Microsoft Word Economic theory lecture 5


 Bozor infratuzilmasi va uning elementlari



Yüklə 102,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü102,29 Kb.
#184134
1   2   3   4   5
Economic theory - lecture 5

5.4. Bozor infratuzilmasi va uning elementlari 
Bozor infratuzilmasi-bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishga 
xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga saqlash uchun ombor xo‘jaligi, transport
aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi 
muassasalar (birjalar, auktsionlar, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit 
munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (banklar, kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya 
kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va 
kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati 
idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo‘g‘inini tashkil qilib, ularga ma’lumotlarni 
to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi. 
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, 
moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning 
iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida aloqa 
o‘rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat ko‘rsatsa, 
boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq 
oladi. 
Bozor infratuzilmasida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar 
muhim o‘rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz. 


Birja-standartlar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini 
o‘tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalarida mahsulot va xizmatlar oldi-sotdisi amalga 
oshsan, fond birjasida qimmatli qog‘ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, 
mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o‘rtasida turib, unga bo‘lgan talab 
va taklifni bir-biriga bog‘laydi. 
Birjaning barcha shakllarida kelishuvning o‘ziga xos belgisi tovar, aktsiya va valyuta 
kurslariga, narxning tebranib turishi bilan ta’sir qilishdir. 
Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to‘g‘risida bitim tuzadi, lekin tovarni yetkazib 
berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar 
qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar yuritadi. Broker (makler)lar-bu tovar, 
fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki 
maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat 
beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. 
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim 
turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi. 
Auktsionlar-alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda 
tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auktsionda savdo tovarlarning nisbatan 
cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auktsion e’lon 
qilingan vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish 
mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auktsion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan 
tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib 
oladi. 
Auktsionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kollektsiyalar ham sotilishi mumkin. 
Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o‘tkazilib, bu yerda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi 
qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o‘rtasida yuz berib, unda bevosita 
iste’molchi qatnashmaydi. 
Savdo uylari-savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi 
mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va 
h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi.
Ko‘p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o‘z nomidan va 
ko‘pincha o‘zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi 
savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar 
berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. 
Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va 
ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari 
tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim 
firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi. 
Ulgurji savdo firmalari-ulgurji hold, ya’ni katta miqdorda tovarlarni o‘z mulkiga sotib 
olib, iste’molchilarga sotuvchi savdo tashkilotlari.
Chakana savdo firmalari-tovarlarni so‘nggi iste’molchilarga sotuvchi savdo muassasalari. 
Ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi. 
Supermarket-bu xaridorning o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli 
savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan savdo qiladi. Supermarket 
xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga yetkazadi, 
ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. 
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida 
o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal 
qilish tartib-qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko‘pchiligi o‘ziga xos belgilarga 


ega bo‘lsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o‘zlarining majburiyatlarini 
bildiradi, ya’ni mablag‘lari ortiqcha bo‘lgan sub’yektlardan pul qarz oladi va o‘z nomidan 
mablag‘lari etishmagan sub’yektlarga pul qarz beradi. 
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi 
muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Bozor iqtisodiyoti sub’yektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor 
infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga 
tushadi. Auditor firmalar-korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib 
boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi idora. Ular odatda aksioner jamiyat yoki 
kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikga ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z 
ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish 
qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb 
ataladi. 
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor 
turlarining faoliyat ko‘rsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni 
ta’minlaydi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1.
Борисов Е.Ф. Экономическая теория. Учебник. Перераб. и доп. 2-е изд.- М.: 
Проспект, 2005.- с. 144-208-544. 
2.
Кочетков А.А. Экономическая теория: Учебник для бакалавров. М.: Дашков и К, 
2016.- с. 696
3.
Gaibnazarova Z.T. Iqtisodiyot nazariyasi. Iqtisodiyotning umumiy nazariy asoslari. 
O‘quv-uslubiy qo‘llanma.- Т.: ToshDTU, 2013.- 122 б. 
4.
Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. Iqtisodiyot nazariyasi. O‘quv qo‘llanma.- Т.: 
Iqtisodiyot, 2017.- 368 б.

Yüklə 102,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə