Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]


-modda. Xalqaro hamkorlik



Yüklə 95,75 Kb.
səhifə9/9
tarix07.10.2023
ölçüsü95,75 Kb.
#126120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
154 I son-21.12.1995-uz.docx

54-modda. Xalqaro hamkorlik
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi.
(54-modda O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)
IX. BANKLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATLAR
55-modda. Javobgarlikni cheklash
Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha javobgar emas, ular shunday javobgarlikni o’z zimmasiga o’zlari olgan hollar bundan mustasno.
56-modda. Banklarning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari
Markaziy bankka banklarning hisobvaraqlarini yuritish va depozitlarini qabul qilishga ruxsat etiladi.
57-modda. Kliring va hisob-kitoblarni tashkil etish
Markaziy bank banklarga banklararo to’lovlarga hisob-kitob-kliring xizmatini, shu jumladan cheklar va boshqa to’lov hujjatlari orqali haq to’lashni tashkil etishda yordam ko’rsatish, shunday operatsiyalarni o’tkazish tartibini o’z ixtiyoriga ko’ra belgilash va tegishli ko’rsatmalar berishga haqlidir.
58-modda. Bank axborot tarmog’i va statistik axborot yig’ish
Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun axborot tarmog’ini yaratadi va saqlab turadi.
Markaziy bank statistik axborotni tegishli organlardan yoki bevosita iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oladi.
Markaziy bank statistik axborotni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish qoidalari hamda amaliyotini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olishda o’z vakolatlari doirasida qatnashadi.
59-modda. Markaziy bankning imtiyozli huquqi
Markaziy bankka qarzdorning hisobvaraqlaridagi qoldiqlari hamda uning Markaziy bankdagi boshqa aktivlari hisobidan o’zining barcha talablarini qondirishdan iborat qat’iy imtiyozli huquq berilgan, majburiy rezervlar sifatida Markaziy bank depozitida turgan banklar mablag’i bu aktivlarga kirmaydi.
Markaziy bank o’zining imtiyozli huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narxlarda sotish va tushumdan sotish xarajatlarini chegirib tashlagandan keyin o’ziga tegishli bo’lgan miqdordagi to’lovni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.
60-modda. Markaziy bankning qarorlari ustidan shikoyat qilish
Markaziy bankning qarorlari va harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995 yil 21 dekabr,
154-I-son
Yüklə 95,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə