Avtomobillar tuxtash joylari va garajlar



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#138247
  1   2   3


Avtomobillar tuxtash joylari va garajlar. 
Tarixan 
shakllangan 
shaharlarda, 
hattoki 
bugungi 
zamonaviy 
shaharlarimizda avtomobillarni saqlash joylari muammosi to’lig’icha yechilmagan. 
Buni Toshkent shahri misolida ham ko’zatish mumkin.
So’nggi 10-15 yil ichida transport vositalari (ayniqsa shaxsiy avtomobillar 
soni)ning keskin darajada oshib ketishi, shaharning barcha tarkibiy qismlarida, 
bozorlar, savdo markazlari va rastalari, madaniy-maishiy obhektlari va boshqa 
ko’pgina joylarda tirbandlikni vujudga keltiribgina qolmay, alohidagi maxsus 
maydonlarning yetishmasligi tufayli ko’cha qatnov qismining chetki polosalari 
tuxtab turish joylariga aylanib qolmoqda. Natijada bu narsa ushbu ko’chaning 
o’tkazish qobiliyatiga salbiy tahsir ko’rsatib, yo’l-transport hodisalarini ortishiga 
olib kelmoqda.
Transport vositalarini tuxtab turish va saqlash, ularga texnik xizmat 
ko’rsatish joylarini avtomobil taraqqiyotining yaqin kelajakdagi o’sish suratini 
ko’zda tutgan holda, shahar xududi maydonlarini tejash, texnik-iqtisodiy, 
mehmoriy-kompozitsion va sanitar-gigienik samaradorligini maksimallashtirishga 
intilgan holda loyihalanadi.
Mikrorayonlarda avtomobillarni saqlash uchun tuxtab turish joylari va 
garajlar bolalar uyingohlaridan, maktab, bolalar bog’chalaridan o’zoqroq 
joylashtiriladi.
SHahzarsozlik mehyoriy hujjatlarida shaharning har mingta aholisiga 
hisobiy davrda 180 ta avtomobil, istiqbolda esa 250 ta avtomobil hisob- kitob 
qilinadi. Turarjoylarda avtomobillarni saqlash mehyorlari bo’yicha 75% avtomobil 
yopiq turdagi garajlarda, qolgan 25 % avtomobil esa ochiq turdagi avtomobillarni 
saqlash joylarida rejalashtiriladi. Aholi, o’z shaxsiy avtomobili saqlanadigan 
garajalargacha uzog’i bilan 8-10 daqiqada borishi lozim, yahni piyodalar yo’li 
avtomobiligacha 800 m ni tashkil etadi (I-IV zonalar uchun bu masofa maksimal 
hisblanadi).
Turarjoy binolaridan ochiq avtomobillar saqlash joyigacha esa 200m dan 
oshmasligi kerak. Bu talab shimoliy rayonlarda 150 m gacha belgilanadi. 
Mehyoriy xizmat radiusini saqlagan holda garaj va ochiq avtomobillar saqlash 
joylari sanoat zonalari bilan sanitar-himoya zonalarida, temir yo’llarga ajratilgan 
hududlarda, relhefi keskin bo’lgan qurilish uchun noqulay maydonlarda 
joylashtirilishi mumkin.
Ko’p qavatli turarjoy tumanlarida ochiq avtomobillar saqlash joylari kamida 
25-100 avtomobilga mo’ljallash taklif etiladi. Bunday maydonlarda quyosh 
nuridan saqlash uchun soyabonlar, atroflariga himoya uchun ko’kalamzorlar 
rejalashtiriladi. 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə