Suyuqliklarning asosiy paramentlarini aniqlashga Ta’luqli bo`lgan masalalar



Yüklə 3,32 Mb.
tarix30.01.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#99755
Jumaniyoz

Suyuqliklarning asosiy paramentlarini aniqlashga Ta’luqli bo`lgan masalalar

Reja:

1.Suyuqlikning harakteri. Muvozanat tenglamasi.

Siqilmas suyuqlik gidrostatikasi.

2.Bernulli tenglamasi.

3.Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Stoks va Puazeyl formulalari.

  • Gidravlikada suyuqliklar ikki gruppaga: tomchilanuvchi (kapelnie) suyuqliklarga va gazsimon suyuqliklarga ajraladi. Suyuqlik deganda tomchilanuvchi suyuqlikni tuchunishga odatlanilgan bo‘lib, ular suv, spirt, neft, simob, turli moylar va tabiatda hamda texnikada uchrab turuvchi boshqa har xil suyuqliklardir.
  • Gidravlika kursi asosan tomchilanuvchi suyuqliklar bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun uni bundan buyon to‘g‘ridan-to‘g‘ri suyuqlik deb atayveramiz. Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat hamda harakat hollarida doimo qattiq jismlar (suyuqlik solingan idish tubi va devorlari, quvur va kanallaming devorlari va boshqalar) bilan chegaralangan boiadi.
  • Suyuqliklar harakati tekshirayotganda ko`p hollarda suyuqlikning bir qismining boshqa qismlarga nisbatan harakati vaqtida ishqalanish kuchlari yuzaga kelmaydi deb hisoblash mumkin. Ichki ishqalanish (yopishqoqlik) batamom hisobga olinmaydigan suyuqlik ideal suyuqlik deyiladi.
  • Yerning tortishish maydonida statsionar oqayotgan ideal suyuqlik ichida ajratib olingan oqim nayini qarab chiqaylik
  • Bernulli tenglamasi ideal suyuqlikning statsionar oqimida ixtiyoriy ravishda tanlab olingan oqim chizig`ining istalgan nuqtalari uchun dinamik, og`irlik va statik bosimlarning yig`indisi o`zgarmas kattalikdan iborat ekanligini ko`rsatadi.
  • Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Stoks va Puazeyl formulalari. Hamma real suyuqliklarning bir qatlami ikkinchi qatlamiga nisbatan ko`chganda ishqalanish kuchlari vujudga keladi.
  • Suyuqliklarga ta’sir qiluvchi kuchlar qo‘yilish usuliga qarab ichki va tashqi kuchlarga ajraladi: ichki kuchlar - suyuqlik zarrachalarining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi; tashqi kuchlar - suyuqlikka boshqa jismlaming ta’sirini ifodalaydi (masalan, suyuqlik solingan idish devorlarining ta’siri, ochiq yuzaga ta’sir qilayotgan havo bosimi va h.k.).
  • Suyuqlikning biz ko`rgan oqimi, ya’ni suyuqlik aralashmasdan, bir-biriga nisbatan sirpanayotgan qatlamlarga ajralgan holda oqishi laminar oqim deyiladi. Laminar oqim statsionlar oqimdir.
  • Oqimning tezligi yoki ko`ndalang o`lchamlari o`zgarsa, oqish harakteri keskin o`zgaradi. Suyuqlik intensiv ravishda aralasha boshlaydi. Bunday oqim turbulent oqim deyiladi. Idish devorlari yonida turbulent oqim tezligi laminar oqim tezligiga nisbatan kuchliroq, kesimning qolgan qismlarida esa kamroq o`zgaradi.
  • Ingliz olimi O. Reynolds oqim xarakteri uning nomi bilan yuritiladigan Reynolds soni Re ga bog`liq bo`lishini aniqladi.
  • (2)
  • bunda - suyuqlikning yopishqoqligi, - suyuqlikning zichligi, -suyuqlikning tezligi, - ko`ndalang kesim uchun xarakterli bo`lgan o`lcham, masalan kesimi kvadrat bo`lsa, kvadratning tomoni, dumaloq kesim bo`lsa, uning radiusi yoki diametri Reynolds soni ma’lum qiymatidan (kritik) kichik bo`lgan hollarda laminar oqim, Re ning ma’lum qiymatidan (kritik qiymatidan) katta bo`lgan hollarda esa turbulent oqim kuzatiladi. Suvning truba bo`yicha oqimida Re sonining kritik qiymati Re kr=1200.

Stoks qonuni. Jism yopishqoq muhit ichida harakat qilganda qarshilik vujudga keladi. F=- 6r (3) Bu qonun Stoks qonuni deb ataladi. Puazeyl formulasi. Silindr ko`rinishdagi trubada suyuqlik laminar oqayotgan bo`lsin. ko`ndalang kesimi orqali bir sekund ichida oqib chiqadigan suyuqlikning V xajmi

  • Bu ifoda Puazeyl formulasi deb ataladi. Bu formuladan ko`rinadiki, bir sekund ichida trubadan oqib o`tayotgan suyuqlik xajmi trubaning boshlang`ich va oxirgi nuqtalaridagi bosimlar farqiga, truba radiusining to`rtinchi darajasiga to`g`ri proporsional hamda truba uzunligiga va suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsiyentiga teskari proporsional ekan.
  • Juda kichik miqdordagi kuchlar ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartiruvchi, lekin siqilishga qattiq qarshilik ko‘rsatuvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Ular qattiq jismlardan o‘z zarrachalarining juda harakatchanligi bilan ajralib turadi va oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ular qaysi idishga quyilsa, o‘shaning shaklini oladi. Gidravlikada suyuqliklar ikki gruppaga
  • Suyuqlikka boshqa jismlaming ta’sirini ifodalaydi (masalan, suyuqlik solingan idish devorlarining ta’siri, ochiq yuzaga ta’sir qilayotgan havo bosimi va h.k.)

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə