Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqlarning tartibga 
soluvchilik funksiyasi
 
Soliqlarning rag‘bat-
lantirish funksiyasi
 
Soliqlarning nazorat 
funksiyasi
 


17
imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-
kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi 
soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq 
to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday 
bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. 
Soliqlarni hisoblash jarayonini 
axborot bilan ta’minlash funksiyasi
 
ham 
muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya 
orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli 
tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga 
sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday 
qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson 
kechadi. 
Soliq funksiyalarining qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar moliya 
resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni 
ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha 
muhim vazifalarni bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi. 
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini 
belgilovchi bir qancha funksiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o‘rnini 
belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya 
qilishning zarurligi.
 
Ma’lumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish 
va davlat qurilishini amalga oshirish mamlakatimiz birinchi Prezidenti 
I.Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. 
Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor 
munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam 
ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo‘lishi 
kerak. 

Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish 
zarurligi omili. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy 
tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan 
keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi 
tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini 
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avvalo, uning mamlakatga 
chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston 
Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini 
o‘tamoqda. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə