Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliqlarning o‘ziga 
xos belgilari


11
egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish 
uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator 
o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa 
to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi. 
Soliqlarning belgilari borasida iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil 
fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q.Yahyoyev soliqlarni umumiy belgilari 
sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi: 
1.
Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq 
to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga 
olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq 
kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik 
belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi. 
2.
Soliqlar xazinaga davlat byudjetiga tushadi. Ammo boshqa 
turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq 
munosabatlarini aks ettirmaydi. 
3.
Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixan 
asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi 
qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan 
harakat qiladi. 
4.
Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq 
qaytmaydi, ya’ni u ekvivalensiz pul to‘lovidir
8

Rus iqtisodchisi A.Medvedev o‘zining «Soliqlarni qanday 
rejalashtirmoq kerak» nomli kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki belgini, 
ya’ni majburiylik va ekvivalensizlik kabi belgilarni qayd etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliqlarning umumiy belgilarini 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
1.
Soliq to‘lovchi o‘z daromadining u yoki bu summasini davlatga 
to‘lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat 
olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq 
miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan 
to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra 
soliq narxdan, ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘imlaridan 
farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, 
biroq hamma vaqt davlat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan 
foyda (naf) ko‘rilishi bilan bog‘liq. 
Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan 
iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi 
ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar uchun soliqqa 
tortishni yuk sifatida baholashlari sabab bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar 
8
Yahyoev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. –T.: «G‘afur G‘ulom», 2000. 10-bet. 


12
hisobidan qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari 
ham mumkin. 
Alohida olingan soliq to‘lovchi odatda jamiyat va o‘zining ko‘rgan 
foydasi yoki manfaatini to‘lagan soliqlari bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu 
shunga olib keladiki, oqibatda fuqarolarning bir qismi soliqlar 
to‘lashdan bo‘yin tovlashga, o‘z daromadlarini yashirishga urinadi. 
Davlat o‘z fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora 
tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning iqtisodiy 
ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan pul bilan 
ta’minlashga rozi bo‘lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga 
keladi. 
2.
Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq 
miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar 
zimmasiga yuklanadi. Aks holda, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan soliq 
to‘lovchilar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda (ma’muriy, 
moliyaviy, jinoiy) jazo choralari qo‘llaniladi. 
3.
Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan 
belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi 
undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan, respublikamiz 
qonunchiligida ham soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini 
aniqlashga faqat qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan 
vakolat berilgan davlat organlari haqlidirlar, deb mustahkamlab 
qo‘yilgan.
O‘zining xohish - istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki 
ularning hajmlarini aniqlashga hech kim haqli emas. To‘lovlarning 
qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi 
hisoblanadi. 
4.
Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy 
byudjetga kelib tushishidir
,
ya’ni soliqlar byudjetdan tashqari 
jamg‘armalar yoki turli xil boshqa jamg‘armalarga kelib tushmaydi. 
5.
Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat 
hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta 
taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda, 
korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining 
ma’lum bir qismini davlat hisobiga o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad 
shaklidagi majburiy to‘lov sifatida davlat mulkiga aylanadi. 
Yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilar 
ularni iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda 
soliqlarning umumiy belgilarini to‘liqroq va aniqroq, batafsil yoritishi 


13
mumkin bo‘lgan, har qanday iqtisodiy vaziyatlarda o‘zgarmaydigan 
maqbul umumiy belgilarini yaratish muammosi hal etilishi lozim. 
Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, 
sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o‘xshashlikka ega, ya’ni 
ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning 
o‘ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar 
soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat 
qiladi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə