Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati


-Rasm. Kon metallurgiya qotishmalari. Vikipediya



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#136079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI

3-Rasm. Kon metallurgiya qotishmalari. Vikipediya
arxiv.uz. 
2. Metallar issiqlik va elektrni yaxshi o‘tkazadi. Metallarning elektr
o‘tkazuvchanligi harorat ortishi bilan pasayadi va aksincha, qarshiligi harorat
ortishi bilan ortadi.



3. Ko‘pchilik metallar odatdagi sharoitda kristall holatida bo‘ladi, ularning
koordinatsion soni katta qiymatga ega (8 va 12 ga teng).
4. Metallar bolg‘alanuvchan, cho‘ziluvchan va yassilanuvchi bo‘ladi.
5. Metallar elektr musbat elementlardir, ya’ni ularning oksidlari ko‘pincha suv
bilan birikib asoslar hosil qiladi.
Metallarda bu 5 xususiyatning borligiga asoslanib, metallarning ichki tuzilishi
haqida ma’lum tasavvur yaratish mumkin. Masalan, metall yorug‘likni qaytarish
xususiyatiga ega bo‘lgani uchun juda yupqa metall plastinka ham shaffof (tiniq)
bo‘lmaydi. Bunga asoslanib, metall juda zich tuzilgan (ya’ni metallarning hajm
birligida juda ko‘p atomlar bor) deyish mumkin.
Metallarning issiqlik va elektrni yaxshi o‘tkazishi - zaryadlangan zarrachalar
metallning kristallari orasida oson harakatlanishi haqida ma’lumot beradi. Nihoyat,
metallarning elektromusbat elementlar jumlasiga kirishi – valent elektronlarning
metall atomidan osongina chiqib keta olishini ko‘rsatadi. Lekin bu (metallar)
xususiyatlarining hech qaysisi oddiy moddalarning “metall” yoki “metallmaslar”
sinfiga ajratish uchun asos bo‘la olmaydi. Oddiy moddalarni “metall” yoki
“metallmaslar” sinfiga ajratish uchun kimyoviy bog‘lanishlar tipini asos qilib olish,
ko‘p masalalarni izoh qilib olishda juda to‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Demak,
zarrachalar orasida metall bog‘lanishli oddiy moddalarni metallar jumlasiga,
kovalent bog‘lanishli oddiy moddalarni esa metallmaslar jumlasiga kiritish kerak.
1900-yilda Drude taklif etgan “elektron gaz” nazariyasiga muvofiq, metall
musbat zaryadli ionlar va ular orasidagi tartibsiz harakat qiluvchi erkin
elektronlardan iborat, bu elektronlar gaz molekulalari bo‘ysungan qonunlarga
bo‘ysunadi Odatdagi haroratda elektronlar metallar sirtidan chiqib keta olmaydi, chunki
metallda erkin elektronlarni musbat zaryadli ionlar katta kuch bilan tortib turadi.
Metallga tashqaridan elektr maydoni berilganda, elektronlar tartibsiz harakatini
yo‘qotib ma’lum yo‘nalishda yugura boshlaydi. Elektronlarning bu harakatiga
musbat ionlar to‘sqinlik qiladi. Harorat ko‘tarilishi bilan ionlarning tebranish
harakati kuchayib tebranish amplitudalari kattalashadi. Shunda ionlarning
elektronlar bilan to‘qnashish ehtimolligi ortadi. Binobarin, elektronlarning ma’lum
yo‘nalish sari harakati qiyinlashadi. Boshqacha aytganda, metallning elektr


10 
o‘tkazuvchanligi harorat ortganda kamayadi. Metallardan “asl” metallar oltin,
platina, kumush, (bazan mis, kalay, simob) tabiatda erkin, ya’ni, tug‘ma holatda
uchraydi. Metallarning asosiy massasi Yer qobig‘ida birikmalar holida uchraydi.
Sof metallarning sanoat miqyosida hosil qilish uchun yaroqli tabiiy xomashyosi
metall rudasi nomi bilan yuritiladi. Rudalar ko‘pincha toza bo‘lmaydi, ularga
bekorchi jinslar –qum, loy, ohaktosh va boshqalar aralashgan bo‘ladi. Har qanday
ruda ishga tushirilishidan avval bekorchi jinslardan tozalanishi, boshqacha
aytganda “boyitilishi” lozim. Ba’zan rudalarning boyitilgan shakli “konsentrat”
deb ataladi. Rudalar turli usullar bilan boyitiladi. Ko‘pchilik rudalar flotatsion
usulda boyitiladi. Metall rudalarining birinchi turkumi oksidli rudalardir. Bunga
temir rudalaridan: vyustit – FeO, qizil temirtosh – 
Fe2O3 (gematit), qo‘ng‘ir
temirtosh – Fe2O3·3H2O va magnitli temirtosh – Fe3O4 (magnetit), aluminiy rudasi
– Al
2O3· 2H2O (boksit), marganes rudasi – MnO2 (pirolyuzit), qalay rudasi – SnO2,
vismut oxrasi – Bi2O3 va boshqalar misol bo‘la oladi.
Juda ko‘p metallar tabiatda sulfidlar holida uchraydi. Bunday rudalar Yer
po‘stlog‘ining chuqurroq qismiga joylashgan bo‘lib, ularga suv, karbonat angidrid,
havo kislorodi ta’sir etmagan (shuning uchun ular birlamchi tog‘ jinslari deb
yuritiladi). Misol uchun mis kolchedani (CuS), mis yaltirog‘i (Cu2S), kinovar
(HgS), qo‘rg‘oshin yaltirog‘i (PbS), rux aldamasi (ZnS) va boshqalarni ko‘rsatish
mumkin. Ba’zan bir necha metallarning sulfidlari aralash holda uchrab, polimetall
rudani tashkil qiladi.
Metallarning sinflanishi. Мendeleyev davriy sistemasida keltirilgan hamma
metallarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: qоra va rangli metallar. Qоra
metallarga: temir, marganes, vanadiy, xrom va shu metallar asоsida оlingan har хil
quymalar va qotishmalar kiradi. Qоlgan hamma metallar ranglidir. Xususiyatlariga
ko‘ra rangli metallarni o‘zi bir necha nim guruhlarga bo‘linadi:
1) og‘ir rangli metallar (mis, qo‘rg‘oshin, kadmiy, nikel, kobalt, rux);
2) nodir (qimmatbaho) metallar (oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, ruteniy,
rodiy, palladiy);
3) noyob rangli metallar:


11 
a) yengil metallar (litiy, natriy, kaliy, kalsiy, aluminiy, magniy, titan);
b) qiyin eruvchi metallar (volfram, molibden);
d) tarqoq metallar (galliy, indiy, talliy, germaniy, selen, tellur, reniy);
e) kamyob yer metallari (skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar);
f) radioaktiv metallar (uran, toriy, poloniy, radiy, plutoniy).
Metallurgiya sanoati o‘z navbatida ikkiga: qora va rangli metallurgiyaga
bo‘linadi.
Qora metallurgiya sanoatining xususiyatlaridan biri asosiy mahsulotlari
hisoblanadigan cho‘yan, po‘lat va prokat ishlab chiqarish jarayonida juda katta
hajmdagi temir rudasi, kokslanadigan ko‘mir va boshqa xil resurslarni ishlatishidir.
Shu sababli dastlabki yillarda tarmoq korxonalari, asosan, yirik kokslanadigan
ko‘mir konlari hududlarida shakllandi. Qora metallurgiyada asosan qora metallar
turkumiga kiruvchi: temir, marganes, vanadiy, xrom va ularning o‘zaro hosil
qilgan qotishmalari ishlab chiqariladi.
Jahon qora metallurgiya sanoatida hozirgi vaqtda xomashyo resurslarini
yetkazib beruvchi, tayyor metall mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni
iste’mol qiluvchi mamlakatlar guruhlari shakllangan. Jumladan, temir rudasini
jahon bozoriga chiqarishda Braziliya, Avstraliya, Hindiston, JAR, Liberiya
davlatlari, po‘lat ishlab chiqarishda Yaponiya, Rossiya, AQSh, Ukraina,
O‘zbekiston, Germaniya davlatlari ajralib turadi. Tayyor metall mahsulotlarini
iste’mol qilishda esa, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar yetakchilik
qilmoqdalar. O‘zbekistonda po‘lat va cho‘yan asosan Toshkent viloyatining
Bekobod shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” da ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston rangli metallardan – 
mis, oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, rux,
volfram, molibden va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan
zaxiralariga ega. Rangli metallar rudalarining zaxiralari asosan Olmaliq va Navoiy
ruda maydonlarida joylashgan. Masalan, Qalmoqqir koni noyob konlardan bo‘lib,
mis-molibden rudalarini qazib chiqarish bo‘yicha chet eldagilardan ustun turadi.
Bu konning rudasini Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta ishlanadi.
Kombinat O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biridir. Qo‘rg‘oshin, rux,
asosan, Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxondaryo viloyatining Xondiza


12 
konlarida to‘plangan.
Rangli metallurgiya rangli metallar xomashyolarini qazib chiqarish yoki
to‘plash, boyitish, gidro-, piro- va elektrometallurgik jarayonlar asosida qayta
ishlash, toza metall yoki qotishmalar ishlab chiqarishni hamda quymakorlik
jarayonlarini o‘zida birlashtiradi. Rangli metallurgiya mamlakatni elektrlashtirish,
uning mudofa qudratini mustahkamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik,
raketasozlikni rivojlantirish, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir.
Respublikamiz yalpi sanoat mahsuloti hajmida rangli metallurgiyaning salmog‘i 15
% ni tashkil etadi. Rangli metallurgiyaning asosiy mahsulotlaridan bo‘lmish –
volfram va molibden ishlab chiqarish mamlakatimizda tez rivojlanmoqda. Chirchiq
vodiysidagi “O‘zbekiston qiyin eruvchi va o‘tga chidamli metallar ishlab chiqarish
kombinati” muhim korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona mahsulotlaridan
elektrotexnika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi.
Respublikamiz chet davlatlarga tozalangan misni eksport qiladi. Rangli metallar
respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida ishlatiladi. Mis sof holda kabellar
ishlab chiqarishda, qalay bilan qo‘shilib (bronza shaklida), nikel bilan qo‘shilib
(melxior shaklida), aluminiy bilan qo‘shilib (duraluminiy), rux bilan qo‘shilib
(latun shaklida) elektrotexnika va mashinasozlikda keng foydalaniladi.
Qo‘rg‘oshin – akkumulyatorlar ishlab chiqarishda, elektr kabellar ishlab
chiqarishda, rux bilan qo‘shilib temir buyumlarning zanglamasligi uchun ularni
sirlashda, oq tunuka va podshipniklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Shuningdek, rangli metallar elektr tokini yaxshi o‘tkazganligi sababli elektr
energiyasini iste’molchilarga yetkazishda, aloqa tizimida juda ko‘p foydalaniladi.
Rangli metallurgiya mahsulotlari respublika iqtisodiyoti rivoji uchun eng asosiy
yo‘nalish bo‘lgan avtomobilsozlik, radio, elektronika kabi sanoat tarmoqlarida
ishlatiladi.
Metallarning olinish usullari haqida umumiy tushuncha. Rudalardan
metallar ajratib olishning bir necha usuli mavjud. Bu usullar qaytarilish, termik
parchalanish va almashinish jarayonlariga asoslangan. Texnikada bu jarayonlar
metallurgiyaning turli ko‘rinishlarida (pirometallurgiya, gidrometallurgiya,
elektrometallurgi-yada) amalga oshiriladi.


13 
Simobdan (va qisman seziydan) tashqari barcha metallar odatdagi sharoitda
o‘ziga xos yaltiroqlikka ega bo‘lgan qattiq jismlardir. Metallarning fizikaviy
xossalari jumlasiga ularning optikaviy, termikaviy, mexanikaviy, elektr va boshqa
xossalari kiradi. Metallarning xossalari – ularning yaltiroqligi va shaffof
emasligidir. Aluminiy va magniy yaxlit holatda ham, kukun holatda ham yaltiroq
metall, boshqa metallar esa faqat tekis sirtli yaxlit holatdagina yaltiroq bo‘lib,
kukun holatda yaltiroq emas. Kumush, palladiy va indiy eng ko‘p metall
yaltiroqlikka ega. Shuning uchun ham kumush va palladiy ko‘zgu ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Ko‘p metallar to‘q kulrang bilan oq kumushrang orasidagi
tusga ega. Oltin va seziy sariq, vismut qizg‘ish, mis to‘q sariq rangga ega.
Metallarning bug‘lari alangani ma’lum tusga bo‘yaydi. Masalan, natriy – sariq,
kaliy – binafsha rangga, stronsiy – qizil, kalsiy – qovoq rangga bo‘yaydi. Bu
hodisa asosida spektral analiz usuli yaratilgan. Yerdagi va kosmosdagi
moddalarning atom spektorlarini tekshirish natijasida o‘sha moddalarning
kimyoviy tarkibi aniqlaniladi.
Metall begona moddalar qo‘shimchasidan tozalanganida uning elektr
o‘tkazuvchanligi ortadi. Metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning elektr
o‘tkazuvchanligi bilan parallel ravishda o‘zgaradi. Metallardan issiqlik o‘tishida
ham elektronlar ishtirok etadi.
Moddaning kristall holati zarrachalarning o‘ta yuqori tartibda aniq
masofalarda va burchaklar ostida joylashuvi natijasida (uch o‘lchamli
koordinatalarda) yuzaga kelgan tuzilishdir. Har bir kristall tuzilish asosida kristall
panjara yotadi. Kristall panjara yoqlari, qirralari, tugunlari, burchaklari,
bog‘larning uzunligi bilan tavsiflanadi. Kristall panjaralarning tuzilishidagi barcha
xarakterli xususiyatlarni ko‘rsata oladigan eng kichik qismi elementar yacheyka
deb ataladi. Kristall moddalar yuqori tozalikka ega. Kristallarning hosil bo‘lishi,
tuzilishi va xossalarini o‘rganuvchi fan – “kristallografiya” deyiladi.
Kristallarning tekis sirti uning yoqlari (tomonlari) deyiladi. Kristallarning
tuzilishiga ko‘ra uning yoqlari bir nechta bo‘ladi. Yoqlari (tomonlari)ning biror
burchak ostida kesishuvi natijasida kristallning qirralari yuzaga keladi. Ular to‘g‘ri
chiziqdan iborat bo‘ladi.


14 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə