Mavzu: Arion-630 traktori ta


Arion-630 traktori ta’minlash va yurgizib yuborish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#138705
1   2   3   4   5
Arion-630 traktori ta’minlash va yurgizib yuborish

2.2. Arion-630 traktori ta’minlash va yurgizib yuborish
Yurgazib yuborish tizimi moslamalar majmuasi bulib, dvigatelni o’t oldirishda tirsakli valni majburiy aylantirish uchun xizmat kiladi.
Yurgazib yuborish tizimiga quyidagi talablar quyiladi: traktor va avtomobillarni turli sharoitlarida dvigatelning tirsakli valni kerakli yurgazib yuborish aylanish soni bilan ta’minlash; moslama yukori ishonchli bo’lishi lozim; kichik ulchamli va kam solishtirma massaga ega bulishligi; yurgazib yuborish jarayonini avtomatlashtirishga imkon berishligi.
Elektr toki bilan yurgazib yuborish tizimiga asosiy talab yurgazib yuborishga karshilik qiluvchi momentni yengib tirsakli valga silindrlardagi ishchi aralagmani xosil kilish va alangalatish uchun yetarli burchak tezligi bilan ta’minlashdir. Bu talab siqish taktini oxirida yonish kamerasida aralashmani yetarli bosim va kerakli xarorat bilan ta’minlash uchun lozim buladi.
Karbyuratorli dvigatellar uchun yurgazib yuborish aylanish tezligi 40…80 ayl/min ni; dizellarda esa 150…300 ayl/min ni tashkil kilish kerak. Dizellarni yurgazib yuborish uchun katta aylanish tezligi kerakligi sababli dizel yoqilg’ini alangalatish uchun yukori xarorat va bosim talab etilishligidir.
Yurgazib yuborish tizimlari inertsion, pnevmatik, gidropnevmatik, elektr va mexanik (kul kuchi va yordamchi IED bilan) bo’lishi mumkin.
Avtomobillarida va Ko’pchilik traktorlarda elektr toki bilan yurgazib yuborish tizimi qo’llaniladi, chunki bu tizim yukoridagi kuyilgan talablarga javob beradi.
Elektr tizim akkumulyator batareyasidan, starterdan, yuritma mexanizmidan, boshkarish zanjiridan va yurgazib yuborishni yengillashtirish vositalaridan iborat.
Starterlar sifatida uzgarmas tokli elektr dvigatellar qo’llaniladi. Ular ketma ket, parallelg‘ va aralash uygotish chulgamiga elektr dvigatellarga bulinadi. Bu bulinishlar uygotish chulgamni yakorni chulgamiga ulash usuliga nisbatan aytiladi. Parallelg‘ ulangan elektr dvigatellarida yakordagi tok yuklanish tokiga boglik buladi. SHuning uchun ushbu rusumdagi dvigatellarni elektromexanik tavsifnomasi yetarli stabillashgan, ya’ni yuklanish momenti oshishi bilan aylanish tezligi deyarli uzgarmaydi. Uygotish chulgamlari ketma-ket bo’lgan elektr dvigatellardagi tok yakor chulgami toki teng va magnit okim yakor tokiga proportsional buladi.
SHu sababli dvigatelni elektr mexanik tavsifnomasi «pastga» yunalgan buladi, ya’ni valdagi karshilik momenti kamaysa dvigatel aylanish soni kupayadi. Ketma-ket o’rnatiladigan dvigatellar asosiy dvigatellarni yurgazib yuborish starterlari sifatida ishlatiladi, chunki yurgazib yuborish boshlanishida ushbu dvigatellar kichik aylanish tezligida katta burovchi moment xosil kilishi mumkin.
Yuritma mexanizmi starterni asosiy dvigatel bilan (yoki yurgazib yuborish dvigateli bilan) ulash va aoasiy dvigatel ishlay boshlangandan sung ularni ajratish uchun xizmat kiladi. Yuritma mexanizm quyidagi vazifalarini bajarishi lozim; shesternya va maxovik gardishni zarbsiz ulash, tirsakli valni kerakli aylanish sonlari bilan ta’minlash; elektr dvigatel chulgamiga tok berish; bilan birga yoki biroz oldirok starter shesternyasini maxovik gardishi bilan ulash asosiy dvigatel ishlab ketishi bilan starter shesternyasini maxovik gardishidan chikarish.
Asosiy dvigatel ut oldirilgandan sung uni tirsakli valning aylanish tezligi 800…1000 ayl/min ni tashkil kiladi. Bu xolda asosiy dvigatel yetakchi bulib kolib starter valini juda katta aylanish tezligi bilan xarakatlantira boshlaydi va starter ishdan chikishi mumkin. Asosiy dvigatel ishlab ketishi bilan starterni ajratish uchun unga erkin yurish mufta (EYuM) o’rnatiladi.

Dvigatellardagi ishchi aralashmali elektr uchquni bilan ut odirish tizimi. O’t oldirish tizimi quyidagicha tasniflanadi:

  1. Uchqun xosil kilishni sinxronizatsiyalash bo’yicha –kontakitli va kontaksiz.

  2. Energiyani tuplash (yigish) bo’yicha – indupitiv va sigimli.

  3. Birlamchi tok zanjirini uzib – ulash usuli bo’yicha – mexanik va tranzistorli.

  4. Yukori kuchlanish impuksini taksimlash usuli bo’yicha – mexanik va elekton taksimlash.

Endirishni ilgarilitish burchagini rostlash usuli bo’yicha –mexanik avtomatlar va elektron rostlagichlar.
Energiyani indukitiv usulida yigadigan (yondirish galtaklari orqali), sinxronizatsiyalanishni kontakt usulida, impulslarni mexanik usulida taksimlaydigan va yondirishni ilgarlalishish burchagini mexanik avtomatlar yordamida rostlaydigan o’t oldirish tizimiga klassik yoki batareyali deb ataladi va xozirgi vaktda keng tarkalgan
Batareyali O‘t oldirish tizimi.
Ushbu tizim kuydagi asosiy asboblardan iborat: uzgarmas tok manbai (akkumulyator yoki generator), uzgich taqsimlagich, kondensaitor, yondirish galtagi va yondirish svechalari. Aytib utilgan asboblar ikkita elektr zanjirni tashkil kiladi: birlamchi va ikkilamchi.
Birlamchi tok zanjiri quyidagilardan iborat: energiya manbai Ģ, uzgich, yondirish galtagining birlamchi chulgami L1 va uzgich kontaktlariga paralel ulangan kondensator C1 dan iborat.
Ikkilamchi tok zanjiri: yondirish galtagini ikkilamchi chulgami L2 dan, yondirish svechalaridan va yukori kuchlanish tokni utkazuvchi simlardan iborat.
Batareyali yondirish tizimini ishlash uslubi. Uzgich konaktlari Pr (7rasm) kulachok (mushtcha)K tomonidan mexanik ravishda uziladi, kulachok uz navbatida dvigatelni taksimlash validan xarakat oladi va shuning uchun xam shu tirsakli valdan ikki barobar sekinrok aylanadi.
Yondirish kaliti ochilib kontaktlar bir biriga ulanib turganida birlamchi zanjirdan tok utaboshlaydi, buning natijasida yondirish galtagini birlamchi chulgam atrofida, uzakdan chiqqan magnit maydonini kuch chiziklari xosil buladi. Magnit maydonini kuch chiziklari birlamchi chulgan bilan birga ikkilamchi chulgam L2 ni uramlariga xam kirib utadi. Yondirish galtagi kuchlanishni kuchaytiruvchi transformator vazifasini bajaradi. Agar birlamchi chulgamda kuchlanish 10…12 Vni tashkil kilsa, ikkilamchi chulgamda kuchlanish 300…400V gacha oshadi.
Yondirish svechasini elektrodlari orasidagi xavo masofasidan (tirkishdan) elektr uchquni utishi uchun kamida 16000…20000 V kerak buladi. Bunday yukori kuchlanish impulsi birlamchi tok zanjiri uzgich kontakitlari tomonidan uzilishi bilan xosil buladi, chunki tok yunalishi bilan matni maydonini kuch chiziklari xam keskin yukola boshlaydi. Magnit kuch chiziklari katta tezlikda uzak tomonga intilish jarayonida ikkilamchi chulgam uramlarini kesib utadi. Buning natijasid a ikkilamchi chulgamda 16…25 kV gacha yukori kuchlanishli elektr yuritkvchi kuch (EYuK) xosil buladi va shu tufayli yondirish svechasi elektrodlari orasidan elektr Uchqun utadi.
Birlamchi tok zanjiri uzilganda yondirish galtagini birlamchi chulgamida xam 200…400V uz-uzini induktsiyalash EYuK toki xosil bulib, uning yunalishi ikkilamchi chulgamdan chikgan tokga karama-karshi buladi. SHuning uchun bu tok ochilib turgan uzgich kontaktlari orasidan Uchqunlanib utishiga olib ketadi,natijada ular tez -tez kuyib, kichik kuchlanishli tokni utkazishi mumkin. Kontaktlarga paralel ulab kuyilgan kondensalitor S1 uz-uzini induktsiyalash EYuKni uziga kabul kilib kontaklarni quyishdan saklaydi. Undan keyin kondensatordagi tok birlamchi chulgam orqali razryadsizlanishi natijasida ikkilamchi chulgamda tok xosil bo’lishiga olib keladi. Bu razryadsizlanish indukitiv fazasini uzokrok davom etishiga olib keladi, bu xol uz navbatida aralashmani yaxshirok yonishini tahminlaydi.
Traktor dvigatellarining yurgizib yuborish tizimi. Dvigatellarni yurgizib yuborishda turli mexanizm va tizimlarning ishqalanishi qarshiliklarini engish, aylanuvchi qismlarida kinetik energiya hosil etish va silindrlarda yonuvchi aralashma yoki havoni siqish uchun tirsakli valni ma’lum kuch bilan va ma’lum tezlikda aylantirish zarur. Bu aylanish tezligi yurgizib yuborishdagi aylanishlar soni deyiladi. Havo qancha sovuq bo‘lsa, silindrlar qancha ko‘p va katta bo‘lsa, shuningdek dvigatelning siqish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, tirsakli valni aylantirish uchun shuncha ko‘p kuch talab etiladi.
Dvigatellar qo‘l kuchi bilan, elektr startyor yoki yordamchi dvigatel bilan yurgizib yuborilishi mumkin.
Dvigatel qo‘l kuchi bilan yurgizib yuborilganda yurgizish dastasining uchidagi shtiftni tirsakli val uchidagi xrapovikning o‘yig‘iga ilintirib tirsakli val aylantiriladi. Karbyuratorli dvigatellarda qo‘l kuchi bilin aylantirib yurgizib yuborish mumkin.
Dvigatel startyor bilan yurgizib yuborilganda startyorning harakat uzatuvchi shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashib tirsakli valni aylantiradi. Bu eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib barcha o‘zi yurar QXM yuritmalarilarda qo‘llaniladi.
Yordamchi benzin dvigateli bilan yurgizib yuborish tizimi yurgizib yuborish dvigateli, kuch uzatish qismi, dekompressiya mexanizmi va dizelni isitish moslamalaridan iborat.
Yurgizib yuborish dvigateli dizel tirsakli valini aylantiradigan kuch manbaidir. Kuch uzatish qismi yurgizib yuborish dvigateli tirsakli valni aylanma harakatini dizelning valiga uzatadi. Dekompressiya mexanizmi dizel silindrlaridagi kompressiyani yo‘qotadi, yani tirsakli valni aylantirishni osonlashtiradi.
Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun tirsakli valni minutiga 40-50 marta tezlikda aylantirish kifoya.
Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun quyuq aralashma va kuchli uchqun hosil etish zarur. Yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun taminlash tizimiga aralashmani quyuqlashtiruvchi moslamalar: qalqovuchni cho‘ktirgich, benzin nasosi va havo to‘sma qopqog‘i o‘rnatilgan. Dizellarni yurgizib yuborish uchun silindrlarda havoni purkalgan yonilg‘i alangalanadigan temperaturaga qadar qizdirish va yonilg‘ini mayda to‘zitib, havoga aralashtirish zarur.
Dizelni yurgizib yuborishda tirsakli val etarli tezlikda aylantirilmasa, siqish takti cho‘zilib, issiqlik silindr devorlariga tarqaladi, siqish takti oxirida temperatura past bo‘ladi va yonilg‘ining to‘zitilishi, shuningdek aralashma hosil etish jarayoni yomonlashadi. Shuning uchun dizellarni yurgiziyu yuborishda tirsakli valni minutiga 200-300marta tezlikda aylantirish zarur.
Dizellarni yurgizib yuborishda sovutish tizimidagi suvni va suriladigan havoni isitish, shuningdek yonilg‘ining alangalanishini yaxshilash maqsadga muvofiqdir.
Yurgizib yuborish tizimining kuch uzatish qismlari. Kuch uzatish qismlari yurgizib yuborish dvigatelining tirsakli valini dizelning valiga biriktirib, harakat uzatadi, dizel yurgizib yuborilganidan keyin esa harakat uzatish mexanizmini ajratadi. Kuch uzatish qismlari: tishlashish muftasi, reduktor va yurgizib yuborish mexanizmidan iborat.
Tishlashish muftasi yurgizib yuborish dvigatelining tirsakli valini dizelning tirsakli valiga asta-sekin biriktiradi va ajratadi. Bu ko‘p diskli, ho‘l muvaqqat qo‘shilgan tishlashish muftasi bo‘lib, u shesternyali baraban bilan aylanadigan beshta etakchi disk, mufta vali bilan birga aylanadigan beshta etaklanuvchi disk, tirak disk, siquvchi disk, siqish mexanizmi va tormozchadan iborat.
Siqish mexanizmi krestovinaga o‘rnatilgan uchta siquvchi mushtcha, ajratgich va boshqarish richagidan iborat. Krestovina muftaning validagi rezbaga o‘rnatilgan. Tormozcha korpusga o‘rnatilgan qo‘zg‘almas disk va val bilan birga aylanadigan gupchakka o‘tqazilgan ikkita aylanuvchi diskdan iborat.
Ba’zi traktorlarning yurgizib yuborish tizimida reduktor bo‘lmaydi bunda xarakat dvigateldan tishlashish muftasi orqali bevosita harakatlantirish mexanizmiga uzatiladi. Harakatlantirish mexanizmi dizelni yurgizib yuborishdan oldin harakatlantirish shesternyasini dizel maxovigining gardishiga tishlashtiradi va dizel mustaqil ishlab ketgach, harakatlantirish shesternyasini avtomat ravishda ajratadi.
Harakatlantirish mexanizmi tutqich, unga maxkamlangan o‘klarga o‘rnatilgan ikkita yukcha, qo‘shaloq prujina, turtgich, yo‘naltiruvchi vtulka va ko‘ndalang prujinadan iborat. Turtgich boltlar bilan yurgizib yuborish shesternyasining gupchagiga maxkamlangan.
Reduktor etaklanuvchi valining ichiga prujina va turtgich kirgizilgan, uchidagi rezbasiga esa yo‘naltiruvchi vtulka burab qo‘yilgan. Bu vtulka turtgichning siljishini va prujinaning cho‘zilishini ta’minlaydi.
Harakatlantirish mexanizmining qo‘shish richagi pastga bosib bu-rilganda siqish richagi tirakni bosib, tutqichni suradi va yurgizib yuborish shesternyasini maxovikning gardishiga tishlashtiradi.
Yurgizib yuborish dvigateli ishlab turganida tishlashish muftasi qo‘shilsa, yurgizib yuborish shesternyasi maxovikni aylantira boshlaydi. Reduktor, dekompressiya mexanizmi va boshqa moslamalardan tegishli tartibda foydalanib, dizelning tirsakli vali yurgizib yuborish tezligida aylantirilsa, dizel o‘t oladi. (56-rasm, b).
Yondirib va yurgizib yuborish tizimini nazorat qilish. Silindrlarda arlashmani kerakli paytda yondirish uchun magneto dvigatelga to‘g‘ri o‘rnatilishi lozim. Buning uchun dvigatelni va magnetoni tayyorlab, keyin uni dvigatelning harakatlantirish valiga biriktirish lozim. Magnetoning to‘g‘ri o‘rnatilganligi svechadan simni chiqarib olib, maxovikni aylantirib uchqun hosil bo‘lishiga qarab tekshiriladi.
Magnetoni har smenada artib, chang, loy va moydan tozalash, puxta beriktirilganligini tekshirish lozim.
Magneto simlarini maxkam biriktirish, toza tutish, ayniqsa neft maxsulotlari tegishidan saqlash lozim. Batareyali yondirish tizimini nazorat qilish. Yondirish tizimi asboblarini toza holda saqlash, uzgich kontaktlari orasidagi oraliqni tekshirish, lozim topilsa, rostlash va kontaktlarni tozalashdan iborat. Shuningdek uzgich taqsimlagich, sim va ularning uchliklari ko‘zdan kechirilib, puxta o‘rnatilganligi tekshiriladi.
Uzgich kontaktlarining orasidagi oraliq quyidagicha rostlanadi: tirsakli val asta-sekin aylantirib, mushtchaning qirrasi qo‘zg‘aladigan kontakt kolodkasiga tegadigan holatga keltiriladi. Qo‘zg‘almaydigan kontaktning plastinasini diskga maxkamlaydigan vint bo‘shatiladi va ekssentrikni burib, oraliq 0. 35-0. 45 mm qilinadi. So‘ngra qo‘zg‘almaydigan kontakt plastinasi vint bilan qotiriladi.
Ish jarayonida uzgich kontaktlarini moy bosimi, oksidlanishi, kontaktlar orasidagi oraliqni o‘zgarishi, uzgich richagchasining massasi tegib qolishi, taqsimlagich qopqog‘i va rotori yorilishi, kondensator izolyasiyasini teshilishi, rotor plastinkasi eyilishi mumkin. Bu kamchiliklarni barchasi yondirish tizimini ravon ishlashini buzadi, bularni topib tuzatish yoki almashtirish zarur.
Yurgizib yuborish tizimini ishlashi uchun yurgizib yuborish dvigatelini va kuch uzatish qismlarini xar smenada tozalash, bo‘shab qolgan qismlarini maxkamlash zarur.
Dvigatelni yurgizib yuborishdan oldin karbyuratorga moy qo‘shilgan benzin to‘ldirish va dvigatel valini bir necha marta aylantirish zarur.
Kuch uzatish qismlari dizel moyi bilan moylanadi. Qishda dizel moyiga dizel yonilg‘isi aralashtirib qo‘yiladi.

Moylash tizimi, dvigatel salt ishlaganda yuviladi. Bu qurilmada mayin tozalash filtri mavjuddir. Yuvish moyi bir necha marta (filtrdan o'tkazib) tozalangandan so'ng, kelgusida foydalanish mumkin. Moylash tizimi 6-10 ming km masofani yurgandan so'ng (navbatdagi 2-TXK paytida), hamda mavsum almashish paytida, albatta yuviladi. 1-TXK paytida, mayin moy filtridan (almashuvchi filtrlovchi elementidan) quyqa to'kib yuboriladi. Karburatorli dvigatellarda, moy almashtirilganda, filtrlovchi elementlar ham almashtiriladi. Ma'lum muddatda (5-6 ming km dan so'ng), karterning shamollatish yo'llarini, detallarining mahkamlanishi, klapanlar va naychalarda quyqaning yo'qligi tekshiriladi va quyqalar har 10-12 ming km dan so'ng tozalanadi. Dvigatel karterining shamollatish yo'llari kirlanib, ifloslanib qolganda, bosim ortib ketadi, natijada karter salnik (qistirma) laridan moy sizib chiqa boshlaydi. Dvigatel moyini almashtirishda, karterning shamollatish tizimidagi havo filtrining korpusi kerosin bilan yuviladi, so'ngra filtr vannasiga ma'lum ko'rsatilgan sathgacha moy quyiladi.
NEKSIYA turidagi avtomobillarda matordagi moy har 10000 km da yoki 1 yilda 2 marta almashtirib turiladi. TXK davrida doimo moyning satxi nazorat etilib, agarda moyning satxi "MIN"belgidan pastda bo'lsa, u me'yoriga keltiriladi. Zavod ko'rsatmasiga muvofiq SG 5W/30, SAE 10W/30, SAE 10W/40 va SAE 15W/40 turidagi moytor moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dvigatelga moy quyishda moy tarqatish moslamasi va jihozlaridan foydalaniladi. Bunday moslamalar o'rnatilishiga qarab, qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas bo'ladi, moy berish usuliga qarab: pnevmatik va mexanik shuning-dek, uzatmasi turiga qarab, qo'lda va elektr mexanik, yuritmali va berilayotgan moyning o'lchash turiga qarab, hajmli va tezkor (skorostnoy) bo'ladi. Hozirgi paytda, elektr mexanik uzatmali, tezkor, qo'zg'almas (kolonka) dastgohdan keng foydalanib kelinmoqda.
1-TXK va 2-TXK da moylash ishlari 17 - 30% ni tashkil etib, avtomobilda motor, transmissiya, industrial, veretyon va surkov moylari, hamda ishchi suyuqliklar ishlatiladi. Moylash ishlari har bir avtomobil uchun moylash xaritalari asosida bajariladi. Suyuqlik moylarini taqsimlovchi jihozlarning ishlab chiqarish qobiliyati 10-15 l/min. ni bosimi 1,5MPa.ni, surkov moylari uchun jihozlarda bosim 10 MPa ni, ishlab chiqarish qobiliyati 200 g/min. ni tashkil etadi.
Transmissiya, boshqarish va yurish qismlari Litol-24 surkov moyi bilan (mexanizatsiya va qo'l bilan) moylanadi.
Trasmissiya moylarini almashtirishda 6 - 20 ming km.da karterga 1,5-2 l yuvish suyuqligi quyiladi va 1,5-2 min ishlatiladi va to'kib tashlanib yangisi quyiladi.
Ma'lumki dvigatyel ishlayotganda, ayniksa ish yuli takti bajarilganda, yukori xaroratga ega bulgan gazlarni ta'sirida silindrlar, silindrlar blokining golovkasi, klapanlar, porshenlar kizib ketadi. Agarda kizigan detallarni sovutilmasa ishkalanuvchi yuzalar orasidagi moy kuyib, ishkalanish xaddan tashkari oshib ketadi. Kizishdan detallar kengayadi. Ayniksa alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan porshen kengayib silindr ichida kadalib kolishi mumkin. Shu sababli dvigatyelning kizigan detallarini uzluksiz ravishda sovitib turish lozim. Lekin, dvigatyelni xaddan tashkari sovitib yuborish xam zarar. Chunki sovik dvigatyelda moy kuyuklashib, uning karshiligini yengishga sarflanadigan dvigatyelning kuvvati ortadi. Undan tashkari yonuvchi aralashma yaxshi buglanmaydi, kisman buglangani esa sovuk detallarga urilib tomchiga aylanadi va silindrlar devoridagi moyni yuvib tushiradi. Natijada, silindr-porshen guruxiga kiruvchi detallarning yeyilishi ortadi. Yonuvchi aralashmaning yaxshi buglanmaganligidan uning yonish tyezligi sustlashadi va dvigatyelning kuvvati pasayadi.
Demak dvigatyelning kizib ketishi yoki xaddan tashkari sovib kolishi uning effektiv kuvvatini kamaytirib, tyejamkorligini yomonlashtiradi. Sovitish tizimi dvigatyelning ishlashi uchun kulay bulgan issiklik rejimini kerakli xolda (85-900 S) saklab turish vazifasini bajaradi.
Avtomobil dvigatyellarida, suyuklik yoki xavo bilan sovitish tizimlari kullaniladi. Sanokli dvigatyellarda xavo bilan sovitish tizimi kullanilgan bulib, bunday tizim ayrim afzalliklarga ega, ular kuyidagilardan iborat: konstruktsiyasi nisbatan oddiy tuzilgan, tizimda suv nasosi, radiator, suv trubalari, tyermostat va boshkalar yuk; dvigatyelda suv gilofining bulmaganligi sababli u muzlab kolmaydi; suv yuk joylarda xam dvigatyelni ishlatish mumkin. Suyuklik bilan sovitish tizimi xavo bilan sovitishga nisbatan afzal xisoblanib shovkinsiz ishlaydi, sovik kunlari dvigatyelni yurgazib yuborishni tyez amalga oshiradi. Shu sababli dvigatyellarda , asosan, suyuklik bilan sovitish tizimlaridan foydalaniladi.
Bunday tizim odatda, silindr bloki va uning golovkasidagi sovitish giloflari , radiator kopkogi bilan, nasos, tyermostat, birlashtiruvchi shlanglar va patrubkalardan iborat.
Xozirgi vaktda dvigatyellarda kullaniladigan suyuklik bilan sovitish tizimi yopik tizim xisoblanadi. Chunki tizim bushligi atmosfera bilan boglik emas. Bunday tizimda,(1-rasm) suyuklik kuyiladigan radiator10 bakining bugzi, ikkita klapanga ega bulgan kopkok 9 bilan jips berkitilgan. Tizim bushligi atmosfera bilan kopkokdagi klapanlar orkali boglangan bulib unda (45-100 kPa) ortikcha bosim saklab turiladi. Ortikcha bosimni saklab turilishi suyuklikni kaynash xaroratini 110-120 S gacha kutaradi. Bu esa uz navbatida suyuklikni kam buglanib bexuda sarflanishidan saklaydi.
Dvigatyel ishlaganda radiator 10 da sovitilgan suyuklik patrubok va shlang orkali nasos 3 yordamida suv tarkatuvchi truba 2 orkali silindrlar blokining sovitish gilofiga tarkatiladi. Sungra, suyuklik tyermostat 5 klapani va yukorigi patrubok 6 orkali radiatorning yukorigi bachogiga utadi. Keyinchalik, radiatorda ventilyator 7 yordamida sovitilgan suv uning pastki bachogi 12 ga okib tushadi. Shu tarzda tizimdagi suyuklik nasos yordamida majburiy uzluksiz xarakat kiladi. Sovik dvigatyelni yurgazilganda uni tyez isitish uchun sovitish tizimida tyermostat urnatiladi. Dvigatyel endi yurgazilganda suyuklikning xarorati past bulganligi sababli tyermostat klapani yopik bulib gilofdagi suyuklik kichik doira buylab ya'ni radiatorga utmasdan nasosga kaytadi. Suyuklik, radiatorga utmasdan, kichik doira buylab aylanganligi sababli u tyez isiydi. Tizimdagi suyuklik xarorati 68-72 S ga kutarilganda, tyermostat ichidagi tyez buglanuvchi aralashmaning kengayishi xisobiga uning klapani ochila boshlaydi. Keyinchalik suyuklikning xarorati 85 S ga yetishi bilan klapan tulik ochiladi va suyuklik katta doira buylab, radiator orkali aylanadi.
Moylash tizimi ichki yonuv dvigatellarining harakatlanuvchi detallari va uzellarida ishqalanishga bo‘ladigan isroflarning kamayishini, shuningdek, detallarni ishqalanishi tufayli hamda yonish kamerasidan issiqlikning silindr devorlariga o‘tishi tufayli yuzaga keluvchi issiqlikdan himoyalanishni ta’minlaydi. Sistemadagi moydan detallarni zanglashdan saqlash va yonish kamerasini karter tomondan zich (germetik) bo‘lishini ta’minlash (bu ishni zichlovchi halqalar sirtlari bilan porshen sirti o‘rtasidagi tirqishga to‘ldirilgan moy baki bajaradi) va bu bilan karterga gaz o‘tishining oldini olish uchun foydalaniladi. Kuchaytirilgan ichki yonuv dvigatellarida yonish kamerasi hisobiga qizdirilgan detallarni (birinchi navbatda porshen) sovutish moylash sistemasining maxsus vazifalaridan biri hisoblanadi. Aralashma hosil bo‘lishini va yonishni tashkil qilishning muayyan usullarida porshenga rostlanadigan miqdorda moy uzatishdan yonish kamerasi devorining haroratini ko‘zda tutilgan darajada tutib turishi uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan mashinalar dvigatellarning deyarli barchasida kombinatsiyalashgan moylash sistemalari qo‘llaniladi. Bunday sistemalarda moylash nuqtalarining bir qismi (tirsakli valning o‘zak va shatun podshipniklari, taksimlash valining tayanchlari, klapanlari koromislolari, taqsimlash sherternyalari, moy hamda yonilg‘i nasoslarining yuritmalari) bosim ostida uzatiladigan moy bilan moylanadi. Boshqa qismi esa (silindrlar devorlari taqsimlash valining mushtchalari, turtkichlar, shtangalar va hokazo) harakatlanuvchi uzellarning tirqishlaridan chiqayotgan moyning sachratilishi bilan, shuningdek karter bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan moy tumani bilan moylanadi. Ish rejimi tez, jadallashtirilgan ichki yonuv dvigatellarida porshen barmoqlari, trubokompressorlar va odatda moy sachratish usulida moylanadigan ko‘pgina boshqa detallar ham bosim ostida moylanadi. Qizigan ichki yonuv dvigatelining moylash sistemasidagi bosim nominal rejimda 0,25...0,50 MPa ni (salt ishlash rejimida 0,07...0,1 MPa ni) tashkil etadi va sirkulyatsion nasos yordamida hosil qilinadi. U ko‘pgina dvigatellarda moyning zarur miqdori karter paddonida (ho‘l karterli sistema) saqlanadi. O‘nqir-cho‘nqir notekis joylarda yoki tog‘ sharoitida ishlashga mo‘ljallangan mashinalarda quruq karterli moylash moylash sistemasi qo‘llaniladi. Bunday sitstemada moyning asosiy qismi maxsus idishda saqlanadi. Mazkur sistema qo‘llanilgan dvigatelni karter paddonida moy rezervuari yo‘qligi sababli birmuncha pastga tushirish mumkin bo‘ladi. Bunday sistema bug‘lanish va sachratish tufayli bo‘ladigan moy isrofi kam bo‘lishini ta’minlaydi, shuningdek havo ishtirokida issiq yuzalarga tegishi tufayli moyning eskirishini kamaytiradi. Ammo uning konstruksiyasi murakkabroq va narxi qimmatroqdir. Moy filtrlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular moyni metall zarrachalar, qurum, smola va changlardan tozalaydi. Moy yetarli darajada tozalanmasa, dvigatelning ishqalanuvchi detallari tez yeyiladi. Moylash sistemasining tuzilishi va ishlashini murakkabroq o‘rganib tahlil qilish uchun quyida uning sxemasini keltiramiz (1.3-rasm). Moylash sistemasi quyidagi tartibda ishlaydi: moy paddoni 1 dan dastlab tozalash filtri o‘rnatilgan qabul qilgich orqali nasos 2 vositasida to‘liq oqimli dag‘al tozalash filtriga va keyin magistral 7 orqali bosim bilan moylanadigan uzellarga uzatiladi. Tirqishlardan sizib chiqqan qizigan moy boshqa detallarga sachraydi hamda karter va boshqa bo‘shliqlarda moy tumanini hosil qiladi. Ayni paytda moyning 10-15% qismi mayin filtri 5 ga keladi, undan chiqqandan keyin esa karterga tushadi. Sistemada asosiy oqimga parallel qilinib ulangan moy sovutgich 6 bo‘lib, u moyni haroratini pasaytirishga mo‘ljallangan, ish rejimi jadal kechadigan, ayniqsa porshenlarni sovitish uchun moydan foydalaniladigan dvigatellarda qo‘llaniladi. Bunday moylash sistemasidan o‘tuvchi issiqlik miqdori 1,5 barobar va bundan ham ortiq ko‘payishi mumkin. Ish rejimi o‘rtacha bo‘lgan dvigatellarda karterdagi moy uni havo oqimi bilan shamollatish orqali sovitiladi, issiqlik almashinuvini jadallashtirish uchun karter devorlariga ba’zan qobirg‘alar qilinadi. Mashinalar qiya joylarda harakatlanganda va harakat rejimi keskin o‘zgarib turganda karterni moy qabul qilgichiga havo kirib qolib, sistemadagi bosim pasayishi va moylash rejimi buzilishi mumkin. Quruq karterli sistemaning moy nasosida haydash bo‘linmasi va so‘rish bo‘linmasi 9 ba’zan ikkita bo‘ladi. Bu bo‘linmalar qabul qilish bo‘shliqlari 10 dan moyni olib, sovigandan so‘ng uni idish 8 ga yo‘naltiradi. Hozirgi vaqtda dketma-ket ulangan mayin tozalash filtridan foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Ammo buning uchun ularning o‘tkazish qobiliyatini ko‘p marta oshirish talab etiladi. Moyning to‘liq bunday oqimli tarzda tozalanishi detallar yeyilishini ancha marta kamaytirishni va dvigatelni motoresursi oshishini ta’minlaydi. Moylash sistemasida moyni sifatini tozalab mashinaning moylanadigan qismi va detallarga yotqizish eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu muammoning yechimini topish biz mutaxassislarning asosiy kasbiy vazifalardan biridir. Moylash sistemasi ish jarayonini yaxshilash natijasida bir qangcha zaruriy vazifalarni yechimini topamiz, ya’ni avtomobillarning chidamli, uzoq muddat nuqsonsiz ishlashi ta’minlanadi va natijada ekspluatatsion ko‘rsatgichlari yaxshilanadi, hamda iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 1.3. Ichki yonuv dvigatellarining moylanish shart-sharoitlari Ishqalanuvchi yuzalarga uzatiladigan moyning asosiy vazifasi ishqalanishdagi isroflarni va detallarni yeyilishini kamaytirishdan iborat. Mavjud ichki yonuv dvigatellarida sirpanishdagi ishqalanish ko‘proq uchraganligi sababli faqat ana shu ishqalanishga ko‘proq to‘xtalamiz. Sirpanishdagi ishqalanish quruqlayin, suyuqlikli va chegaraviy bo‘lishi mumkin. Quruqlayin ishqalanishda ikki detalning qattiq sirtlari bir-biriga tegib turadi va ularning o‘zaro harakatlanishida ikkala detalning sirtidagi mikronotekisliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’sirlashadi, natijada ular elastik yoki plastik deformatsiyalashadi, chiqiq moylar qirqilib, yeyilish mahsullari paydo bo‘ladi. Sirpanishning bunday o‘zaro ta’sirlashuvi issiqlik ajralib chiqishi va harakatni ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada ishqalanishni yengishga sarflanadigan ish ortadi, materiallarning texnologik jihatdan hosil qilingan qattiqligi, mustahkamligi va boshqa mexanik xossalari buziladi. Sirtqi qatlamlarning strukturasi o‘zgaradi. Yeyilish va issiqlik ta’siridan kengayishi oqibatida detallarning geometrik o‘lchamlari o‘zgaradi. Yopiq tutashmalarda ko‘zda tutilgan o‘rnatishlar buziladi. O‘rnatishlarning buzilishi bu detallarning bir-biriga nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi buzilishi va ularning qadalib qolishiga, shuningdek uzellarning butunlay ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ichki yonuv dvigatellarida quruqlayin ishqalanish bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Suyuqlikli ishqalanishda detallarning yeyilishi va energiya isrofi kamayadi. Shu nuqtai nazardan eng maqbul va eng foydali ishqalanish suyuqlikli ishqalanish hisoblanadi. Bunday ishqalanishda moy qatlami ishqalanuvchi qattiq sirtlarni bir-biridan batamom ajratib turadi. Bu holda ishqalanishga bo‘ladigan isroflar asosan moyning qovushqoqligi bilan belgilanadi. Ishqalanuvchi sirtlar orasiga moy qatlamini kiritish ularning bir-biriga nisbatan harakatlanishdagi o‘zaro ta’sirlashuv tarzini tamomila o‘zgartiradi. Suyuqlikli ishqalanish tirsakli valning shatun va o‘zak podshipniklarida yuzaga keladi. Chegaraviy ishqalanishda ham ishqalanuvchi sirtlar orasida moy qatlami bo‘ladi, ammo bunda qattiq yuzalar bevosita bir-biriga tegadi va buning oqibatida ular yeyiladi. Ichki yonuv dvigatellarining ko‘pgina detallari ana shunday sharoitda ishlaydi. Bunda uzatiladigan moy miqdoriga, detallarning tezlik va yuklanish rejimlariga detallar harorati va boshqa omillarga bog‘liq ravishda uzellarning ishlash tarzi suyuqlikli ishqalanishdan ko‘p yoki kam darajada farq qiladi. Bunday hollarda oraliq ta’sirlar yarim suyuqlikli, yarim quruqlikli ishqalanish atamalari qo‘llaniladi. Ma’lumki, mumkin qadar suyuqlikli ishqalanish bo‘lishini ta’minlashga harakat qilinadi, ammo ta’sir etuvchi omillarning ko‘pligi hamda detallar, uzellar va umuman ichki yonuv dvigatellari ishining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli bunga hamma vaqt ham erishib bo‘lmaydi. Sistemadagi moy harakatining haddan tashqari ko‘tarilishi, podshipnikbop antifriksion materiallarni chidamliligiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Biroq moy harakatining ko‘tarilishi qovushqoq ishqalanishdagi isroflarni, binobarin, solishtirma yonilg‘i sarfini kamaytiradi. Demak, moyning mumkin qadar yuqori bo‘lishi, ammo podshipniklarning ishonchli moylanishi va ishlash qobiliyati nuqtai-nazardan ruxsat etilgan chekli qiymatdan oshib ketmasligi kerak. Moyning eng yuqori haroratini bir xil darajada tutib turish uchun katta yuklanish bilan ishglaydigan ichki yonuv dvigatellarining moylash sistemasida sovitgichlar qo‘yiladi. Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan barcha mashina dvigatellari turli iqlim sharoitlarida va atrof-muhitning har xil haroratlarida, yuklanish va aylanish chastotasi keng doirada o‘zgarib turadigan sharoitlarda ishlaydi. Bu sharoitlarning hammasi moyning qovushqoqligi hamda podshipniklardagi va moylanadigan boshqa uzellardagi moy qatlamining ko‘tarilib turish qobiliyati anchagina o‘zgarishlarga olib keladi. Shuning uchun mashina detal va uzellari ishonchli moylanishini ta’minlash uchun ish sharoitiga moslab qovushqoqligi yaxshi bo‘lgan moyni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ish sharoiti yoki ish rejimi o‘zgarganda qovushqoqligi kam o‘zgaradigan, qovushqoqlik temperatura xarakteristikalari yaxshilangan moylarni qo‘llash yo‘li bilan moyning qovushqoqlik xossalari, ichki yonuv dvigatellaridan foydalanish talablarini birmuncha yaxshilashga erishiladi. Ichki yonuv dvigatellarining yuklanishi va aylanish chastotasi o‘zgarganda ham moyning qovushqoqligi kam o‘zgarishi kerak.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə