Mundarija: kirish I. Bob. Afrosiyob xarobalarining o’rganilishi



Yüklə 93,2 Kb.
səhifə2/8
tarix17.06.2023
ölçüsü93,2 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8
afrosiyob me\'morchiligi va sa,ati

Kurs ishi predmeti. Shahar madaniyati dastavval O’zbekistonning janubida, Surxondaryo hududida shakllandi, so’ngra esa shimolga So’g’d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Хorazm, Shosh va Farg’ona hududlariga tarqaldi. Bu — aynan yurtlar va xalqlar taraqqiyotidagi notekislik kabi tarixiy qonuniyatga zid emas.
O’rganilish obye’kti. Ko’p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O’zbekistondagi ayrim ko’hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar — tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini o’rganish jarayonida dastavval, eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar va viloyatlardagi tarixiy-madaniy shart-sharoitning ta’siri; ekologik-geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va ta’sir doirasi; shaharlarning vazifasi; qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi o’rni va ahamiyati masalalariga keng e’tibor qaratish lozim.
O’rganish darajasi. Afrosiyob nomining kelib chiqishi haqida turli rivoyatlar mavjud. Masalan:A.V. Shishkinning yozishicha, XVII-XVIII asrlarda bu joyning nomi podsho Afrosiyob haqidagi afsonalar bilan bilan bog’lanadi. Afsonaga ko’ra, qadim zamonlardagi shahar uning rezindensyailaridan biri bo’lgan emish. O’sha davrdan boshlab tepalik “Afrosiyob “nomi bilan xalq orasida mashhur. Ushbu xaroba nomining lug’aviy manosi va kelib chiqishi masalasida olimlar o’rtasida hozirgacha bir fikrga kelinmadi. Ulardan haqiqatga yaqinroq keladigan fikrni Leningradlik mashhur so‘g‘dshunos olim V.A. Livshid aytadi: “Afrosiyob”- “apar” va “shavar “ so’zlari birikmasidan iborat bo’lib, “qora suv ustidagi shahar“ yoki “Siyob atrofidagi yerlar” degan ma’noni bildiradi.1
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Afrosiyob shahar madaniyatining tarixiy ahamiyati ishlab chiqish va takomillashtirish, ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini hisobga olgan holda o’rganish, o’qitish jarayonining samarali bo’lishi uchun ishlab chiqarilgan metodik xulosalardan o’rinli foydalanish
Mavzuning davr chegarasi. Mil. av. IV asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanvening yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve IX asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi.
XI — XV asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. XV asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi.
Kurs ishi mavzusining nazariy uslubiy asosi. Kusr ishi materiallari tarixiylik, ilmiy xolislik va obyektivlik prinsiplari asosida taxlil qilindi. Shuningdek, tarixiy- qiyosiy taxlil, qadriyatlar uyg’unligi kabi tamoillarga amal qilindi. Tarixiy va arxeolagik manbalardan foydalanish va ularni taqqoslash usuli qo’llanilgan.

Yüklə 93,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə