Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]


-modda. Xalqaro rezervlar



Yüklə 95,75 Kb.
səhifə3/9
tarix07.10.2023
ölçüsü95,75 Kb.
#126120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
154 I son-21.12.1995-uz.docx

42-modda. Xalqaro rezervlar
Markaziy bank o’zining balans hisobvaraqlarida O’zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar quyidagilarni:
oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;
naqd chet el valyutasini;
chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda bo’lgan chet el valyutasi qoldiqlarini;
chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki kafolatlagan chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni o’z ichiga oladi.
Markaziy bank O’zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek xalqaro operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni ta’minlash uchun etarli bo’lgan darajada xalqaro rezervlar saqlab turilishiga yordam beradi.
43-modda. CHet el valyutasidagi operatsiyalar
Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududi va uning tashqarisida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda xalqaro amaliyotga muvofiq chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidir.
VII. MARKAZIY BANKNING HUKUMAT BILAN MUNOSABATLARI
44-modda. Markaziy bankning vazifalari
Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi.
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar bo’yicha maslahat beradi.
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati bo’yicha davlat byudjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o’z ichiga olgan ma’ruzani taqdim etadi.
45-modda. Davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida maslahatlar berish
Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish, shu jumladan ushbu qarz doirasida to’lanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari to’g’risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar to’g’risida Markaziy bankka xabar beradi.
LexUZ sharhi
SHuningdek, qarang O’zbekiston Respublikasining «Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida»gi Qonuni 9-moddasi.

Yüklə 95,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə