Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqqa tortish predmeti
- soliq solinadigan daromad, tovar oborot, 
mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni 
soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq 
tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer 


23
uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki 
soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda 
soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, 
aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq 
obyektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik 
qilishi soliq subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi. 
Soliq manbayi 
- bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari 
manbayi, ya’ni daromadi. Soliq obyekti va soliq manbayini bir-biridan 
farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, foydaga, yalpi 
daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq 
obyekti ham soliq manbayi ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima obyekt 
bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi. 
Shu o‘rinda soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va soliq 
manbayini farqlash va ularning mohiyatini ochib berish uchun aniq soliq 
turi bo‘yicha ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Yer solig‘i bo‘yicha 
ko‘radigan bo‘lsak, uning soliqqa tortish predmeti bo‘lib, yer uchastkasi 
maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘lsa soliq obyekti 
paydo bo‘ladi va ushbu yer solig‘i qaysi manba hisobidan davlat 
byudjetiga to‘lansa, masalan, yerdan turli xil ko‘rinishda foydalanish 
natijasida olinadigan daromad uning manbayi hisoblanadi. Demak, 
soliqqa tortish predmeti o‘z-o‘zidan kimdadir soliq to‘lash majburiyatini 
vujudga keltirmaydi. Misolimizga qaytadigan bo‘lsak, yerga bo‘lgan 
huquqni joylardagi mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu bilan 
birgalikda yerdan foydalanuvchida soliq to‘lash majburiyati vujudga 
keladi, chunki unda ushbu yer uchastkasidan foydalanish huquqi 
mavjud. Demak, soliq predmetiga kimning egalik qilish huquqi mavjud 
bo‘ladigan bo‘lsa, u soliq munosabatlarida soliq subyekti sifatida 
ishtirok etadi. 
Soliq bazasi
- soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan 
miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining 
miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan 
obyektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq bazasining miqdori 
qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat 
etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. 
Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan 
soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu 
o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi soliq obyektidan katta yoki kichik 
bo‘lishi mumkin. Masalan, soliq to‘lovchiga soliqdan imtiyozlar ko‘zda 
tutilgan bo‘lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq obyektidan kichik
soliq obyekti qonunchilik bilan kengaytiriladigan bo‘lsa undan katta 
bo‘lishi mumkin. 


24

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə