-
iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin bozor,
hozirgi zamon
rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan bozor ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib,
unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali
haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim
mamlakatlarda
pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga
o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin bozor-tovar va xizmatlarning
har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib
oluvchilardan iborat bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib
chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga
qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli
usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon
rivojlangan bozori-bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va
boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga
xizmat qiluvchi sohalar
rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning
daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: mahalliy bozorlar (Toshkent,
Samarqand, London,
Nyu-York, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston,
Rossiya, Ukraina, Angliya, Amerika, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy
Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga
bo‘linadi: iste’mol
tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
(resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika
kashfiyoti va ishlanmalar
bozori.
Muomalaga chiqadigan sub’yektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana savdo
bozorlari hisoblanadi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli
shakldagi
korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi.
Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin
tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo‘jaliklaridir.
Dostları ilə paylaş: