Muhandislik texnologiyalari


-rasm. NESTLE kompaniyasining brendi



Yüklə 161,89 Kb.
səhifə8/14
tarix22.03.2024
ölçüsü161,89 Kb.
#183242
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
СУЛТОНМУРОДОВА

1-rasm. NESTLE kompaniyasining brendi
NESTLE (Nestle — nemis tilining Shveysariya shevasida "jajji uya") — Shveysariyadagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri.
Shveysariyalik farmatsevt Genri Nestli 1866-yilda ona suti yetishmasligi oqibatida goʻdaklar oʻlimining oldini olish maqsadida sut, bugʻdoy uni va shakarning turli nisbatlarda aralashtirib ona suti oʻrnini bosadigan "Nestle sut uni"ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.
Kompaniyaning 70 ga yaqin davlatlarda 500 dan ortik, korxonalari bor. Kompaniya koʻpgina mamlakatlardagi parfyumeriya, kosmetika va farmatsevtika sanoati korxonalari aksiyalarining ham egasidir. Daromadi hajmi jihatidan Yevropada 8-, dunyoda 31-oʻrinni egallaydi.
2011-yilda umumiy savdo hajmi 84,7 mlrd. Shveysariya frankini tashkil etdi. Jami ishchixizmatchilari soni — 230 ming kishi.
"Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi. “Nestle” kompaniyasining tarixi 1866-yildan boshlanadi, o’shanda birinchi marotaba Genri Nestle bolalar uchun sutli qorishma “FarineLactee”ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1886-yilda esa, asoschilari ikki amerikalik – Charlz va Jorj Peyjami bo’lgan “Quyiltirilgan sut ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi Anglo-Shvetsariya kompaniyasi” o’z assortimentini sezilarli darajada oshiradi va XIX asrning 70-yillaridayoq ona sutini o’rnini bosuvchi sut ishlab chiqaradi. Nestle bundan xabar topgandan so’ng bunga javoban qadam tashlaydi, ya’ni o’zining quyiltirilgan sut markasini ishlab, bozorga chiqaradi. 1905-yilda qo’shilgunga qadar bu ikki firma bozorda sut mahsulotlari bo’yicha asosiy raqobatchilar edi. “Nestle” kompaniyasi O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham o’z o’rnini topib bormoqda. 2014-yil fevral oyida Nestle Uzbekistan qoʻshma korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yordamida boshlangʻich maktab oʻquvchilari uchun “Sogʻlom bolalar” (Healthy Kids) ma’rifiy dasturini yoʻlga qoʻydi. “Sogʻlom bolalar” dasturining asosiy maqsadi bolalarda sogʻlom turmush tarzini tashkil etuvchi ovqatlanish madaniyatini shakllantirishdan iborat. Nestle Uzbekistan bosh direktori Filipp Gorbunovning ta’kidlashicha, ushbu dastur Nestle kompaniyasining Healthy Kids global dasturi bir qismi hisoblanib, hozirda 71 mamlakatda amalga oshirilmoqda. 1998-yil Namangan "Nafosat" aksiyadorlik jamiyati (so-biq Namangan sut zavodi)ning 34,9% aksiyasini 287 ming AQSH dollariga sotib oldi. 1999-yilda esa ushbu korxona negizida "Oʻzbekiston-Nestle" korxonasi tuzildi.
"Nestle SA" kompaniyasi Xitoyda о‘z biznesini rivojlantirish uchun 102 million AQShdollari miqdorida sarmoya kiritadi.
Amerikalik yirik investor Deniel Loub Nestle’ning 3,5 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib olib, 1,3 foizlik paketni qо‘lga kiritganini ma’lum qilgandan sо‘ng Nestle’ kompaniyasi katta miqdordagi aksiyalarini ortga qaytarish qarorini belgiladi. Shundan keyin Loub faol sarmoyachilarga xos tarzda Nestle "bir joyda tо‘xtab qolgani"i va unga islohotlar zarurligini ta’kidladi hamda kompaniyaning qolgan aksiyadorlarini uning tub islohotlar о‘tkazishga chaqirig‘ini qо‘llab-quvvatlashga chorladi. Bu islohotlar, jumladan Nestle’ning L’Oreal kompaniyasidagi о‘z ulushini 23 foiz sotishini, xarajatlarni qisqartirishni va aksiyadorlik sarmoyasi ustidan nazoratni mustahkamlash uchun о‘z aksiyalarini sotib olishni о‘z ichiga oldi.
Nestle kompaniyasi o’z brendi asosida quyidagi maxsulotlarni o’z ichiga olgan:(2-rasm)

Yüklə 161,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə