Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqlarning fiskal 
funksiyasi
 


16
daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 
daromadlarning bir qismi qayta taqsimlanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi 
va rivojlanishi sharoitida soliqlarning 
ikkinchi muhim funksiyasi ularning 
iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli 
hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar ishlab chiqarish va 
sotish, ishlar bajarish hamda xizmatlar ko‘rsatishning iqtisodiy shart-
sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy 
faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. 
Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni 
muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki 
jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul 
bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, 
shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki 
kamaytiradi. 
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati 
bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni 
ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda 
qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar 
yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot» 
tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy 
faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul 
bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi. 
Rag‘batlantirish funksiyasi
 
soliq 
tizimining eng muhim funksiyalaridan biri 
bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, 
moddiy xom-ashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat 
resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga 
rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali 
ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga 
va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. Soliqlarning 
rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini 
ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani 
kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona 
soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi. 
Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq 
to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa 
tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə