Mundarija: kirish I. Bob. Afrosiyob xarobalarining o’rganilishi


II.BOB. AFROSIYOB ME’MORCHILIGI VA SAN’ATI



Yüklə 93,2 Kb.
səhifə5/8
tarix17.06.2023
ölçüsü93,2 Kb.
#117655
1   2   3   4   5   6   7   8
afrosiyob me\'morchiligi va sa,ati

II.BOB. AFROSIYOB ME’MORCHILIGI VA SAN’ATI
2.1. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar va yozma manbalar
Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi VIII—V asrlarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. av. 329 yilda shahar Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. av. III — I asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. av. III asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin ma-daniy qatlami Afrosiyobning shim.da, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan.
Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shaxri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari „Ixshid“, Buxoro hukmdorlari esa „Buxorxudot“ deb atalgan. 712 yilda arablar fotixi Qutayba ibn Muslim qoʻshin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam boʻlib, atrofida suv toʻla xandaq bor edi. Qutayba Samarqanda Fargʻona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni enggach, koʻmaksiz qolgan Sugʻd hokimi Gʻurak noiloj u bilan sulh tuzdi, shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻldi. Arxeologik topilmalar islomga zid boʻlgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi.18
IX asrning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qoʻliga oʻtdi. Buxoro ularning markaziga aylandi. Shu davrda Samarqand iqtisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlandi. Afrosiyobda somoniylar davrida oʻymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va madrasalar, hammom va kanalizasiyalar, tosh koʻchalar topilmoqda. Shaharni suv bilan taʼminlash ogʻirligidan aholining ehtiyojini qondirish uchun shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Dargʻom tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar xiyobonining jan.da, Alisher Navoiy haykali qad koʻtarib turgan maskanda ochib oʻrganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon yoʻl olgan.
Tarixiy manbalarga koʻra Afrosiyobga jan.dan kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq gʻishtlardan ravoqli suvay-irgʻich qurilib, uning tepasidan katta ariq oʻtkazilgan. Bu ariqni „Juyi arziz“ („Qorgoshin ariq“) deb ataganlar. Ariq shu erda uchga boʻlingan va shahar oralab Siyob arigʻi boʻyiga borgan. X asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida xam Samarqanda savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaharning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilari Jome masjidiga yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. 19
Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha yetib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. „Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun ko'rgan, soʻng aholi bora-bora Ani butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari „Hisori koʻhna“, „Qalai Hisor“ atalib, XVII asrdan boshlab aholi orasida „Qalai Afrosiyob“ yoki „Afrosiyob“ deb atala boshlangan.20
Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti tashkil topgach, keng koʻlamda kuchaydi. Ya. Gʻ. Gʻulomovdan soʻng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G. V. Shishkina, Sh. Toshxoʻjaevlar rahbarlik qildi. Keyingi yillarda (1989 yildan) Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari — Pol Bernar, Frans Grene va b. jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan (M. Isomiddinov va b.) hamkorlikda Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqsa.21
Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, yaʼni miloddan avvalgi VI—V asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan guvalaqdan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi VIII asr oʻrtalariga oid ekanligi isbotlaydi; shaharning arki aʼlo qismidan milodiy VIII asrga oid murabba (70x70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda.22
Afrosiyob qadimgi manzilgohi Samarqandga kiraverishda shaharning shimoliy qismida joylashgan va O‘rta Osiyoning eng muhim arxeologik yodgorliklaridan biri bo‘lgan qadimiy Afrosiyob shaharchasini payqamay bo‘lmaydi. AfrosiabUshbu ajoyib joylarni kezib, o‘zini qadimgi dunyoga sayohatga borgandek his etish, tarixiy ob’yektlarga qo‘l tekkizish mumkin.Ancient settlement AfrosiabShahar xarobalari miloddan avvalgi VIII asrga taalluqli.Afrosiyobda ganch o‘ymakorligi bilan bezalgan saroylar, zodagon dehqonlar va yer egalarining uylari, masjid va madrasalar, hammom va suv inshootlari, Somoniylar davrida qurilgan ko‘chalar topilgan. Qadimgi Samarqand dastlab “Hisori ko‘hna” (qadimgi Hisor), “Qal’ayi Hisor” (Hisor qal’asi), keyin XVII asrdan boshlab “Afrosiyob qal’asi” yoki “Afrosiyob” deb nomlangan


Yüklə 93,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə