Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim tarbiya ishlarini rejalashtirish



Yüklə 42,21 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü42,21 Kb.
#140127
  1   2   3   4   5   6   7
1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim - tarbiya ishlarini rejalashtirish.


Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish


Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………..
1 bob. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirishning nazariy metodologik asoslari

    1. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishning umumiy asoslari. ………..

    2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish..............................
      2 bob. “ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH usullari.

2.1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining mazmuni ………………………………
2.2 Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni ………………………………..
Xulosa……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning ―2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoуev rahbarligida 2017-yil 16-avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar qo’yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentyabrdagi ―Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentyabrdagi ―Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PF-5198-sonli Farmoni hamda ―O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi – faoliyatini tashkil etish to’g’risida‖gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi. Chunki, shaxs kamolotining asosiy mezoni sanalgan ma’naviyat bolalarni uzluksiz ta’lim jarayonida ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.Ta’lim tizimi rivojlanishining zamonaviy davri – maktabgacha birinchi bosqichida quyidagilarda namoyon bo’luvchi o’zgarishlar yuz bermoqda: maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining huquqiy-me’yoriy asosi takomillashib bormoqda; muassasalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining yangi shakllariga o’tmoqda; nodavlat tashkilotlar tarmoqlari kengaymoqda; ta’limning ilg’or texnologiyalari tatbiq etilmoqda; kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda; maktabgacha ta’lim muassasalarining alternativ shakllari tatbiq etilmoqda. Moliya institutlari ishtirokida investision loyihalar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarining innovasion va eksperimental faoliyati kengaymoqda. Yunesko qarori bilan 1997 yilda ―maktabgacha ta’lim‖ termini kiritilgan. Bu esa maktabgacha ta’limning nazariy asosini qaytadan ko’rib chiqish zarurligini belgilaydi. Shunga ko’ra, mazkur maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi 2017 yilgacha bo’lgan vazifalar, strategiyasi, maqsadi, tamoyillari, rivojlanish vazifalarini aniqlaydi. Konsepsiyada davlatimizda, chet elda maktabgacha ta’lim rivojlanishining zamonaviy g’oyalari aks ettirilib, shuningdek, psixolog-olimlar, pedagoglar, defektologlar, ota-onalar jamoatchiligi fikrlari inobatga olingan. Konsepsiyaning huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasining quyidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, ―Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi‖ Qonuni, va ta’lim sohasidagi boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlaridir. Davlat bo’lajak fuqaro shaxsi shakllanishida bola ilk rivojlanishini muhim ahamiyatini his qilgan holda uzluksiz ta’lim tizimining birinchi davrida bolalarni tayyorlash uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishga kuch-qudrat sarflamoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang - barangdir. Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni muvafaqqiyatli amalga oshirilishi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga bog’liqdir. Tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishida M. Montessori, IMEN kabi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy interfaol usullardan foydalanishi samarali natija beradi. Pedagogik texnologiyalar bilan sug’orilgan mashg’ulotlarda bolalar o’zlarini erkin his qiladilar, barcha topshiriqlarni bajonudil bajaradilar. Bolalar egallashlari kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni tez va zo’riqishsiz, oson egallaydilar, o’ynab zavq oladilar, tafakkurlari rivojlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish ma’lum maqsadga qaratilgan jarayon bo’lib, uning vazifasi, mazmuni va metodi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyotini va ularning o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda tarbiyalashdir. Umuman olganda maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya ish-larini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni,' ta’lim-tarbiya dasturini, ta’lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.

Yüklə 42,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə