Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə14/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim

Y O‘ L L A N M A
№_______ 2012 yil “_____”_______
_______________________________________________-Mehribonlik uyi rahbari _____________________________________________ga 2000 yil “20” iyunida tug‘ilgan Ismoilova Gulshod SHirinovna
Sizning muassasangizda ta’lim-tarbiya olishi uchun yuborilmoqda.

ASOS: Olmazor tumani hokimining 2011 yil 1 avgustdagi ...-sonli qarori

Bosh boshqarma boshlig‘i:/muhr, imzo/ F.I.SH

Vasiylik va homiylik organi
mutaxassisi: /imzo/ F.I.SH



8. Ismoilova Gulshodga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar jildi Mehribonlik uyiga topshiriladi. Hujjatlarning nusxalaridan iborat boshqa jildi vasiylik va homiylik organida saqlanadi.


Voyaga etmaganni Mehribonlik uyiga joylashtirishga oid yana boshqa vaziyat yuzasidan tuzilishi mumkin bo‘lgan hokim qarori matni namunasi


Tuman hokimining qarori” rasmiy blankasida

Voyaga etmagan 2003 yil 1 may kuni tug‘ilgan


Abdullaev Rustam Farxod o‘g‘lini
Mehribonlik uyiga joylashtirish to‘g‘risida”

Tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi qoshidagi vasiylik va homiylik organiga YAngiyo‘l tuman IIB tomonidan yuborilgan 2013 yil 09 yanvar kuni 20/31-120-sonli xatida 2003 yil 18 may kuni tug‘ilgan Abdullaev Rustam Farxod o‘g‘li maktabda ta’lim olmasdan, asosiy vaqtlarini ko‘chada bezorilik va mayda o‘g‘irlik bilan shug‘ullanib o‘tkazishi oqibatida 2012 yildan YAngiyo‘l tuman IIB XOOB voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi guruhi tomonidan profilaktik ro‘yxatiga olinganligi sababli voyaga etmaganning kelajak manfaatlarini o‘ylab davlat muasasasiga joylashtirilishini so‘rab murojaat etilgan.


2003 yil 1 mayida tug‘ilgan Abdullaev Rustam Farhod o‘g‘lining otasi – Abdullaev Farhod O‘zbekiston Respublikasi JK ...-sining ...-qismi bilan ... yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Abdullaev Rustam Farxod o‘g‘li ... QFY, ... ko‘chasi, ...-uyda buvisi 2008 yilda vafot etgan Rasulova Muqaddamning nomidagi xonadonda onasi Abdullaeva Ruxsora, otasi Abdullaev Farxod bilan ro‘yxatdan o‘tgan va shu manzilda yashab kelgan.
Voyaga etmaganning onasi 1982 yil 5 mayida tug‘ilgan Abdullaeva Ruxsora Akramovna engil tabiatli ayol bo‘lib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan, hech qaerda ishlamaydi, farzandlari tarbiyasi bilan umuman shug‘ullanmasligi haqida ... QFY (yashash manzili) hamda tuman IIB tomonidan ma’lumotlar taqdim etilgan. Tegishli profilaktik choralar olib borilganiga qaramay ona voyaga etmaganning tarbiyasi va ta’minoti bilan shug‘ullanmaganligi sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga ona – Abdullaeva Ruxsora Akramovnaning voyaga etmaganga nisbatan onalik huquqidan mahrum qilinishi bo‘yicha da’vo kiritilgan.
Bolaning yaqin qarindoshlari orasidan bolaning tarbiyasi bilan ixtiyoriy shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan shaxslar aniqlanmadi.
Voyaga etmagan Abdullaev Rustam Farhod o‘g‘li ruhiyatiga uning oilasidagi salbiy muhit ta’sir qilayotgani, bola asosiy vaqtlarini ko‘chada bezorilik va mayda o‘g‘riliklar bilan shug‘ullanib o‘tkazayotgani, maktabga jalb etishda muammolar bo‘lganligi sababli tuman IIB XOOB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati IIB XOOB VEIXYOKM ga olib kelingan va 2013 yil 12 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha YAngiyo‘l tuman sudining ajrimiga asosan Toshkent viloyati voyaga etmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan. Abdullaev Rustam Farhod o‘g‘lining manfaatlarini va ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash zaruriyatini inobatga olib, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 148-, 149-, 150-moddalariga asosan


Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə