Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]


-modda. Markaziy bankning nazorat vazifalarini bajarishga doir vakolatlari



Yüklə 95,75 Kb.
səhifə6/9
tarix07.10.2023
ölçüsü95,75 Kb.
#126120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
154 I son-21.12.1995-uz.docx

51-modda. Markaziy bankning nazorat vazifalarini bajarishga doir vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank:
bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo’lgan qoidalarni;
LexUZ sharhi
Qarang: «O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar Rejasi» (ro’yxat raqami 773-17, 13.08.2004 y.), «O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida»gi Yo’riqnoma (ro’yxat raqami 1834, 11.07.2008 y.) va «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 1419, 25.10.2004 y.).
Oldingi tahrirga qarang.
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo’lgan qoidalarni;
(51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan lombardlar va kredit byurolari uchun majburiy bo’lgan qoidalarni belgilaydi.
(51-modda birinchi qismining to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 10 apreldagi O’RQ-321-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2012 y., 15-son, 163-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: «Lombard tomonidan o’z faoliyatini va operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to’g’risida» qoidalar (ro’yxat raqami 1290, 10.12.2003 y.).
Markaziy bank:
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolarining hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to’g’risida axborot so’rash hamda olish;
(51-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va mikrokredit tashkilotlarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bog’langan shaxslarning, shuningdek lombardlar va kredit byurolarining faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanktsiyalar qo’llash;
LexUZ sharhi
Qarang: «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspektsiya (tekshirish) o’tkazish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2217, 14.04.2011 y.) va «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2209, 14.03.2011 y.).
(51-modda ikkinchi qismining to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilash;
(51-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 10 apreldagi O’RQ-321-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2012 y., 15-son, 163-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: «Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi nizom (yangi tahrirda) (ro’yxat raqami 992-1, 20.04.2004 y.).
bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar o’rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: «Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2696, 14.07.2015 y.).
ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to’g’risida ijro etilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar yuborish;
(51-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
bank aktsiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obro’-e’tibori haqida axborot so’rash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buxgalterlariga, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo’yish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo’yish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 1641, 14.11.2006 y.).
(51-modda ikkinchi qismining o’ninchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
(51-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 sentyabrdagi O’RQ-54-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2006 y., 37-38-son, 373-modda)
Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aktsiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aktsiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aktsiyalari xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank o’z qarori to’g’risida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab o’ttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: «Bankning ustav fondi miqdorini, aktsiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini o’zgartirish, ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida»gi nizomning (ro’yxat raqami 573, 19.12.1998 y.) 3-bo’limi.
(51-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 124-modda)
Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek ulardan bank auditi bilan bog’liq har qanday ma’lumotlarni bevosita olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy bo’lgan ichki nazorat qoidalarini tasdiqlaydi.
(51-moddaning oltinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)

Yüklə 95,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə