Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim tarbiya ishlarini rejalashtirish


 Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish



Yüklə 42,21 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü42,21 Kb.
#140127
1   2   3   4   5   6   7
1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim - tarbiya ishlarini rejalashtirish.

1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish.

Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining 


muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta'lim-
tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u 
inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga 
tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini 
bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - 
«Maktabgacha ta'lim muassassi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, 
bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari 
va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy 
fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni 
taqozo etadi.
Reja (arbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisdu taqsimlab, пи'lum izchillik bilan amalga 
oshirishga yordam beradi. Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish
metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi 
rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. SHu bilan birga reja qotib 
qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish mumkin.
SHuning uchun MTMda bir-birini to’ldiradigan bir necha xil reja tuziladi: MTMning yillik rejasi, Lstiqbol rejasi va 
tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida 
amalga oshiriladigan barcha ishlarni o’z ichiga oladi. lstiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo’lib, undan ko’zlangan asosiy 
maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maksadga qaratilgan va samarali 
bo’lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda ta'lim- tarbiya dasturi»ning hamma bo’limllari o’z aksini topadi. lstiqbol rejasida 
dasturning hamma bo’limlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ta'lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining 
hamma turlarida anik mavzular buyicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda 
dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga 
olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar 
to’g’risida umumlashgan
bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o’stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va 
malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va pyxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning maiaka va ko’nikmalarni 
egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko’rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo’ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog’i zarur. Tarbiyachi 
o’zi ishlayotgan gurux, shuningdek o’zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. 
Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’limida bolalarni hayvonlar, o’simliklar va 
shunga o’xshashlar tug’risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O’rta guruxda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa- buyumlarga, voqea-xodisalarga nisbatan 
qiziqishini o’stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar xosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa 
va buyumlar, voqea-hodisaiar o'rlasidagi o'zaro bog’liqlikni topa bilishga o’rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va 
tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea- hodisalar tug’risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy 
sabablar bilan bog’lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi 
bilishning o’zi etarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo’llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, 
malaka va ko’nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo’llanma, pedagoglar kengashi, 
metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani guruhda 
ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti-vaqti bilan bolalarning ishlarini 
tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki xaftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta'lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o’yin, mehnat, maishiy faoliyat va 
mashg’ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar 
rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi.
Bolalarning o’yini ham. mehnat mashg’uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o’rin 
olishi lozim.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo’lib shakllanishi qay darajada 
borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish.
Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1.Bolalarning og’zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a)kitoblar, o’yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o’tkazgani, uning oila a'zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-
ukasi va shunga o’xshashlar to’g’risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o’tkazish
b)albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko’rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o’yinlar;
d) tovushlarni to’g’rilash bo’yicha yakka tartibda shug’ullanish.
2.Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo’yicha didaktik o’yinlarni rejalashtirish (kichik va 
o’rta guruhlarda).
3.Bolalar xoxlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug’ullanishlari uchun plastilin, buyoqlar, qalamlar, 
bo’yashlari uchun rasmli kitobchalar va o’zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4.Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o’yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish- tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy 
kiyimdagi qo’g’irchoklar beriladi.
5.Bolalarni madaniy-gigienik malakalarga o’rgatish bo’yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina 
guruhda dastro’molchadan foydalanishga o’rgatish bo’yicha didaktik o’yin o’tkaziladi.,
6.Koptokii dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi 
ishlar rejalashtiriladi. 7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8.Bolalarning o’yin faoliyatlari rejalashtiriladi:
a)qurilish
o’yinlari rol, syujet
bilan bog’lik
qurilish
o’yinlari rejalashtiriladi;
b)syujetli-rolli o’yinlar, turmushni aks
ettiruvchi va boshqa shunga o’xshash o’yinlar rejalashtiriladi;
v) stol usti bosma didaktik o’yinlari. so’zli buyumlar bilan o’ynaladigan didaktik o’yinlar. ermak o’yinlar, xorovod o’yinlar, 
xalq didaktik o’yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni 
o’stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o’yinlari ham rejalashtiriladi.
9.Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a)tabiatdagi mehnat ко’chat o’tkazish, suv sepish, o’simlik va havvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;
b)xo’jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig’ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-elimlash, o’simliklar bargini 
artish);
v) qo’l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, samonchalar, lattalar yog’och va kartondan har xil buyumlar yasash) har 
bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o’tkazilishi dasturda ko’rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki 
soatlarni rejalashtirishda shu kungi o’tkaziladigan mashg’ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg’ulotda biror narsa o’qib berish 
rejalashtirilgan bo’lsa, ertalabki soatda rasm ko’rish. onasi to’g’risida so’zlab berish, o’qish rejalashtirilmaydi, shu kuni 
ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi.
Tarbiyachi har xil mashg’ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlar ularning olgan bilimlarini, 
orttirgan tajribalarini
mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg’ulotlar, kompleks mashg’ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) 
mashg’ulotlari bo’ladi. Tarbiyachi o’zining kalendar rejasiga mashg’ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo’yadi. 
Dastur mazmuniga mashg’ulotning ta'lim- 
tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar xajmi 
ham voziladi.
Mashg’ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma'lum xajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina 
qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. 
Bolalarga beriiadigan bilim, malaka va koTiikmalaining hajmi mashg’ulotdan- mashg’ulotga kengaytirib, murakkablashtirib 
boriladi.
Masalan, tarbiyachi birinchi mashg’ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini 
aytishga o’rganadi. Keyingi mashg’ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar 
hosil bo’ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg’ulotda bolalar uy 
hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o’z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi 
to’g’risida gap boradi.
Dastur materialini o’rganish mashg’ulotdan-mashg’ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, 
malaka va ko’nikmalarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, 
shart-sharoitga bog’liq bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususivati asosan ko’rgazmali metoddan kuzatish namoyish 
qilish metodi xikoya, suxbat tushuntirish; amaliy metod mashq o’yindan foydalanishni takrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo’l bo’lib, usullar yig’indisidan tashkil topadi. Hamma 
usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin: ko’rgazmali (ko’rsatish), og’zaki (savol. solishtirish, she'r aytish, 
topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o’yin, vaziyat usullari va boshqalar)

Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, 


tuzatish). Ko’p xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg’ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va 
ko’nikmalarni bolalar yaxshi o’zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko’tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o’zining kalendar rejasida mashg’ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga lining 
mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo’yish zarur. Agar tarbiyachi mashg’ulotda 
topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo’Isa, uning mazmunini yozib qo’ygan ma'qul.
Solishtirishga o’rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham 
yoziladi.
Tarbiyachining mashg’ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir metod va usullarini ko’rib chiqamiz.
Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko’rgazmali-obrazli bo’lishini 
e'tiborga oladi va
asosan mashg’ulotda ko’rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida 
kuzatilayotgan ob'ektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday 
ahamiyat kasb etadi. Ko’p mashg’ulotlarda, ayniqsa-nutqni o’stirish
mashg’ulotida tarbiyachining hikoyasidan 
foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo’lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea- hodisalarni tarbiyachi 
xis-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog’lash imkonini yaratadi, 
shuningdek, yangi bilimlarni o’zlashtirib olishlarini engillashtiradi. Tarbiyachi mashg’ulotlarda foydalanadigan so’zli 
metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. savollarni bolalarning
bilish
jarayonlari:
sezgi,
idrok, 
tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo’r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan 
bo’lishi zarur.
Mashg’ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini 
engillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo’lishiga yordam beradi.
Mashg’ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaxo aqliy xazinasi bo’lib, u buyumlarni yaxshiroq 
o’rganish va tushunishga yordam beradi.
Kichik guruxlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko’p bo’lmaydi.
Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o’zining kalendar rejasida yozib qo’yadi.



Yüklə 42,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə