Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]


-modda. Depozitariy va kassirning vazifalari



Yüklə 95,75 Kb.
səhifə4/9
tarix07.10.2023
ölçüsü95,75 Kb.
#126120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
154 I son-21.12.1995-uz.docx

46-modda. Depozitariy va kassirning vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank hukumatning, shuningdek Moliya vazirligining ruxsatnomasi bo’lgan taqdirda boshqa davlat organlarining pul mablag’larini va valyuta qimmatliklarini depozitga qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablag’larini va valyuta qimmatliklarini oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank ko’rsatib o’tilgan depozitlar yuzasidan foizlar to’lashi mumkin.
(46-moddaning matni O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)
47-modda. Fiskal agentning vazifalari
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda ish tutib, O’zbekiston Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida:
Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini joylashtirish, bu joylashtirishlarni ro’yxatga olish va ularni topshirishda agent rolini bajarish;
ko’rsatib o’tilgan qimmatli qog’ozlarning qiymatini, ular bo’yicha foizlar va boshqa to’lovlarni to’lash;
ko’rsatib o’tilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisobvaraqlari yuritish va ularga doir to’lov operatsiyalarini bajarish;
ko’rsatib o’tilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish borasida faoliyat ko’rsatishi mumkin.
Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qog’ozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga ta’siri va monetar siyosatining ustuvor yo’nalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.
48-modda. Hukumatga kredit berish
Oldingi tahrirga qarang.
Kreditlar hukumatga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan va bir yil ichida qiymati to’lanadigan aktivlar garovga qo’yilishi sharti bilan beriladi.
(48-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda)
Kredit berish hukumat va Markaziy bank o’rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to’lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank hukumatga obuna bo’yicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to’lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas.

Yüklə 95,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə