Microsoft Word Economic theory lecture 5



Yüklə 102,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü102,29 Kb.
#184134
1   2   3   4   5
Economic theory - lecture 5

 
 
5.1-rasm. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti modellari 
 
Bozor iqtisodiyotida yuqorida ko‘rsatilgan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi 
zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular 
quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab 
chiqarishning ixtisoslashishi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va turdagi tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va 
texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish 
eng asosiy vazifalar hisoblanadi. 
5.2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari 
Bozor iqtisodiyotining samarali va barqaror iqtisodiy tizim sifatida amal qilishi va 
rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari quyidagi 
jihatlar orqali ifodalash mumkin.
-
Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga 
yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur 
bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun 
resurslarni uyg‘unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha 
samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday 
tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi 
miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 
-
Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy 
erkinlik ro‘liga ustivorlik beradi. Ko‘plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini 
Iqtisodiyotni tartibga 
solish tomoillari 
Davlat sektorining 
iqtisodiyotdagi ulushi 
Uzoq muddatli 
dasturlarning 
ishlab chiqilishi 
30% 
Taktik usullardan 
ustun ravishda 
foydalanish 
10% atrofida
Zamonaviy bozor iqtisodiyotining modellari 
Mezonlar 
Davlat dasturlarining 
maqsadga 
yo’naltirilganligi 
Korporativ 
iqtisodiyot 
Aralash 
iqtisodiyot 
Ijtimoiy 
yo’naltirilgan 
bozor iqtisodiyoti 
Fuqarolar 
manfaatlarini 
himoya qilish 
Tadbirkorlikni 
rivojlantirish 
bo’yicha shart-
sharoitlar yaratish 
Yirik ishlab 
chiqarish 
manfaatlarini 
himoya qilish 
Asosiy 
ustuvorliklarni 
belgilab olish 
Ahamiyatsiz 
darajada 
Ko’rsatilgan 
mezonlarga muvofiq 
keluvchi davlatlar 
Germaniya 
AQSH 
Yaponiya, 
Shvetsiya


uyg‘unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg‘unlashtirishni 
amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri-markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini 
qo‘llash; ikkinchisi-bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina 
iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti 
tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga 
erishadi. 
-
Harakatchanlik. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, 
korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki 
xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni 
ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti barcha kishilarni harakatga soladi, 
ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. 
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda 
boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan: 
-
ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko‘nikishining yuqori 
darajasi; 
-
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal 
sur’ati; 
-
cheksiz ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; 
-
muvozanatsizlikni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; 
-
cheklangan axborot-turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga 
yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati-raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yish va uni 
rag‘batlantirish. Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy 
mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan erkin bo‘lishga harakat 
qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz 
raqobat-bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining 
pasayib borishiga olib keladi; 
2) bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib 
keladi. 
Eng yangi texnologiya, odatda:
-
juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni;
-
yirik bozorlar bo‘lishini;
-
markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishi;
-
boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi.
Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab 
chiqaruvchilar mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi 
texnologiyani qo‘llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, 
aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab 
chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat 
bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur yetkazadi. 
Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash 
layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin. 
Bozor 
iqtisodiyotning 
navbatdagi 
ziddiyati-jamiyat 
a’zolari 
daromadlaridagi 
tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyot har qanday 


yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum 
darajada yumshatish mumkin. 
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan ziddiyatlaridan biri-ijtimoiy ne’matlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat 
a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyotining ziddiyatli tomonlaridan yana biri-tovarlar hajmi bilan pul massasi 
o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligidir. 
Shuningdek, 2008 yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko‘plab 
rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa 
real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi ham ko‘p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog‘liq. 
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini 
mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor 
qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. O‘zbekistonda davlat 
tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy 
e’tibor qaratilib, zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va 
bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. 

Yüklə 102,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə