Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati


-Rasm. Kon metallurgiya sanoatlari. Vikipediya, arxiv.uz



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#136079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI

5-Rasm. Kon metallurgiya sanoatlari. Vikipediya, arxiv.uz


17 
Kombinat tomonidan birmuncha oldin yaratilgan texnologiya bo‘yicha texnogen 
chiqindilar 2-Mis boyitish fabrikasida (oraliq masofasi 6 km) qayta ishlanib, konsentrat 
sifatida qaytarib olinar edi. Mazkur jarayonlarda transport, ishchi xizmati, yonilg‘i resurslari, 
boyitishda foydalaniladigan kimyoviy reagentlarga bo‘lgan xarajatlari oyiga o‘rtacha 587 mln 
so‘m tashkil qilar edi. Ishlab chiqarishda qo‘llanilgan yangi texnologiya yiliga 7,04 mlrd so‘m 
mablag‘larni tejash imkonini beradi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki 2-Mis boyitish 
fabrikasida texnogen chiqindilarni qayta ishlash orqali foydali metallarni olish ko‘rsatkichi mis 
bo‘yicha 60-72% bo‘lgan. Metallurgiya sexi Vanyukov pechidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta 
ishlash jarayoni orqali xomashyodan mis tayyor mahsulotini ajratib olish ko‘rsatkichi esa 
93,87% tashkil etadi. Buning natijasida qo‘shimcha mahsulot olishga erishiladi. Shuningdek, 
kombinatda yana bir yangilik yaratildi. Rux zavodi texnogen chiqindilarini qayta ishlash 
jarayoniga jalb qilish orqali Metallurgiya sexi Vanyukov pechi, eritish va konverter 
pechlaridagi tabiy gazni tejab qolish va qo‘shimcha mis, oltin va kumush mahsulotlarini ajratib 
olish imkonini beradi. E'tiboringizni raqamlarga qaratadigan bo‘lsak, mazkur uchastkada 
yiliga: Mis eritish zavodining 24 000 tonna texnogen chiqindilari qayta ishlanadi. Natijada 
yiliga qo‘shimcha 789 tonna mis katodi, 58 kg oltin va 442 kg kumush ajratib olinadi. Rux 
zavodining 96 000 tonna texnogen chiqindilarini (klinker) qayta ishlash esa qo‘shimcha 2 028 
tonna mis katodi, 121,2 kg oltin va 29,9 tonna kumush olish imkoniyatini yaratadi. Xulosa 
qilib aytganda, texnogen chiqindilarni qayta ishlash natijasida yiliga 59,2 mln dollar daromad 
olinadi. O`zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor 
berilgan . U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. 
Biroq uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 
2/3) qismi to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir 
tekisda rivojlanmagan. Asosiy markazlari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə