Microsoft Word Economic theory lecture 5


 Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari



Yüklə 102,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü102,29 Kb.
#184134
1   2   3   4   5
Economic theory - lecture 5

5.3. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari 
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot 
nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham 
qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. 
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini 
ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, 
ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. 
Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi 
natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga 
oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida 
rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va 
faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga 
oladi. Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarini-ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va 
nihoyat iste’mol jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi.
Hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko‘p qirrali murakkab 
aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat 
taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. 
Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik 
tamoyili asosidagi ayirboshlash, sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va pul 
to‘loviga qodir bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning 
rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan 
ob’yektiv iqtisodiy jarayondir. 
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali 
ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Bunda bozorning 
moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat 
ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda oldi-sotdi 
jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar bajariladi.


Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib 
ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan 
ortiqcha daromad olib, tez boyib ketadi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan 
oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar.
Bozor sub’yektlari ikki guruhga-sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor 
munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif 
etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub’yektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, 
ularni muvofiqlashtiradi. 
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, 
iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab 
chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z 
iste’molchisini topadi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga 
yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va 
ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor 
vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib 
olish yo‘li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali 
resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y 
beradi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar 
yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va 
qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy 
resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini 
ta’minlaydi. 
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham 
keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus rasm ko‘rinishida 
ifodalash mumkin (5.2-rasm).

Yüklə 102,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə