Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
UO‘K: 336.22(075) 
KBK: 65.261.4ya7 
 
ISBN 978-9943-13-825-4 © Vaxabov A.V., Jo‘rayev A.S., 2019 
© “IQTISOD-MOLIYA”, 2019
 


3
KIRISH
 
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishda avvalambor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, 
soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish 
soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish muhim 
masalalardan hisoblanadi. 
Respublikamizda yuritilayotgan soliq yukini kamaytirishga 
qaratilgan soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy 
barqarorligini ta’minlashga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 
yanada rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirishga, mamlakat 
iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirishga, 
yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta’minlashga, 
shuningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish 
uchun qo‘shimcha ravishda qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda 
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya 
etilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Prezident Sh.Mirziyoyev 
ta’kidlaganlaridek – «Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini 
kamaytirish va qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa 
tortiladigan bazani kengaytirish zarur. O‘z ehtiyoji uchun obyektlar 
qurayotgan, yangi tashkil etilgan kichik va o‘rta tadbirkorlik 
subyektlariga yagona soliq to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish 
huquqini berish darkor. Shuningdek, kichik korxonalar uchun 
qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishni rag‘batlantirish shart. Shu 
bilan birga, tez rivojlanayotgan, yiriklashib borayotgan korxonalarni 
rag‘batlantirish siyosatiga o‘tish lozim. Soliq imtiyozlari berishda 
individual yondashuvlardan voz kechib, ularni faqat iqtisodiyotning 
ma’lum tarmoqlari uchun qo‘llash amaliyotiga o‘tishni taklif etaman»
1

Shu boisdan ham ta’lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni 
o‘rgatishda Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi 
islohotlarni talaba-o‘quvchilarga to‘laroq yetkazish, ushbu yo‘nalish 
bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari ta’lim 
yo‘nalishlari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, soliq 
sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarni ta’lim tizimida tatbiq etishni amalga oshirish 
hukumatimiz diqqat-e’tiborida bo‘lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. 
1
Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –T: 
“O‘zbekiston” NMIU, 2018. 55-bet 


4
Shuning uchun ham ushbu darslik soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, u 5230600-Moliya, 5230700-
Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit, 5231200-Sug‘urta ishi, 
5231300-Pensiya ishi, 5231500-Baholash ishi, 5111000-Kasb ta’limi 
(5230600-Moliya, 5230700-Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va 
audit), 5232000- Davlat byudjetining g‘azna ijrosi bakalavriat yo‘nalish-
larida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Darslik O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, «Davlat soliq 
xizmati to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari 
hamda boshqa soliq qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlar asosida 
tayyorlandi. 
Ushbu darslikda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlat 
byudjetining soliqsiz daromadlari hamda soliqqa oid qonun buzilishlarga 
barham berish ettita guruhga bo‘lib o‘rganilgan.
Birinchi bobda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi, 
funksiyalari, soliq elementlari hamda soliqqa tortish tamoyillari 
berilgan.
Ikkinchi bobda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga umumiy 
tushunchalar berilgan. Shuningdek, ushbu bobda soliqlarning 
guruhlanishi hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari 
ko‘rib chiqilgan va sharhlangan.
Uchinchi bobda hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti daromadlari tarkibida 80 foiz atrofida o‘zining soliq tushumlari 
bilan hissa qo‘shayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 
yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
o‘rganilgan. Ushbu bobda asosan, soliq to‘lovchilar, soliq obyekti, soliq 
solish bazasi, soliq imtiyozlari, soliqlarni hisoblash va byudjetga to‘lash 
tartibi hamda har bir soliq turlari bo‘yicha o‘quvchilarning fanni 
o‘zlashtirishlariga yordam beruvchi shartli misollar keltirilgan. 
To‘rtinchi bob – jismoniy shaxslarni soliqqa tortish masalalariga 
bag‘ishlangan bo‘lib, unda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk 
solig‘i, yer solig‘i, daromaddan olinadigan soliq, tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga qat’iy belgilangan soliqlarni 
ko‘rib chiqishga harakat qilingan. Ushbu bobning mazmun-mohiyatini 
chuqurroq o‘rganish maqsadida amaliy misollar ham keltirilgan. 
Beshinchi bobda davlat byudjetining nobarqaror xarakterga ega 
bo‘lgan soliqsiz daromadlari berilib, unda soliqsiz daromadlarning 
zarurligi, mohiyati, ularning tarkibi keltirilgan. Ushbu bobda soliqsiz 
daromadlarning ayrim manbalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berilib, ular 


5
izohlangan. Undan tashqari soliqsiz to‘lovlarning soliqli to‘lovlar bilan 
o‘xshashlik va farqli tomonlari ham keltirilgan. 
Oltinchi bobda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy 
ajratmalar hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni hisoblash 
va to‘lash tartibi izohlangan. 
Yettinchi bobda soliqqa oid qonun buzilishlarga soliq tizimi orqali 
ta’sir etishning asosiy yo‘nalishlari, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning 
asosiy usullari, soliqqa oid qonun buzilishning oldini olish tadbirlarining 
samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. 
Darslik oxirida yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishga, 
soliqlarning huquqiy asoslarini qamrab olishga harakat qilingan test 
savollari variantlari keltirilgan. Ushbu test savollari variantlari 
o‘quvchilarni o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlariga, fanni chuqurroq 
o‘rganishlariga yordam beradi. Bundan tashqari soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarning hisob-kitob shakllari ilovalarda keltirilgan. 
Mazkur ilovalar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash tartibi 
yuzasidan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat 
qiladi degan umiddamiz.
Ushbu darslik kamchiliklardan holi emas. Ular keyingi nashrlarda 
albatta e’tiborga olinadi.


6

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə