Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]


-modda. Iqtisodiy normativlar



Yüklə 95,75 Kb.
səhifə7/9
tarix07.10.2023
ölçüsü95,75 Kb.
#126120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
154 I son-21.12.1995-uz.docx

52-modda. Iqtisodiy normativlar
Markaziy bank banklar uchun majburiy bo’lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan:
kapitalning monandlik koeffitsientini;
LexUZ sharhi
Qarang: «Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2693, 06.07.2015 y.).
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko’p miqdorini;
LexUZ sharhi
Qarang: «Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko’p miqdorlari to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2707, 05.08.2015 y.).
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko’p miqdorini;
LexUZ sharhi
Qarang: «Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga doir talablar to’g’risida»gi Nizomning (ro’yxat raqami 571, 19.12.1998 y.). 3 va 4-bo’limlari.
likvidlilik koeffitsientlarini;
aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
LexUZ sharhi
Qarang: «Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2696, 14.07.2015 y.).
qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag’iga kiritishga doir talablarni;
LexUZ sharhi
Qarang: «Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami 1306, 30.01.2004 y.).
ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalari» (ro’yxat raqami 1497, 15.07.2005 g.)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi.
(52-modda O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 29 dekabrdagi O’RQ-345-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 1-son, 1-modda)
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o’zgarishi to’g’risida kamida bir oy oldin e’lon qiladi.
[
Yüklə 95,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə