Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati


-Rasm. Kon metallurgiya sanoatini rivojlantirish. Vikipediya, arxiv.uz



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#136079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI

2-Rasm. Kon metallurgiya sanoatini rivojlantirish. Vikipediya, arxiv.uz. 
Zamonaviy metallurgiya, metall va qotishmalarni ishlab chiqarishning asosiy
texnologik jarayonlari yig‘indisi sifatida, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- rudani qazib olish va undan metallarni ajratib olishga tayyorlash (jumladan boyitish
jarayonlari);
- metallarni ajratib olish va ularni rafinirlash (tozalash) (pirometallurgik,
gidrometallurgik va eletrolitik jarayonlar);
- metallik kukunlarni ko‘machlash orqali turli buyumlarni ishlab chiqarish;
- metall va qotishmalarni quymakorlik jarayonlari;



- metallarga bosim ostida ishlov berish jarayonlari;
- metallarga termik va kimyo-termik ishlov berish jarayonlari va h.
Metallurgiya bilan boshqa sanoat chambarchas bog‘liq, masalan koksoximiya
sanoati, o‘tga bardosh berish materiallarni ishlab chiqarish sanoati va sanoat turlari.
Rudalardan metallarni ajratib olishga tayyorlash, maydalash, yanchish,
g‘alvirlash va sinflash jarayonlarpidan boshlanadi. Keyingi qayta ishlash bosqichi bu
boyitishdir. Sanoatda eng keng flotatsion, gravitatsion, magnit va elektrik usullar
qo‘llaniladi. Boyitishdan so‘ng olingan mahsulotlar odatda quritiladi yoki kuydiriladi.
Odatda, rudalarni tayyorlashning yakuniy bosqichiga, xomashyo tarkibini
o‘rtalashtirish, xomashyoni aralashtirish, shuningdek aglomeratsiya, briketlash va
qumoqlash usuli bilan bo‘laklash jarayonlari kiradi.
Metallarni pirometallurgik (yuqori haroratli) usullardan foydalanib ajratib olish
va rafinirlash (tozalash) jarayonlari metallurgik pechlarda amalga oshiriladi.
Pirometallurgik jarayonlarda, metall va qo‘shimcha moddalar, yuqori haroratlarda
xomashyoni eritish natijasida hosil bo‘ladigan xar - hil fazalarga ajraladi. Bu fazalarga
gaz, suyuq metallar, shlak, shteyn va qattiq moddalar kiradi. Ajralishdang so‘ng
fazalardan biri yoki bir nechtasi keyingi qayta ishlash bosqichiga yuboriladi.
Metallarni gidrometallurgik usullarda ajratib olish va rafinirlash jarayonlari
yuqori haroratlarni talab etmaydi va turli erituvchilarning suvli eritmalarini
qo‘llanishiga asoslanadi. Gidrometallurgik usulda metallni xomashyodan eritmaga
o‘tqazish uchun (tanlab eritish) kislota, asos va tuzlarning eritmalari qo‘llaniladi.
Metallarni eritmalardan ajratib olish uchun gidrometallurgiyada sementatsiya,
durlanish, adsorbsiya, elektroliz, cho‘ktirish va gidroliz usullaridan foydalaniladi.
Metallurgiya – 
O‘zbekiston va boshqa davlatlarda sanoatning bazaviy
tarmog‘idir. Metallurgiya, ma’lum darajada mamlakat iqtisodining rivojlanishini
belgilab beradi. Sanoatda qo’llaniladigan konstruksion materiallar xajmining
95 % ni qora va rangli metallar tashkil etadi va ularning ishlab chiqarilishiga
mamlakatda foydalaniladigan tahminan yoqilg‘ining 10–14 %, elektroenergiyaning
20–24 %, xom ashyo va mineral resurslarning 40 % sarflanadi.



2. Metallar haqida tushuncha Metallurgiya – bu dastlabki xomashyolar bo‘lmish rudа
vа bоshqа turdаgi mеtаll tаrkibli 
mаtеriаllаrdаn mеtаllar ajratib оlish jаrаyonlаrini
o‘zidа qаmrаb оlgаn fаn, tехnikа vа sаnоаt tаrmоg‘i hisoblanadi.
Metallshunoslik 
– bu metallarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va bu
xususiyatlar orasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan fandir.
Hozirgi kunda D.I.Mendeleyevning elementlar davriy jadvalida 118 ta element
ma’lum bo‘lsa, ularning 22 tasi metallmas, qolgan 96 tasini metallar tashkil qiladi.
Shulardan 80 taga yaqini tabiatda uchrab, sanoat ahamiyatiga egadir. Metallarning
12 tasi s-elementlar, 32 tasi d-elementlar, 28 tasi f-elementlar va qolgani p- 
elementlardir. Simobdan tashqari hamma metallar oddiy haroratda qattiq
moddalardir. Metallarning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1. Har qanday metall o‘ziga xos yaltiroqlikka ega, buning sababi shuki, ular
yorug‘lik nurini spektrning ko‘zga ko‘rinuvchan sohasida qaytarish xususiyatiga
ega.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə