Methods of studying classical works in literature



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#144187
növüУрок
1   2   3   4   5
adabiyot-darslarida-mumtoz-asarlarni-o-rganish-metodikasi

 
Аннотация
С целью достижения будущего благополучия посредством 
развития образования усиливается внимание к обучению подрастающего 
поколения. В систему образования вошли современные подходы к 
образованию, такие как STEAM, PBL. В данной статье я хотел бы дать 
рекомендации по организации уроков литературы на основе одного из этих 
методов, а также по использованию различных методов для изучения 
классической литературы.
 
Kalit so‘zlar:
muammoli ta’lim, PBL, yechim, bilim, Kaizen usuli, nazariy 
qoidalar, she’riy san’atlar. 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
171 
Keywords:
case study, PBL, solution, knowledge, Kaizen method, theoretical 
rules, poetic arts. 
Ключевые слова:
кейс стади, PBL, решение, знание, метод кайдзен
теоретические положения, поэтическое искусство. 
Ta’lim olish jarayonida adabiyot fanini san’at darajasida o‘rganish uchun badiiy 
mahorat masalalarini kengroq tushunish va badiiy asarlarni chuqurroq tahlil etish 
zarur. Badiiy asar tahlili juda katta mahorat va bilim talab etadi. Shu o‘rinda biz 
she’riy asarlar tahlili xususida so‘z yuritmoqchimiz. Maktab darsliklarida she’riyat
qoidalari bilan birgalikda she’riy san’at lar ham o‘rganiladi. Buning natijasida 
o‘quvchi so‘z sana’tining mohiyatini anglaydi, suratni emas siyratni ko‘ra oladi, 
asarning salmog‘ini his qiladi va g‘oyaviy mazmunni tushuna oladi. Shu tufayli 
darslarning qiziqarli va jonli o‘tishini nazarga olib quyidagi ta’lim usulidan 
foydalangan holda tavsiyalar berishga harakat qilmoqchiman. Ya’ni darsda 
zamonaviy yondoshuv PBL asosida ham muammoli ta’lim usulidan foydalanish 
mumkin. P-problem-muammo, B-based-asoslangan, L-learning-o‘rganish. Demak, 
muammoli vaziyatlarni muhokama tarzida o‘rganish. 
O‘quvchilarga she’riy san’atlar qoidasi o‘rgatiladi: Tazod, tashxis, talmih, intoq, 
husni ta’lil, tardu aks, tajohuli orif, tamsil va xakozo. Masalan, 
Tazod-qarshilantirish ma’nosini bildiradi, ya’ni she’rda qarama-qarshi ma’noli 
so‘zlarni eltirish orqali ta’sirchan badiiy timsollar yaratiladi. Masalan: 
Boshni fido qilg‘il ato boshig‘a, 
Jismni qil sadqa ano qoshig‘a, 
Tun-kuningni aylagali nur fosh, 
Birisin oy angla, birisin quyosh. 
Tashxis-jonlantirish: hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarga inson xususiyatlarini 
ko‘chirish san’atidir. Masalan, Lutfiyning 
Yuzidin lola rang eltib uyolib shahrga kirmas, 
Kishikim bo‘ynidin bog‘lab keturmoguncha sahrodin 
Baytda lolaga insoniy xususiyatlarni ko‘chirish holatini ko‘ramiz. 
Talmih- nazar solmoq ma’nosini bildiradi, she’r yoki nasrda mashhur tarixiy 
voqealar, afsonalar, adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilish san’atidir. 
Senga bersun ilohi Nuh umrin
Manga ham Furqatingda sabri Ayub. 
Atoyining bu baytida Nuh va Ayub payg‘ambarlarga ishora qilingan. 
O‘quvchilar uchun ushbu ishora qilingan payg‘amparlarimiz, qahramonlar, 
farishtalar, voqealar, mashhur asarlar haqidagi ma’lumotlar ham g‘oyatda qiziqarlidir. 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə