Mundarija: kirish I. Bob. Afrosiyob xarobalarining o’rganilishi


Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar



Yüklə 93,2 Kb.
səhifə4/8
tarix17.06.2023
ölçüsü93,2 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8
afrosiyob me\'morchiligi va sa,ati

1.2. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar
Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqlaganlar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin. Samarqandning o’tmishi mana 150 yildirki arxeologlar, tarixchilar, sharqshunoslar va boshqa qiziquvchilarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Ta’kidlasb o’tish joizki, So’g’dning qadimgi tarixi va madaniyatini o’rganish ishlari rus olimlari tomonidan boshlangan edi. Samarqandning butun O’rta Osiyo tarixida katta o’rin tutishi uni o’rganish ishlarini boshqa hududlarga nisbatan ancha ertaroq boshlanishiga sabab bo’ldi. Samarqand va Samarqand So’g’dining o’rganilish tarixini uchta davrga ajratish mumkin. Uni dastlab rus olimlari, harbiylari va sharqshunoslari Afrosiyob va uning atrofini o’rganishdan boshlaganlar.9 1841- yilda Buxoro xonligiga tashrif buyurgan N.V.Xanikov Samarqandning topografik xaritasini va Afrosiyobning tasnifini keltirgan. Samarqand Turkiston general gubernatorligiga qo’shilganidan keyin Afrosiyobni arxeologik tadqiq qilish ishlari boshlandi. Baxtga qarshi, harbiy havaskorlar tomonidan amalga oshirilgan ilk qazishmalar ko’proq boylik izlash maqsadida amalga oishrilgan edi. Qazishmalar chuqur o’ralar qazish orqali amalga oshirilgan, negaki, u davrda hali arxeologik qazish ishlarining uslublari ishlab chiqilmagan edi. Keyinchalik, V.V. Krestovskiy tomonidan Afrosiyobda olib borilgan qazish ishlari bu yerda ellinizm davri qatlamlari mavjudligini aniqladi. Ammo, u davrning uslublari arxeologik qazishmalar talablariga javob bermas edi. 10
1883-yilda Afrosiyobda mashhur sharqshunos N.I.Veselovskiy ishlar olib bordi. Ammo, unda arxeologik tajribaning yo’qligi tadqiqotlarga o’z ta’sirini o’tkazgan. N.I. Veselovskiy olib borga ishlarni bitta quyidagi dalil bilan izohlash mumkin. U to’rt oylik dala ishlari mobaynida Afrosiyobning 109 ta punktida kichik hajmli shurflar qazgan. Bu holat katta shahar xarobalarini qazish uslublariga ziddir. Ammo, shunday bo’lsada, N.I. Veselovskiy tomonidan hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan Afrosiyobning aniq topografik xaritasi ishlab chiqilgan.
1894-1895 yillarda Afrosiyobda Fransiyalik arxeolog Shaffanjon tomonidan “qazish” ishlari olib borilgan. Ammo, Afrosiyobda vahshiylarcha ishlar olib borgan, ya’ni madaniy qatlamlarni portlatib, so’ngra materiallarni yig’ib olgan. Hozirda uning yiqqan materiallari Parij shahridagi Gime muzeyida saqlanmoqda. Keyingi yillarda Samarqand va uning atrofini o’rganish tarixi bilan S.M. Gorshenina shug’ullanmoqda. Samarqand va uning atrofini o’rganishda V.L. Vyatkinning ishlarini alohida ta’kidlash joiz. U Samarqandning yoshini eramizning 4 asrla ri bilan sanalagan va shaharning antik manbalarda ta’kidlangan Maroqand deb atalishini inkor qiladi.
Shunday qilib, XX asrning 30-yillargicha Afrosiyobning rus olimlari tomonidan o’rganilishi primitiv uslublar yordamida dastlabki tadqiqotlardan iborat bo’lgan. Ikkinchi davrning ikkinchi bosqichida Samarqandda O’zR FA ning bazasi ochiladi va unga A.I. Terenojkin rahbarlik qiladi. U tez orada eski qazishmalarni tozalash oqibatida Afrosiyobning qadimgi madaniyatini dastlabki davrlashtirilishni ishlab chiqdi va ushbu davlashtirish keyinchalik katta munozoralarga sabab bo’ldi. O’sha paytlarda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar A.I. Terenojkinning o’zi tomonidan tuzatilgan edi. 11
Uning asosiy xizmati Afrosiyobda madaniy komplekslar bloklarini ajratib chiqqanligida bo’ldi. A.I.Terenojkin stratigrafik jihatdan aralashmagan komplekslarni kolonkalarini ajratishning imkonini topdi va ushbu kolonkalar hozirda ham Afrosiyobni davrlashtirishda qo’llanilib kelin moqda. Afrosiyobning eng quyi qatlamlaridan olingan komplekslar Afrosiyob 1 -bosqichi deb atalib, sak axmoniylar davri bilan sanalanadi (mil.av. VI-IV asrlar), Afrosiyob 2 va 3 bosqichlari esa “sak ellinistik” davrlari bilan belgilanadi (er.av. IV-II asrlar). Afrosiyob 4 bosqichi konguy yuechji davri bilan sanalanadi. 12
1958-yildan Samarqand arxeologiyasini o’rganishning uchinchi davri boshlanadi va u ham ikkita bosqichga ajraladi. Uning birinchi bosqichi Afrosiyobning davlat tomonidan ochiq osmon ostidagi muzey qo’riqxona deb e’lon qilinishi va O’zR FA Arxeologiya va Tarix instituti tomonidan arxeologik ekspedisiyaning tashkil qilinishi bilan xarakterlanadi. Ushbu ekspeditsiyaga V.A. Shishkin rahbarlik qiladi. 1966 -yildan V.A.Shishkinning vafotidan keyin ekspedisiyaga Ya.G’. G’ulomov rahbarlik qiladi. Ekspedisiya tarkibida turli yillarda arxeologlardan T.R.Agzamxodjayev, D.I. Varxotova, V.D. Jukov, S.K. Kabanov, Ya.K. Krikis, Yu.F. Buryakov, O.V. Obelchenko, G.V. Shishkina, L.G. Bruchenkolar qatnashganlar.
Asosiy e’tibor Afrosiyobning stratigrafisi va topografiyasini o’rganishga qaratildi. Ular orasidan N.B. Nemsevaning Shoxi Zinda atrofida olib borgan qazishmalari natijasida mil. av. V – VI asrlarga oid komplekslarning topilishini alohida ta’kidlash joiz . O’sha yillarda M.I. Filanovich tomonidan Afrosiyobning shimoli g’arbiy qismidagi yirik hovuzning shimolida amalga oshirgan qazishmalari natijasida er.av. VII asrga oid makon izlari topilgan.
Keyinchalik, uning ushbu xulosasi yangi tozalash ishlari yordamida yanada aniqlashtirilgan . 13
Afrosiyobning antik davri qatlamlarini o’rganishda G.V..Shishkina hamda S.K. Kabanovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Samarqandning suv ta’minoti va viloyatdagi irrigatsiya masalalari o’sha yillarda A.R. Muxammadjonov tomonidan o’rganilgan va bir qancha ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan . Ko’chmanchilarning qo’rg’onlarini o’rganayotgan paytda O.V. Obelchenko Urgut tumanida bronza davrining qabrini topadi va bu So’g’ddagi bronza davrini tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Afrosiyob hududida joylashgan Siyobcha qabri va Zarafshonning chap sohilidan topilgan Chakka qabri ham shular jumlasidandir. 14
Shuningdek, N.A. Avanesova tomonidan To’qay qishlog’i topib o’ rganildi. Yuqoridagi tadqiqotlarning hammasini ham muvaffaqiyayatli deb bo’lmaydi. Masalan, M.K.Pachos, Afrosiyobning mudofaa devorlarini maxsus o’rganar ekan, Samarqandga IV asrda asos solingan, degan xato fikrni ilgari suradi. 1971- 1979 yillarda Afrosiyob ekspeditsiyasiga Sh.S. Toshxo’jayev , 1979-1987 yillarda G.V. Shishkinalar rahbarlik qiladi. Bu davr Afrosiyobda barcha davrlarni qamrab olgan arxeologik tadqiqotlarning kengayishi bilan xarakterlanadi.
Yodgorlikni o’rganish ishlariga turli jabhalardagi mutaxassislar jalb qilinadi. Bu yerda turli yillarda I. Axrarov, A.A. Anarboyev, X.G. Oxunboboyev, L.I. Albaum, L.G. Brusenko, Yu.F. Buryakov, E.Yu.Yuryakova, O.N. Inevatkina, I.D. Ivaniskiy, S.K. Kabanov, T.I.Lebedova, N.Raximboboyeva, Sh. Shoraximov, M.K. Pachos, M.I.Filanovich va boshqalar ishtirok etadi. Afrosiyobdan topilgan devoriy sur’atlar, mudofaa inshoatlari, sopol va shisha idishlarning restavratsiya va konservatsiya ishlari bilan A.A. Abdurazzoqov boshchiligidagi ximik texnologilar guruhi shug’ullana boshladi.
1998 -yilda O’zbek Fransuz ekspedisiyasining tashkil etilishi bilan (O’FAE) uchinchi davrning ikkinchi bosqichi boshlandi15.
1989- yildan boshlab Afrosiyobni o’rganish ishlariga fransuz olimlari ham qatnasha boshlashdi. O’zbek Fransuz hamkor arxeologik ekspedisiyasi Afrosiyobni o’rganish ishlarini yangi sifat bosqichiga ko’tarish imkonini berdi. Ekspedisiyaga fransuzlar tarafidan akademik Pol Bernar, ekspedisiya rahbari Tilshunoslik va tasviriy san’at akademiyasining muxbir a’zosi Frans Grene, ilmiy xodimlardan Klod Rapen, Bertil Lione, geograf Pyer Jantel hamda keyingi yillarda ilmiy xodim Lorian Sev Martinezlar qatnashmoqda. O’zbekiston tarafidan M.H. Isomiddinov (ekspedisiya hamrahbari), ilmiy xodimlardan H.G’. Oxunboboyev, N. Raximboboyeva, L.F. Sokolovskaya va I.D. Ivaniskiylar qatnashgan. Ekspedisiya ishlariga Moskvadagi Sharq xalqlari san’ati muzeyi xodimi O.N. Inevatkina ham jalb qilingan. U “Qadimgi Samarqandning er.av. VI va eramizning V asrlarda shahar tarkibidagi Saroyi” mavzusida dissertasiya himoya qildi. Shuningdek, Afrosiyob ekspedisiyasida doktorant Yu.Karyev va arxitektor Ye. Kurtkinalar ishtirok etishdi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Samarqand tarixini o’rganishda asosiy e’tibor Afrosiyobga qaratilgan. Yodgorlikni o’rganishdagi eng qiyin masalalardan biri uning ko’p qatlamliligidir. Bu yerdagi antik davr qatlamlarini o’rganishda o’rta asrlarda qazilgan o’ra badroblar katta muammo tug’diradi, negaki, ular antik davr qatlamlarini buzib yuborgan. 16 Antik davrlardan eng yaxshi saqlanib qolgan inshoatlar bu Afrosiyobning mudofaa devorlaridir. Chunki, ulardan o’rta asrlarda ham foydalanilgan. Bu shundan dalolat beradiki, antik davr mudofaa devorlari o’ta mustahkam qilib, tabiiy tepaliklarga va Siyob arig’ining tik sohillariga qurilganligi sababli ularda keyingi tarixiy davrlarda ham keng foydalanilgan. Jumladan, Afrosiyobning shimoli sharqiy qismidagi mudofaa devorlari Siyob arig’ining eng tik qirg’oqlarida qurilgan. Uning janubi g’arbiy qismidagi devorlar esa jarliklarning eng baland nuqtasiga bunyod etilgan.
Afrosiyobdagi muntazam kovlash ishlarini 1904 yilda V.V.Bartold va V.L.Vyatkin boshlaganlar. 1958 yil maxsus Samarqand arxeologik guruh tuzilgan. Guruhning maqsadi – O‘rta Osiyoning ko‘hna shahar markazlaridan birining kelib chiqishi va mavjudligi tarixi, shahar hayotining barcha davrlarida uni o‘rab turgan turli-tuman ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish edi. Ekspeditsiya 30 yil davomida 50 dan ortiq qidiruv-kovlash va tuproq kesmasini tekshirish ishlarini olib bordi. Afrosiyobning arxeologik davri aniqlandi, shaharning har xil davrlaridagi topografik plani tuzildi. Me’morchilik, moddiy va ma’naviy madaniyat, ishlab chiqarish faoliyati, numizmatika, terrakota, sopol buyumlar bo‘yicha ulkan ma’lumot yig‘ildi va umumiylashtirildi, mashhur devoriy naqshlar topildi va ta’mirlandi.
Afrosiyob qal’asi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Mil.avv. VII—XIII asrlar. Samarqand viloyatining Samarqand shaharda joylashgan. Obyekt manzili: Samarqand shahar atrofida “Imom Vose” MFY “Kircha” MFY, Shohi-Zinda koʻchasilari hamda Siyob va obi-Mashxad ariqlari oralarida (Toshkent koʻchasi). Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan17


Yüklə 93,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə