Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#136079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI

 
Metallurgiya
-ruda qazib olish va shu asosda rangli,qora metallarni eritishni o`z ichiga 
oladi.Metallurgiya sanoati og`ir sanoatning muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Chunki hech 
bir mashina, asbob-uskunalar metallsiz bo`lmaydi. Shu sababli metall eritish hajmi har bir 
mamlakat iqtisodiy qudratini ko`rsatuvchi muhim belgi hisoblanadi. Oʻzbekiston metallurgiya 
sanoatida 500 ming tonnaga yaqin poʻlat, 450 ming tonnaga yaqin tayyor prokat ishlab 
chiqariladi 
Ayrim atamalarning ma’nolari 


18 
Prokat
― metall va metall qotishmalarini qizdirib yoki sovuqlayin maxsus vallar orasidan 
o`tkazib tayyorlanadigan buyumlar. Masalan, list, rels, truba, sim va boshqalar. 
Koks
― tabiiy yoqilg`ilar (toshko`mir, neft , torf va boshqalar) yoki ularning qayta ishlangan 
mahsulotini havo ishtirokisiz 950-1050 °C gacha qizdirish jarayonida hosil bo`ladigan 
uglerodli qattiq qoldiq. 
Legirlash
― metall qotishmalariga, ma’lum kimyoviy tarkibga, strukturaga va kerakli 
xossaga ega bo`lgan qotishmalar olishga imkon beruvchi elementlar (xrom, nikel, molibden 
va boshqalar) qo`shish. 
Flyuslar
― metallarning kavsharlanadigan yoki payvandlanadigan sirtida hosil bo`luvchi 
oksidlarni eritib yuborish, shlak hosil qilish, metall tarkibini kerakligicha o`zgartirish uchun 
mo’ljallangan material. Asosli (ohak, dolomit, pirit qoldig`i, kalsiy, soda), kislotali (kvars, 
qum, qumtuproqli chaqmoqtosh) va neytral (boksit, plavik shpati) turlari bor. 
Qora metallar va ularning ahamiyati 
6-Rasm. Kon metallurgiya sanoatlari. Vikipediya, arxiv.uz
Qora metallarga temir va uning asosidagi qotishmalar, marganes (92 % metallurgiyada 
ishlatiladi) va ba’zan xrom (65 % metallurgiyada ishlatiladi) kiradi. Vanadiy rangli metali ham 
qora metallurgiyada po`lat va cho`yanni legirlashda ishlatiladi. Qora metallar insoniyat uchun 
juda muhim xomashyodir. Ko`p qavatli binolar, turar joylarning armaturalari, tomlari, og`ir 
texnikalar va avtomashinalarning asoslari, xo`jalikda foydalaniladigan asbob uskunalarning 
metall qismlari, harbiy texnika, qurol-yarog`lar temir qotishmalar, po`lat va cho`yandan 
tayyorlanadi. So`nggi 1-2 asr ichida qora metallurgiya kimyo fani va fan- texnika yutuqlari 


19 
asosida jadal rivojlandi. Yuqori mustahkamlikka ega po`lat va cho`yanning turli tarkibli 
markalari ishlab chiqarilmoqda. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə