Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]


-modda. Hukumat bilan Markaziy bank o’rtasida axborot almashuvi



Yüklə 95,75 Kb.
səhifə5/9
tarix07.10.2023
ölçüsü95,75 Kb.
#126120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
154 I son-21.12.1995-uz.docx

49-modda. Hukumat bilan Markaziy bank o’rtasida axborot almashuvi
Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.
Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o’z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
VIII. BANKLAR, MIKROKREDIT TASHKILOTLARI LOMBARDLAR VA KREDIT BYUROLARI FAOLIYATINI, SHUNINGDEK QIMMATLI QOG’OZLAR BLANKALARI ISHLAB CHIQARISHNI TARTIBGA SOLISH HAMDA NAZORAT QILISH
(VIII bo’limning nomi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
50-modda. Banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini, shuningdek qimmatli qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar
(50-moddaning nomi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.
(50-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini ro’yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
(50-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklarni, kredit byurolarini ro’yxatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to’g’risidagi axborot e’lon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir.
LexUZ sharhi
Qarang: «Banklarni ro’yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami 2014, 08.10.2009 y.), «Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami 1291, 10.12.2003 y.).
(50-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Banklarni davlat ro’yxatiga olish daftari, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolariga hamda qimmatli qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reestrini yuritadi.
(50-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)

Yüklə 95,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə