Mundarija: kirish I. Bob. Afrosiyob xarobalarining o’rganilishi


Afrosiyob shaharchasi va muzeyi



Yüklə 93,2 Kb.
səhifə6/8
tarix17.06.2023
ölçüsü93,2 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8
afrosiyob me\'morchiligi va sa,ati

2.2. Afrosiyob shaharchasi va muzeyi
Afrosiyobdagi arxeologik topilmalar shaharning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Samarqand tarixi muzeyida saqlanadi va ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Samarqand tarixi muzeyi 1970 yil 24 oktyabrda ochildi.
Muzeyning 1- zalida Afrosiyob vayronalarini arxeologik o‘rganish tarixi bo‘yicha XIX-asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan materiallar, shaharning arxeologik ob’ektlari va ma’muriy obidalari ko‘rsatilgan relefli xarita joylashgan. Ikkinchi zalda shahar hayotining ilk asrlari tarixi bilan bog‘liq buyumlar: kulolchilik xumdoni o‘chog‘ining maketi, mil. avv. VI-IV asrlar sopol idishlari, tosh va metallardan yasalgan buyumlar joylashtirilgan.
Uchinchi zalda, ellinizm davri bilan bog‘liq buyumlar o‘z o‘rnini topgan bo‘lib, ular Samarqandning mil. avv. III-II asrlarda qurilgan mudofaa devorlarining maketlari, qurol-yarog‘, tangalar, sopol idishlari, terrakota, tosh va yog‘och buyumlari, shuningdek qal’a devoridan olingan yog‘och sinchkorlik bo‘laklari joylashgan.
Samarqandliklarning milodiy I-IV asrlardagi ma’naviy hayoti va ro‘zg‘orini yorituvchi ashyolar to‘rtinchi zalda o‘z o‘rnini egallagan bo‘lib, ulardan milodiy IV asr mehrob-o‘choq, terrakota haykalchalari, ro‘zg‘or buyumlari, suyaklar solingan ostodon namoish etilgan. Beshinchi zalda, olov va ajdodlar ruhi e’tiqodi bilan bog‘liq buyumlar: ossuariylar, uyning ibodat qilish qismi, devoriy suratlar, raqqosa shaklidagi yog‘och haykal-ustunlar, so‘g‘d yozuviga ega bo‘lgan buyumlar – teri (konvert), xum, porsang. Shu bilan birga temir, suyak va sopoldan yasalgan ro‘zg‘or buyumlar o‘z o‘rnini topganlar.23
Muzeyning eng nodir eksponatlari orasida markaziy zaldagi, bir vaqtlar muzey binosidan bir-necha yuz metr G‘arbda joylashgan qabulxonani bezagan VII asr devoriy suratlari alohida o‘rinni egallaydi. Ular 1965 yilda ochilgan. Bu zal VII asrning uchinchi choragida Samarqandda hukmronlik qilgan Varxuman oilasining qarorgohi bo‘lgan. To‘rt devorda to‘rt kompozitsiya syujetlari – Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilinishi, maqbaraga tantanali safar, ilvirs ovi va boshqa rasmlar tasvirlangan.
Muzeyidagi «elchilar zali» (mil. VII asr o‘rtalari) Afrosiyob muzeyidagi markaziy zalda taqdim etilgan devoriy tasvirlar o‘z davrining nodir san’at asari hisoblanib, mehmon kutish xonalarini bezar edi. Bu mehmonxona muzeydan bir necha yuz metrcha g‘arb tomonda topilgan. Ular tasodifan Toshkent yo‘lini qurish paytida 1965 yilda ochilgan. 24
Buldozer yerga ko‘milgan devorni ochib tashladi va keyinchalik bu devoriy suratlar maxsus moslamalar bilan muzeyning markaziy xonasiga ko‘chirilib, 1985 yildan boshlab, namoyishga qo‘yilgan. Qazish ishlaridan keyin, bu joy yuqori tabaqali kishining mehmonxonasiga tegishliligi aniqlandi. Aniqrog‘i, bu shoh Varxumanning mehmonlar qabul qilish xonasi bo‘lib, u VII - asrning uchinchi yarmida huqmronlik qilgan.
Kirishdan ro‘paradagi g‘arbiy devorga e’tibor beramiz. Yuqoridan chapda, tasvir saqlanib qolgan joyda, oq kiyim kiygan kishining surati va kiyimining etagida 16 ta sug‘diy yozuv saqlanib qolgan (sug‘diy til, sharq-eron til oilasiga mansub bo‘lib, shu tilda arablargacha davrda sug‘dda gaplashilgan, sug‘d alifbosi aramey alifbosidan kelib chiqqan). Bu satrlar unash naslidan bo‘lmish shoh Varxumanning elchilar qabul qilish marosimiga taluqlidir. Xitoy solnomachilari bu nom bilan faqat bitta shoh Varxumanni bilganlar; 655 yilda Tan davlatiga shoh Varxuman elchilarini fuqoralik masalasi bo‘yicha yuborgan, bu aftidan Eron bilan bo‘lgan urush tugallanganidan so‘ng, arablardan kutilgan xavf-xatarga qarshi bo‘lgan amal bo‘lsa kerak. G‘arbiy devorning pastki qismida tasvirlangan sovg‘a olib borayotgan elchilarning tantanali yurish marosimi satrlarda ko‘rsatilgan yozuvlarga mos keladi. Bu sahna ochiq joyda tasvirlangan bo‘lib, bizning ko‘z o‘ngimizda qurollar to‘plami, tirgakka o‘rnatilgan nayzalar, o‘ng tomonda g‘alati niqoblar bilan bezatilgan qalqonlar uyumi tasvirlangan. ikkinchi qatordagi tasvirlar esa, tomoshabinga orqasi bilan o‘tirgan uzun sochli kishilar bo‘lib, ular aftidan hokimiyatning shaxsiy gvardiyasini tashkil etgan turklar bo‘lgan.
550-630 yillar o‘rtalarida sug‘d xonliklari Markaziy Osiyoda birinchi yirik davlat «G‘arbiy turklar» (g‘arbiy turkiy kog‘onot) imperiyasiga tobe edilar va kog‘onotning yemirilishidan so‘ng, o‘zlari ko‘pgina harbiy qismlar tuzishdi. Endi yozuvlar oldida turgan uchta soqolli kishilarni ko‘rib chiqamiz.
Ular qilich va xanjar bilan qurollangan bo‘lib, shoyi kiyimlar kiyinishgan, yaktaglari har xil jonivorlar rasmi bilan bezatilgan, bular o‘sha davrdagi sosoniy Eroni va Xitoygacha tarqalgan uslub bo‘yicha kiyinishgan. Ularning biri taqinchoq va bezaklar, boshqalari shoyi to‘plami olib ketyaptilar. Oq va qora rangdagi odamlarning navbat bilan kelishi, Sug‘dda ikki xil tusdagi odamlar bo‘lganidan darak beradi. Yozuvda ko‘rsatilganidek, qoraroq tusdagi markaziy personajni, mansabi bo‘yicha, Shosh (Toshkentning eski nomi) huqmdorining devonxona boshlig‘iga o‘xshatish mumkin. O‘ngroqda oddiy kiyingan, jismonan mug‘ullarga mansub kishilar turibdi.25
Ulardan biri (shikast yetgan devorning o‘ngrog‘ida) belida ro‘mol osilgan qo‘shnisining ortidan ro‘moliga teginib turibdi (bu rasm bo‘lagini yaqinda fransuz mutaxassisi Aliks Barbe ta’mirlash ishlari vaqtida aniqladi). Devorning o‘rta qismida bir-biriga simmetrik ikkita guruh marosimga tantanali chiqmoqda. O‘ng tomonda esa qora qalpoqlar kiygan, mevalar va shoyi gazlamalar ko‘targan Xitoy elchilari boryapti. Bu yerda boshqa xitoyliklarning ham qizil hoshiya bilan belgilangan tasviri ko‘zga tashlanadi. Izlanishlardan biri bo‘yicha, rasmlar ustida ishlanayotgan paytda kompozitsiya o‘zgartirilgan. Bu personajlardan o‘ng tomonda sochlari uzun turklar boryapti, bu galda ular chet el elchilari sifatida tasvirlangan. Yana o‘ngroqdagi tasvirlarga e’tibor beramiz.26
Bu yerda uch kishi tasvirlangan bo‘lib, ular yoqaga biriktirib tikiladigan qaytarma qalpoqsimon ustki kiyimda bo‘lib, oyoqlarida uzun paypoq etiklar kiygan, aftidan bu odamlar tog‘li xonliklar elchilari bo‘lgan (hozirgi davrda bu tasvirlar arang ko‘rinadi). Bularning orqasidan sochlarida parlar bog‘langan ikki kishi turibdi. Bu bosh kiyimi, 699 yilda Xitoy Tan imperiyasi tarqibidagi birlashtirgan Koguryo shohligiga mansub koreyslarga oiddir. Bu tasvirlardan yuqori qismida devor buzilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda u yerda nima tasvirlangani noma’lum.
O‘ng tomondan boshlanadigan shimoliy devorning kompozitsiyalari esa boshqa olamga chorlaydi. Biz go‘yoki Samarqandda emas, Xitoydamiz. Chap tomonda ikkita sayr qayiqlarida ayollar tasvirlangan, birinchisi yaxshi saqlangan. Qayiqning quyruq tomonida musiqachilar turli musiqa asboblar bilan tasvirlangan, boshqalariga qaraganda yirikroq tasvirlangan ayol-xonzoda (kirolicha) bo‘lgan. Oldinda esa boshqa sahna ko‘rinadi: ya’ni xizmatkor ayol boshqasining qo‘lidan tutib, yarashmoqchi bo‘lyapti va xonzodaga ishora qilyapti, u esa ikkalasini tinchlantirib, yarashtirib qo‘ymoqda. Marko Polo davrida Xitoyni ajib jonivorlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, bu yerda ham VII asrga mansub, suvda har xil g‘ayritabiiy jonivorlar: echki boshli va ilon dumli ajdaholar suzib yuribdi. O‘ngroqda soxta soch kiygan odam, suvda suzayotgan otning dumidan ushlab turibdi. To‘lqinli chiziq tasvirni ikkiga ajratib turibdi, aftidan ikki tog‘ etagini eslatadi. Bu yerda Tan davriga oid mos kiyingan xitoyliklar, qoplon ovlamoqdalar. Yana o‘ngroqda boshqa shakllarga nisbatan yirikroq tasvirlangan, lekin yomon saqlangan asosiy otlik kishi tasviri bor.
Sug‘d madaniyatining sharti bo‘yicha, rasmlardagi nomutanosiblik xudolar va shohlarni bildiradi. Bu yerda Xitoy shohi imperatori haqida gap ketadi, uning xotinini biz yuqorida ko‘rdik.
Shunday qilib, biz bu yerda shoh Varxumanning xitoyliklarga qarata, fuqoralikka qabul qilishlik iltimosini, ya’ni dadil chet el mustaqilligi tasvirlanganligini ko‘rib turibmiz. Chunki sug‘dliklar xitoyliklarni hayot quvonchlarini sezuvchi buyuk xalq sifatida yuqori baholar edilar. Ovdagi botirlik xuddi jang maydonlaridagi mardlik kabi edi. Lekin so‘nggi o‘n yilliklar tarixi shuni ko‘rsatadiki, xitoyliklarning arab istilochilariga qarshi harbiy yurishlari natijasining salbiyligi sug‘d shohining xitoyliklarga nisbatan umidi yanglish ekanini ko‘rsatdi.
Kirishdan chapdagi janubiy devor bo‘yoqlari yaxshi saqlanganligi bilan, izohlashda qiyinchilik tug‘diradi. Avval bu devor rasmini chet el elchilarining Samarqandga tantanali kirishi tasvirlangan deb taxminan qilingan. Professor B.I. Marshak (Ermitaj, S. Peterburg) yaqinda yanada ishonchliroq izohni berdi.27
Marosimning alohida o‘rni shundaki, harakat qilayotganlar markaziy sahna tomon emas, undan qarama-qarshi tomonga, sharq tomon uzoqlashmoqda. Tantanali yurishning so‘nggi joyi (chap tomonga qaralsin) shahar emas, alohida turgan bino bo‘lib, u yerda bir necha kishi turibdi. Xitoy yilnomalaridan ma’lumki, har yili zardushtiylar yangi yilda (Navro‘z ayyomida), sug‘d hukmdorlari, avlodlari (ota-onalari) qabrlarini ziyorat qilar edi. Bu qabrlar poytaxtdan janubiy sharq tomonda bo‘lib, bu tomon jannat tomon yo‘l hisoblangan. Ziyoratning oxirida jonivorlar so‘yilib, qurbonlik qilingan, kompozitsiyaning markaziy qismida shu marosimlar aks ettirilgan. 28

Afrosiyob (ko'hna shahar)


Devordagi suratda og‘zi bog‘langan ikki kishi tasvirlangan. Bu yerda zardushtiylar kohini (qurbon qiluvchi) emas, balki bayramona kiyingan, qurollangan aslzodalar tasvirlangan, ular qurbonlik jonivorlarini olib bormoqdalar. Bu jonivorlardan biri kulrang ot bo‘lib, u egarlangan, lekin chavandozsiz; yana biri to‘rtta g‘oz ko‘tarib boryapti, ularning qanotida sug‘d yozuvi keltirilgan. Har xil hujjatlarda ko‘rsatilishicha, egarlangan ot qurbonlik qilishda foydalanilgan va u aftidan quyosh xudosi va o‘liklar hakami Mitraga atalgan. G‘ozlarga kelganda esa, ular cheksiz davr xudosi Braxmaga taqqoslanadigan Zurvanga baxshida etilgan. Zurvan to‘rt xil shaklda bo‘lib, uning ramzi yovvoyi g‘ozlar edi.


Qurbonliklar oldidan ikkita chavandoz tuyada qo‘lida aso bilan bormoqda. Bu marosimiy yurishning oxirida sariq ot ustida bo‘ynida tumor va qoplon terisi tashlangan, qizil ko‘ylakda ulkan odam, shoh Varxuman tasvirlangan. Shoh tasvirlangan joyda, xuddi shimoliy devordagi Xitoy imperatorining turgan joyi bilan mos keladi.29
Shohning avlodlari yotgan joy yaqinida, oq fil tasviri bo‘lib, uning ustidagi taxtiravonda yuqori mansabdagi ayol o‘tiribdi, u shoh Varxumanning xotini bo‘lsa kerak. Uning orqasidan egarlangan otlar ustida uchta yosh juvonlar tasvirlangan, ayollarning birining bilagida «mansabdor beka-xonim» yozuvi saqlanib qolgan. Bundan yuqorida esa mansabdor chavandozlar safi bo‘lib, faqat otlarining oyoqlari ko‘rinmoqda, ular aftidan turk gvardiyasi bo‘lishi kerak.
Sharqiy devorning o‘rta qismi, zalga kirishning asosiy qismini tashkil etadi. Suvda suzayotgan baliqlar, cho‘milayotgan bolalar, ho‘kizlar tasviri yaxshi saqlangan. Ehtimol, bu Hindistonni eslatadi yoki zardushtiylarni u dunyodagi jannatiy holatini, ya’ni marhumlar va tiriklarni ajratuvchi daryoni eslatadi.
Panjakentdagi (Samarqanddan 60 km sharqda) ko‘p beqiyos devoriy suratlarni Afrosiyobdagi tasvirlar bilan taqqoslaganda, Afrosiyob suratlari
Panjakent suratlaridan farqli o‘laroq, o‘zining ajoyibligi va ijodkorligi bilan ajralib turadi. Agar Panjakentda uchta katta mavzu (din, botirlik, masalchilik) tasvirda o‘zining alohida o‘rniga ega bo‘lsa, Afrosiyob suratlarida esa, syujetlar erkin joylashtirilgan bo‘lib, tasvirlarning mukammal o‘rni bor. Panjakent aslzodalari va savdogarlaridan farqli o‘laroq, shoh Varxuman bu ishga mamlakatning eng sara badiiy ustaxonasini taklif qilgan. Ikkinchi qavat ekspozitsiyasi namoyishi Markaziy Osiyoga arab istilosi davridan Chingizxon bosqinigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Samarqand shaxri ancha kengayib hozirgi eski shahar o‘rniga qadar mudofaa devori bilan o‘rab olinadi.30
Namoyishning boshlanishi Afrosiyob shaharchasining suv ta’minoti tizimi va shahar xaritasining namoyish qilish bilan boshlanadi. Afrosiyobda oxirgi o‘n besh yil davomida qazib ochilgan, Xuroson xalifaligining vakili Abu Muslim davriga oid saroy tarhi bilan tanishasiz. Saroy tarxi qadimgi So‘g‘diyona an’analaridan farqli o‘laroq Suriya, Messopotamiyada ma’lum bo‘lgan Ummaviylar me’moriy ananalari tasiri kuzatiladi. Qazishma davomida o‘z davrining ommaviy bezak usullarining uchramaganligi olimlarni Abu Muslim saroyi bitmay qolgan degan xulosaga olib keldi. Muzey ko‘rgazma zallaridagi topilmalar o‘rta asr shahar tizimi asosida namoyish etilmoqda.31
Muzeyning boshlanish zallarida shaharning ishlab chiqarish qismi bo‘lgan rabot keyin arki a’losi va shahristondan topilgan osori-atiqalar namoyish etilgan. Siz unda o‘rta asr sopol ishlab chiqarish texnologiyasi, temirchilik, shishasozlik namunalari va me’moriy bezakli g‘ishtlar pishirish xumdonlarini maketlari va g‘isht namunalari bilan tanishasiz. Yozma manbalarida o‘rta asrlarda Samarqandda yuzdan ortiq hammomlar bo‘lganligi aytiladi. Mana shunday xammomlardan birining maketi, toshnau, tahoratxona qismlari ekspozitsiyadan o‘rin olgan. Shahar raboti osori-atiqalari namoyishidan arki a’lo qismiga o‘tishda harom bilan halol tushunchalarini tutgan o‘rniga alohida urg‘u beriladi. 32
Shahar arki a’losida katta hajmdagi arxeologik qazishma ishlari shaharning jome’ masjiti o‘rnida olib borilgan. Qadimda ibodatxona yoki masjitlar madaniyat va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lganligigiga shohid bo‘lasiz. Oxirgi yillarda Afrosiyobning qoraxoniylar hokim-saroyidan topilgan devoriy suratlarning foto nusxasi ilk bor keng omma uchun namoyish etilmoqda. Afrosiyobning shahriston qismida ochilgan zodagonlar turar joyining maket va qazishma chog‘ida topilgan osori-atiqalar namoyish etilmoqda.
Muzey ko‘rgazmalar zalida shuningdek toshtaroshlikni qanchalik taraqqiy etganligini, tosh qozonlarini ko‘rganda shohidi bo‘lasiz. Ko‘rgazmalarimiz orasida o‘z davrining savdo aloqalarini namoyish etuvchi Erondan keltirilgan koshin idishlar va ularga taqlid sifatida yasalgan mahalliy idishlar o‘rin olgan.Umuman ikkinchi qavat mavzuyi musulmon renasansining na qadar rivoj topganligini qisman bo‘lsada o‘z ichiga oladi. Afrosiyob muzeyi fondlarida arxeologik ekpeditsiyada topilgan buyumlar saqlanmoqda. Aksariyati qurilish materiallari (g‘isht, o‘ymakor koshinlar), sopol, shisha, metall, suyak va tosh buyumlaridir.
Qayta ta'mirlash Samarqand qiloyatida 2016−2017-yillarda 15 madaniy yodgorlik ob’ektini restavratsiya qilish va ular bilan yondosh hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ayni paytgacha 10 ta madaniy yodgorlik ob’ekti, shu jumladan, “Afrosiyob” muzeyi hamda yana bir muzeyni restavratsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar yakunlangan.
Mulohaza va fikrlar shuni ko‘rsatadiki, uchala devordagi syujetlarning mazmun-ma’nosi yagona maqsadga qaratilgan, ya’ni Shoh Varxuman siyosatiga uch xil nuqtai nazardan qarashdir. Birinchidan g‘arbiy devorda tasvirlangan tantanali diplomatiya, ikkinchidan shimoliy devorda Xitoy bilan ittifoq va uchinchidan janubiy devorda tasvirlangan diniy marosimdir.
Diniy marosim Samarqand uchun yangilik edi, chunki o‘sha davrda barqaror bir sulola yo‘q edi, zero 710 yilda Tarxun shoh yakka hukmronligini «xalq» (oqsoqollar majlisi) olib tashlagan edi. Shoh Varxuman tarixiga kelsak, uning yakka huqumdorllikka asos solish harakati behuda bo‘ldi, 675 yilda ilk bor arablar hujumidan so‘ng shahar qisqa vaqt shohsiz qoldi. Qazish ishlaridan ma’lum bo‘ldiki, devoriy suratlar bizgacha qanday holatda yetib kelgan bo‘lsa, ya’ni g‘araz bilan suratlarga shikast yetkazilgan, bu holni arablarga to‘nkarish kerak emas, chunki suratli zalga arab fotihlarigacha bo‘lgan davrdan oldin, xarsang tosh yotqizib qo‘yilgan edi, shuning uchun suratlar saqlanib qolgan. Bu vandalizm harakati aftidan g‘alayonli paytlarda ya’ni Varxuman shohligining yemirilishi davrida bo‘lgan. 33
Lekin bu haqda yozma manbalarda hech narsa yozilmagan. Suratlar bitta rassom qo‘li bilan bo‘lmasada (Aleks Barbi, bu yerda ikkita rassom qo‘lini aniqladi), bir ustaxonada, bitta g‘oya va mukammal uslub asosida yaratilgan. Rassomlar albatta, Xitoy sahnalarini, manzaralarini tasvirlash uchun alohida ko‘rsatmalarga, chizma-qoralama eskizlarga ega bo‘lishlari kerak edi.34

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Respublikamiz hududida turli davrlarda, ayniqsa, XX asrning birinchi yarmi, so’ng’i choragida olib borilgan tadqiqotlar mamlakatimiz madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir tarkibiy qismi bo‘lganligini, turli davrlarda ikki qit'a - Osiyo hamda Yevropa madaniyatlari va manfaatlari to'qnashadigan joy bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bir tomondan, hozirgi 0‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadim - qadim davrlardan buyon bir-biri bilan bog‘liq holda shakllanib taraqqiy etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qo‘shni davlatlar va mintaqalar xalqlari madaniyatidan ta’sirlangan va aksincha aks ta’sir etgan. Qadimgi dunyo tarixining har bir davri yani ilk paleolit ,o’rta paleolit ,so’nggi paleolit ,mezolit, neolit, eneolit davrining har birini o’zini madaniyati mavjud bo’lgan .
Mintaqamizning iqtisodiy-geografik joylashuvi, tarixiy manbalar va asarlarda ko'rsatilishicha, eramizdan avvalgi VI- IV ming yilliklar oralig‘ida Markaziy Osiyo geografik joylanishuvi va iqlim sharoitiga ko‘ra ikkita yirik madaniy-tarixiy hududga bo‘lingan. Mazkur bo‘linish o‘sha davr kishilarining xo‘jalik yuritishida, turmush tarzi va o'zaro madaniy aloqalari hamda san’atida o‘z aksini topgan.
Janubi-g‘arbiy hududlarda (hozirgi Turkmanistonning janubiy hududlarida) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq qabilalar yashagan bo‘lsa, shimoliy hududlarda ovchilik, baliq ovlash va yig‘uvchi-terimchilik bilan shug‘ullanadigan kishilar istiqomat qilganlar. Ular o‘rtasida tosh qurollardan foydalanish uzoq davrlargacha saqlanib qolgan. Albatta, xo‘jalik yuritishning cheklanganligi, shimolda yashovchi turli qabilalar madaniyati va san’atining janubiy hududda yashovchi qabilalar madaniyatidan orqada qolishiga sabab bo‘lgan. Faqat eramizdan avvalgi 11 ming yillikka kelibgina shimolda yashovchi kishilar dehqonchilik bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘ya boshlaganlar, o‘troq hayot kechirishga o'tishgan, metall (bronza)dan mehnat qurollari yasashgan. Albatta, mazkur o‘zgarishlar ma’naviy madaniyat, ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan san'atda o‘z ifodasini topa boshlagan.
Markaziy Osiyoda bronza davri taxminan eramizdan avvalgi III ming yillik o'rtalaridan to I ming yillik boshlariga qadar davom etgan. Bronza davrida cho’l va adirlarda chorvachilik madaniyati rivojlangan bo‘lsa, janubiy hududlarda hunarmandchilik madaniyati ravnaq topgan. Shu bilan birga Janubiy hududlarda dehqonchilik taraqqiy etib, shaharlarning vujudga kelish jarayoni kechgan. Ilk bronza davrida kulolchilik buyumlariga bir xil geometrik naqsh berish odatga aylangan.
Eramizdan avvalgi 3-2 ming yilliklar davrida hunarmandchilikning asosiy bo‘g‘inlaridan biri — kulolchilik rivojlanib, kulolchilik charxi keng yoyilgan. Shahar madaniyati va davlatchilikning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynagan savdo-sotiq nafaqat mintaqa, balki boshqa hududlar va davlatlar bilan iqtisodiy ,ijtimoiy, siyosiy va madaniy aloqaning asosiy vositasiga aylangan. Albatta, davlatchilik asoslarining shakllanishi va shahar madaniyatining yuksalishida nafaqat ishlab chiqarish munosabatlari (dehqonchilik va hunarmandchilik)dagi o‘zgarishlar va savdosotiqning rivojlanishi, balki mintaqamizning tabiiy geografik joylashuvi hamda g'arbiy-strategik (Sharq va G’arb manfaatlarining to’qnashuvi) ahamiyati ham muhim rol o'ynagan. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar hamda ilk davlatchilikning vujudga kelishida eng qadimgi shaharlar: Sopollitepa, Jarqo'ton (Surxondaryo), Yerqo‘rg‘on, Uzunqir (Qashqadaryo), Kuxatepa, Afrosiyob (Samarqand) va boshqa ko'hna shaharlar muhim rol o‘ynagan.



Yüklə 93,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə