigan noyob tuzilmaga, chinakam xalq vijdoniga aylanib borayotgani, albatta, barchamizni quvontiradi.
Ayni paytda bugungi shiddatli zamon mahalla tizimi oldiga ham dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Ana shunday murakkab sharoitda ezgu qadriyatlarimiz asosida yanada birlashib, mahallalarimizni turli illatlar, maʼnaviy tahdidlardan xoli ulugʻ fazilatlar makoniga aylantiraylik.
Bugun har bir mahallada maʼnaviy-maʼrifi, tarbiyaviy ishlarga masʼul shaxslar belgilangan. Bu borada kamarbasta boʻlayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimiz saf tobora kengayib bormoqda. Ularning hayotiy bilim va tajribasi, oltinga teng oʻgitlari, yuksak ijtimoiy nufuzidan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashda keng foy- dalanaylik.
Xalqimiz donishmandligining yuksak namunasi boʻlgan “Bir bolaga yetti mahalla — ota-ona” degan naqlga tayangan holda, mahalladagi har bir bolaning tarbiyasi uchun oʻzimizni masʼul deb bilaylik!

Yüklə 36,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə