Mavzu: Arion-630 traktori ta



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#138705
  1   2   3   4   5
Arion-630 traktori ta’minlash va yurgizib yuborish




Mavzu: Arion-630 traktori taminlash va yurgizib yuborish
tizimlari ish jarayoni loyihasini ishlab chiqish
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Arion-630 traktori kelib chiqish tarixi
2.2. Arion-630 traktori taminlash va yurgizib yuborish
tizimlar
2.3. Arion-630 traktorini sovutish tizimlari ish jaroyoni loyihasini ishlab chiqish
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Traktor o‘ziga tirkalgan mashina va qurollarni tashish, harakatga keltirish va tirkamalarni shatakka olish uchun mo‘ljallangan o‘ziyurar mashina hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi uchun sanoat va qishloq xo‘jalik traktorlari ishlab chiqariladi. Qishloq xo‘jalik traktorlari g‘ildirakli va zanjirli bo‘lib ilmoqdagi tortish kuchining miqdoriga qarab sakkizta sinfga bo‘linadi va ular quyidagicha: 6, 9, 14, 20, 30, 40, 50, 60 kN. Traktorlar vazifasiga ko‘ra umumiy ishlarga mo‘ljallangan universal-chopiq va maxsus traktorlarga bo‘linadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologik jarayonlarida asosiy energiya manbai sifatida ilmoqdagi tortish kuchi 6 dan 50 kN gacha bo‘lgan g‘ildirakli va zanjirli traktorlardan keng foydalanilmoqda. Mamlakatimizning iqlim va tuproq sharoiti har xilligi, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari traktorlarga ma’lum bir talablarni qo‘yadi. Jumladan turli xil sharoitlarda (qurg‘oqchil, cho‘l-dashtlarda, juda sernam va qattiq sovuq xududlarda, qir-adirlarda, tog‘ etaklari va past-balandli yerlarda, o‘ta issiq va changli) ishlatiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, traktorlardan samarali foydalanish usullarini tanlab olishda barcha sharoitlarni hisobga olish lozim bo‘ladi. Traktorlarni tanlashda undan foydalanish sharoiti (yerning relefi, maydonning shakli va o‘lchami, tuproqning solishtirma qarshiligi va boshqalar) ga qo‘yiladigan agrotexnikaviy talablar asosiy mezon hisoblanadi. Katta maydonlarga ishlov berishda va og‘ir ishlarni bajarishda (yer haydash, tekislash, chuqur yumshatish va boshqalar) umumiy ishlarga mo‘ljallangan g‘ildirakli va zanjirli traktorlar ishlatiladi Hozirgi kunda ko‘pgina mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jalik korxonalari va fermer xo‘jaliklari AQShning “Magnum”, VU-300, VU-304, TL 50/60, TL 100, TS 50/60 traktorlari, Germaniyadagi “SLASS” firmasining ARION 630 S, ARION 640, ARION 620, “UZ SLASS Agro” MCHJ qo‘shma korxonada yig‘ilayotgan Axos 340, ARION 630 S Toshkent traktor zavodi (TTZ) OTAJ zavodida ishlab chiqarilayotgan TTZ 60.II, TTZ 80.II, TTZ-100K, Volgagrad traktor zavodining VT-150, VT-150K, Minsk traktor zavodining Belarus 80X, Belarus 82.2 haydov traktorlari bilan butlanmoqda. Bu traktorlarning texnikaviy tavsiflari jahon andozalariga to‘la mos keladi, dvigatellari baquvvat, tezligi gidravlik uzatmalar orqali ravon o‘zgaradi. Bunday baquvvat traktorlarning texnikaviy imkoniyatlaridan to‘la foydalanish va ularni samarali ishlatish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun biz bitiruv-malakaviy ishimizda MTZ-80X traktorining moylash tizimi moy tozalash filtri konstruksiyasini takomillashtirib moyni tozalash sifatini yaxshilash va traktorning ish samaradorligini maqsad qilib oldik va shu borada ish olib bordik. Quyida moy filtri konstruksiyasi takomillashgan traktorning texnik tavsifini keltiramiz.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə