Mavzu: Arion-630 traktori ta


Xulosa Traktor dvigatellarining yurgizib yuborish tizimi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#138705
1   2   3   4   5
Arion-630 traktori ta’minlash va yurgizib yuborish

Xulosa
Traktor dvigatellarining yurgizib yuborish tizimi. Dvigatellarni yurgizib yuborishda turli mexanizm va tizimlarning ishqalanishi qarshiliklarini engish, aylanuvchi qismlarida kinetik energiya hosil etish va silindrlarda yonuvchi aralashma yoki havoni siqish uchun tirsakli valni ma’lum kuch bilan va ma’lum tezlikda aylantirish zarur. Bu aylanish tezligi yurgizib yuborishdagi aylanishlar soni deyiladi. Havo qancha sovuq bo‘lsa, silindrlar qancha ko‘p va katta bo‘lsa, shuningdek dvigatelning siqish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, tirsakli valni aylantirish uchun shuncha ko‘p kuch talab etiladi.
Dvigatellar qo‘l kuchi bilan, elektr startyor yoki yordamchi dvigatel bilan yurgizib yuborilishi mumkin.
Dvigatel qo‘l kuchi bilan yurgizib yuborilganda yurgizish dastasining uchidagi shtiftni tirsakli val uchidagi xrapovikning o‘yig‘iga ilintirib tirsakli val aylantiriladi. Karbyuratorli dvigatellarda qo‘l kuchi bilin aylantirib yurgizib yuborish mumkin.
Dvigatel startyor bilan yurgizib yuborilganda startyorning harakat uzatuvchi shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashib tirsakli valni aylantiradi. Bu eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib barcha o‘zi yurar QXM yuritmalarilarda qo‘llaniladi.
Yordamchi benzin dvigateli bilan yurgizib yuborish tizimi yurgizib yuborish dvigateli, kuch uzatish qismi, dekompressiya mexanizmi va dizelni isitish moslamalaridan iborat.
Yurgizib yuborish dvigateli dizel tirsakli valini aylantiradigan kuch manbaidir. Kuch uzatish qismi yurgizib yuborish dvigateli tirsakli valni aylanma harakatini dizelning valiga uzatadi. Dekompressiya mexanizmi dizel silindrlaridagi kompressiyani yo‘qotadi, yani tirsakli valni aylantirishni osonlashtiradi.
Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun tirsakli valni minutiga 40-50 marta tezlikda aylantirish kifoya.

Adabiyotlar:



  1. X. Mamatov, Avtomobillar, II- kism. Toshkent «Uzbkiston».1998. 215-224 betlar.

  2. N.Vishnyakov i dr. Avtomobil. Osnovo` konstruktsii. Moskva. Mashinostroyeniye. 1986. 187-204 betlar.

  3. X.Mаmаtov, YU.T.Turdiyev, SH.SH.Shomаxmudov, M.O.Kodirxonov Аvtomobillаr. Konstruksiya vа nаzаriya аsoslаri. Toshkent .«Ukituvchi», 1982, 215-223 betlаr.

  4. DAEWOO TICO. Rukovodstvo po remontu i tyexnicheskomu obslujivаniyu. Bishkek. «Turkiston», 2000 y. 71-78 betlаr.

  5. DAEWOO DAMAS. Rukovodstvo po remontu i tyexnicheskomu obslujivаniyu. . «Turkiston», 2000 y. 148-156 betlаr.

  6. DAEWOO NEXIA. Rukovodstvo po remontu i tyexnicheskomu obslujivаniyu. «Turkiston», 2000 y. 29-55 betlаr.

  7. X.M.Mamatov. Avtomobillar. (Avtomobillar konstruktsiyasidan programmalashtirilgan ukuv kullanma). Toshkent, «Ukituvchi», 1986, 171-177 betlar.

  8. YE.V.Mixaylovskiy i dr. Ustroystvo avtomobilY. Moskva. «Mashinostroyeniye», 1987. 246-256 betlar.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə