Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim tarbiya ishlarini rejalashtirish


БОБ. “ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH усуллари



Yüklə 42,21 Kb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü42,21 Kb.
#140127
1   2   3   4   5   6   7
1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim - tarbiya ishlarini rejalashtirish.

2БОБ. “ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH усуллари.
2.1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining mazmuni


Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:  davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;  maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;  maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan “Mehribonlik” bolalar uylari;  maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari. Davlat o‘quv dasturi VII bobdan iborat bo‘lib, 1 bobda MTT davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan otaonalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi. 64 Davlat o‘quv dasturida MTTning quyidagi maqsad va vazifalari belgilab berilgan:  bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;  maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. Davlat dasturida MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:  bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;  ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;  bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;  bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;  o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;  bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;  bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;  milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Ota-onalar bilan hamkorlik. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: – ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; – ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; – ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; – ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. III bob maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta’lim sohasini o‘z ichiga oladi: – “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari; – “ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari; – “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari; – “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari; – “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar 66 bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quvtarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari. Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: –jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; –ijtimoiy-hissiy rivojlanish; –muloqot, o‘qish va yozish malakalari; –bilish jarayonining rivojlanishi; –ijodiy rivojlanish. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasidagi o‘quvtarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: –nutqni eshitadi va tushunadi; –o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilmaxil gap konstruksiyalaridan foydalanadi; –ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi; –ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi; –badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; –so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi; –turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi; –yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari. Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi: 1. Maqsadli – bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim; 2. Mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim; 3. Tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim. “Ilk qadam” dastur nomining falsafiy mazmuni – bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go‘zallik, yaxshilik, 70 samimiylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari. Dasturning mazmuni ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor me’yorlari, san’atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qilish kabilardan tashkil topgan.



Yüklə 42,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə