Socium „umumiy kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik



Yüklə 57,39 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.05.2022
ölçüsü57,39 Kb.
#87352
Jamiyat - Vikipediya



Jamiyat
Jamiyat
(
lotincha

socium — „umumiy“
) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik
faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti
uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida
amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy
mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik
faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz
boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari
qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar
oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab
chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy
ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning
rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi
mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik
munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular
J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga
ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga
ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli
tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J.
taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar
hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang 
Ijtimoiy
guruhlar
). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va
harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir.
Ularning faoliyati Jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy
manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang 
Jamiyatning siyosiy tizimi
). Maʼnaviy


sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari
tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda
kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining
maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang 
Maʼnaviyat
).
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa
yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida
tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-
odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy,
demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda.Abdulhay Valiyev. 
OʻzME
. Birinchi jild.
Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Jamiyat
&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Jamiyat&oldid=2506065
" dan 
olindi 
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Yüklə 57,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə