Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqlarni hisoblash ja-
rayonini axborot bilan 
ta’minlash funksiyasi
 


18
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq, kredit 
vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi 
kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi «Qishloq xo‘jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etish 
to‘g‘risida»gi PF-2086-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi «Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining muvaqqat bazaviy 
stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq 
xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan 
tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga byudjetga 1999-yilning 1-
yanvaridan boshlab yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi joriy qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini 
belgilovchi asosiy omillardan yana biri - hozirgi kunda ko‘payib 
borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va 
yuridik shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq 
to‘lovini yuzaga keltirish. 
Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik 
faoliyatining keng quloch yoyishi va xususiylashtirish jarayonlarining 
chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi. 
Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa 
mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq mexanizmi 
yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy 
xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. 
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-
apreldagi «Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish 
tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida» 159-sonli qaroriga muvofiq kichik 
korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o‘rniga 
byudjetga ixchamlashtirilgan soliq to‘lash imkoniyati vujudga keldi. 
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ixchamlashtirilgan soliq 
tizimining joriy qilinishi bu tadbirkorlar uchun davlat tomonidan 
ko‘rsatilgan katta yordam bo‘ldi. 
Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida ushbu 
rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga bo‘ysunuvchi vazifalarni 
bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni bajarishga 
xizmat qiladi. Shunday ekan soliqlarning funksiyalari va vazifalari 
o‘rtasidagi aniq farqli jihatlarni o‘rganish va soliq munosabatlarini 
tashkil etish mobaynida bu chegaralarni asoslashni qayd etib o‘tish 
lozim. 


19
Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq 
qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy 
soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy 
moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning fiskal funksiyasi 
ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal 
qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan 
bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskal 
funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi 
faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab 
chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy 
resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi. 

Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga 
ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifani 
bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri 
shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar 
sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi 
foyda me’yorining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni 
bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli 
vositasi bo‘lishi kerak. 

Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli 
barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi 
daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. 
Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini 
sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy 
oqibatlarning oldini olishi mumkin. XX asrning 70–80-yillarida 
Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv 
ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon 
migratsiyasiga olib kelgan. 

Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromadlarni 
taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari o‘rtasidagi 
muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va 
moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli 
vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy 
investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining 
soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari 
barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliqqa tortish 
tizimida mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli 
investitsiyalarning harakati susayadi. 
Soliqlarning byudjetga ijobiy ta’siridan tashqari muhim iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish 


20
mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning 
erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi yangi paydo bo‘lgan 
tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini 
yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo‘li 
orqali hal etish mumkin. 
Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish 
muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli vazifalarga 
bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar 
nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni 
qondirishga, balki davlat daromadlarini byudjetning o‘rta muddatli 
rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga 
oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə