Mundarija: kirish I. Bob. Afrosiyob xarobalarining o’rganilishi


Kurs ishining strukturasi



Yüklə 93,2 Kb.
səhifə3/8
tarix17.06.2023
ölçüsü93,2 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8
afrosiyob me\'morchiligi va sa,ati

Kurs ishining strukturasi. Kurs ishi ikki bob, to’rt paragrif, xulosa foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I.BOB. AFROSIYOB XAROBALARINI O’RGANILISHI
1.1. Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish Chor Rossiyasi
tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlanishi
Yer yuzining sayqali bo’lmish Samarqand tuprog’ining har bir zarrasida ulug’ bir hikmat bor.Bu go’zal vohadagi ko’hna Afrosiyob yodgorliklari, Shohi zinda, muazzam Registon maydoni singari o’nlab-yuzlab noyob obidalar bugungi kunda ham butun dunyoni o’ziga jalb etib kelmoqda. Samarqand tarixini tiklanishiga imkon bergan va yaqin kelajakda “Zangori osmon ostidagi ochiq makon muzey"ga aylantirilgan Afrosiyob yodgorligining tarixiy rivojlanishiga, ushbu madaniy yodgorlikning tarixda tutgan o’rni haqida qisqacha to’xtalib o’tsak, bag’rida bitmas-tuganmas sir-u asrorlarni pinhon saqlab yotuvchi, ota bobolarimiz hayoti, ularning yuksak san’ati va madaniyatini ko’z o’ngimizda gavdalantirib, qayta tiriltirib bera oluvchi tilsimotni ko’ra olamiz2. Afrosiyob shaharchasi arxeologlar tomonidan zargar misoli ehtiyorlik bilan ochilmoqda. Bunga yaqqol namuna sifatida, 1958- yildan boshlab O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi qadimiy shaharchada muntazam ravishda qazish ishlarini olib bormoqda.3
Samarqand, xususan Afrosiyob xarobalarini o’rganishga qiziqish XIX asrdan boshlanadi. Dastlab rus olimlari, harbiylari, sharqshunoslari Afrosiyob va uning atrofini o’rganishni boshlaganlar. Bunga misol qilib, 1841- yilida Buxoro amirligiga tashrif buyurgan N.V.Hanikov Samarqandning topagrafik xaritasini va Afrosiyobning tasnifini keltirilgan. Afrosiyob ming yilik tarixga ega. U dastlab VI asrda payod bo’lgan.
Hozirgi Samarqandning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Eramizdan avvalgi I-ming yilik o’rtalarida shahar 219 gektarni tashkil etgan. Shahar dastlab tuproq bilan o’ralib olingan bo’lib, keyinchalik xom g’ishtdan qurilgan devor bilan o’rab olingan. Devorning ma'lum joylarida o’q otish uchun mo’jallangan shinaklari bo’lgan. Shaharning shimoliy qismida ark joylashgan bo’lib, bu qismi qo’shimcha ravishda mustahkamlangan edi. Shahar xuddi ertaklarda tasvirlanganidek atrofi suv bilan to’lg'izilgan xandaqlar va baland mudofaa devorlari bilan o’ralib olingan ekan. Afrosiyob shaharchasining umumiy 4 ta darvozasi bo’lib, shimolda Buxoro, sharq tarafda – Xitoy darvozasi, janubda – Kesh darvozasi, g’arbda–Navbaxor darvozalari nomi bilan atalgan4.
Dunyoning to’rt tomonidan kelgan kelgan savdo karvonlari, jahongashta sayyohlar shu to’rt darvoza orqali shaharga kelishganlar. Mazkur darvozalar yaxshi niyatlar bilan kelganlar uchun har doim ochiq bo’lib, Samarqandliklar ularni zòr mehmon do’stlik ila kutib olganlar5. Afrosiyob madaniytijorat darvozasi, ekanligi bizga ma’lum. Undan topilgan arxeologik materiallar uning turli davrlarga oid madaniy qatlamlardan tashkil topganligini isbotlaydi. Masalan, mil. avv. III asrda shahar qishloq mudofaa devori bilan o’rab olingan.
U davrning qalin madaniy qatlami Afrosiyobning shimolida, uning arki joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Yozma manbanbalarda ta'kidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk Ipak yo’li òtgan, ichki va tashqi savdo hunarmandchiligi rivoj topgan. Afrosiyob somoniylar davrida o’ymakor naqshlar bilan bezatilgan saroylar, tosh ko’chalar topilmoqda. Shahar suv bilan ta'mirlash ishlari qiyin ekanligidan, aholining ehtiyojini qondirish uchun shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Darg’om tomonidan kanal qazilib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar xiyobonining janubida, Alisher Naviy haykali qad ko’tarib turugan maskanda ochinb o’rganildi. Ushbu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizir masjidi tomon yo’l olgan.
Tarixiy manbalarga ko’ra Afrosiyobga janubda kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq g’ishtlardan ravoqli suvayirg’ich qurilib, uning tepasidan katta ariq o’tkazilgan. Bu ariqni “Juyi arziz” deb ataganalar va shu yerdan uchga bo’linib, Siyob arig’i bo’yiga borgan88. Afrosiyob turli o’ziga xos topilmalar maskani bo’lganligi tufayli ko’plab olimlarning e’tiborini jalb qilgan. Yodgorlikda dastlabki qazish ishlari bilan mayor Barzenkov, podpolkovnik Krestoviskiy, sharqshunos olimlar Vesiloviskiy, Bartold va Vyatkinlar shug’ullanishdi. 1919- yilda Masson, Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, Somoniylar saroyi xarobalarini ochdi89. Somoniyalar davrida Afrosiyobda olib borilgan izlanishlar natijasi diqqatga molik. Bu davrda shaharda katta bir mahalla ochib o’rganilgan.6 I.Terenjoken tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari o’tkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan mill. avv. VI asrga oid buyumlar, uy joy xarobalari topildi.7 1966-yili 13-iyulda esa Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks o’rganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga ko’ra Afrosiyob “arxeologik qo’riqxona” deb e’lon qilinib, uni o’rganish ishiga Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institut bilan birga Toshkent va Samarqand Universitetlari hamda Madaniyat vazirligining San’atshunoslik insituti ham safarbar etildi8.


Yüklə 93,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə