Methods of studying classical works in literature



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#144187
növüУрок
1   2   3   4   5
adabiyot-darslarida-mumtoz-asarlarni-o-rganish-metodikasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
172 
Intoq-so‘zlatish, gapirtirish (nutqlantirish) ma’nosini ifodalaydi. Ya’ni badiiy 
asarda hayvonlar yiki jonsiz narsalarni odamlarga o‘xshatib so‘zlatish nazarda 
tutilgan. Navoiyning “Lison ut-tayr”dostonida tovusning so‘zi. 
Men qusheman qasru gulshan ziynati, 
Naqshu rangim ahli olam hayrati. 
Tardu aks-teskari qilib takrorlash. Birinchi misrada kelgan so‘z yoki 
so‘birikmalari keyingi misrada o‘rnini almashtirib qaytarish. Masalan, Bobur bayti: 
Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib 
balo qaro
soching, 
Shikasta ko‘ngluma ermish 
qaro balo
soching. 
O‘quvchilrga muammoli masala yuklanadi. Buni mumtoz asarlarimizni 
o‘rganish jarayonida amalga oshirsak maqsadga muvofiq. Masalan, adabiyot darsida 
Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy Atoyi kabi shoirlar she’rlarini 
badiiy tahlil qilish jarayonida qo‘llashimiz mumkin. 
O‘quvchilarga quyidagicha muammoli savollar beriladi. 
G‘azallardagi badiiy tasvirlarga e’tibor bering, kim ko‘p she’riy san’at turini 
aniqlay oladi? 
Bu muammo guruhga yoki yakka o‘quvchiga yuklanishi mumkin, jarayon 
davomida o‘quvchi olgan nazariy bilimini amalda qo‘llashga harakat qiladi. 
Birinchidan, berilgan she’rni qayta-qayta o‘qiydi, natijada mazmunni anglaydi! 
Ikkinchidan, o‘quvchi diqqatini jamlaydi va bir muammoning ustida bosh 
qotiradi, natijada yechim topa oladi, bundan o‘ziga ishonch tuyg‘usi ortadi. 
Uchinchidan, she’riyat qoidalarini nazariy ma’lumotlarni mustahkam o‘rganib 
oladi, natijada shakl va mazmun mohiyatini farqlay oladi. Sababi she’riy san’atlar yo 
so‘z shakli bilan yoki mazmuni bilan bog‘liqku. 
To‘rtinchidan, ijodkorlikka ishtiyoq uyg‘onadi, ya’ni qiziqish natijasida o‘zi 
ham qayta shunaqa bayt yoki she’r yozishi mumkin. 
Beshinchidan, ma’lum muammoli vaziyatlar, aslida murakkab emasligini, 
vaziyat yechimini topa olishni o‘rganadilar. 
Darslarda muammoli vaziyatlarni muhokama tarzida o‘rganish o‘qituvchini 
maqsad sari oson olib boradi, o‘quvchida mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantiradi. 
O‘quvchiga tayyor tahlillarni bersak, san’tlarini ham aytib birma-bir tahlil qilib 
bera olamiz biz ustozlar, lekin o‘quvchining ongida bu vaqtincha saqlanadi. O‘quvchi 
qachonki mustaqil holda shu san’at turlarini topib ololsagina, bu hech qachon esidan 
chiqmaydigan qat’iy bilim bo‘ladi. 
Ushbu muammolarni yeshimini topish hamda yodda saqlash uchun LABIRINT 
usulidan foydalanishni tavsiya qilaman. 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə