Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, deganda nimani tushunasiz? 
2.
Soliqlarning obyektiv zarurligi nimalarda ko‘rinadi? 
3.
Soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimalardan 
iborat? 
4.
Adam Smit o‘zining qaysi asarida ilk bor soliqlarning tamoyil-
larini asoslab bergan?
5.
Iqtisodchi olimlar tomonidan soliqlarga berilgan ta’riflarning 
o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib bering. 
6.
Soliq kodeksida soliqlarga qanday ta’rif berilgan? 
7.
Soliqlarning xususiyatlarini izohlang. 
8.
Olimlar tomonidan soliqlarga oid bilimlarni turlicha talqin etilishi 
sabablari nimada? 
9.
Soliqlar belgilarining mohiyatini tushuntirib bering. 
10.
Soliqning ekvivalensizlik belgisining mohiyatini tushuntiring. 
 
 
1.2. Soliqlarning funksiyalari
 
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik va jismoniy 
shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to‘lovlarga 
asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy 
munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning 
bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga 
xizmat qiladi. 
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib 
chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq 
mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, 
bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. 
Funksiya deganda, odatda kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, 
takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. 


14
Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar 
mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi, degan 
qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat 
funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal 
funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud 
bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi. 
Bir qancha G‘arb iqtisodchilaring nazariyalari angliyalik iqtisodchi 
J.Keynsning konseptsiyasiga asoslanadi. By konseptsiyaga ko‘ra soliqlar 
fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, 
rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, 
soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy 
barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan 
kelib chiqadi. 
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L.Xarrot, N.Kaldor, 
A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni 
tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va 
turli xil imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb 
hisoblaydilar. 
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasining yuzaga 
kelishiga fransuz iqtisodchisi E.Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu 
nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv 
shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy 
tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning 
davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A.Ilersik, G.Koul, fransuz 
iqtisodchilari M.Kludo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra 
davlat soliqlardan va transfer to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan 
jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu 
nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, 
degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. 
I.Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni 
fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalari. Uning fikriga ko‘ra 
birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan 
bog‘liq, ikkinchisi yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlarini 
taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar 
va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi
9
. O‘z-o‘zidan ko‘rinib 
turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish 
funksiyasi I.Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon 
bo‘lmoqda. 
9
Мальмигин
И

Налоги
как
элементы
финанса
. –
М
.: 
перевод
с
англ
. 1997. 
С
. 69. 


15
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat 
qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq 
mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, 
qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy 
yondashishdan kelib chiqib soliqlarning funksiyasini aniqlash kerak. 
Soliqlarning funksiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o‘rtasida 
katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. 
Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, 
nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi. 
Soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini 
ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: 
soliqning fiskal, tartibga solish, rag‘batlantirish, 
nazorat, soliqni hisoblash jarayonini axborot 
bilan ta’minlash funksiyasi. 
Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha 
«fiscus» so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu 
funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning 
moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun 
moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar 
daromadining bir bo‘lagini, davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, 
umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib 
olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish – 
soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati 
oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-
texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar 
hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini 
ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy 
tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq 
sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini 
bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o‘sishiga, jamg‘arish 
jarayoniga xalal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda 
iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. 
Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari 
davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni 
investitsiyalashga yo‘naltiriladi. 
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar 
uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun 
progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə