Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim tarbiya ishlarini rejalashtirish


Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni



Yüklə 42,21 Kb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü42,21 Kb.
#140127
1   2   3   4   5   6   7
1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim - tarbiya ishlarini rejalashtirish.

2.2 Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni
Tarbiyachi o’zining kalendar rejasiga mashg’ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo’yadi. Dastur mazmuniga mashg’ulotning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar xajmi ham voziladi.
Mashg’ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma'lum xajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. Bolalarga beriiadigan bilim, malaka va koTiikmalaining hajmi mashg’ulotdan- mashg’ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg’ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o’rganadi. Keyingi mashg’ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo’ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg’ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o’z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to’g’risida gap boradi.
Dastur materialini o’rganish mashg’ulotdan-mashg’ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko’nikmalarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bog’liq bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususivati asosan ko’rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi xikoya, suxbat tushuntirish; amaliy metod mashq o’yindan foydalanishni takrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo’l bo’lib, usullar yig’indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin: ko’rgazmali (ko’rsatish), og’zaki (savol. solishtirish, she'r aytish, topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o’yin, vaziyat usullari va boshqalar).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko’p xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg’ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni bolalar yaxshi o’zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko’tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o’zining kalendar rejasida mashg’ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga lining mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo’yish zarur. Agar tarbiyachi mashg’ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo’Isa, uning mazmunini yozib qo’ygan ma'qul. Solishtirishga o’rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg’ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir metod va usullarini ko’rib chiqamiz.
Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko’rgazmali-obrazli bo’lishini e'tiborga oladi va asosan mashg’ulotda ko’rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan ob'ektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko’p mashg’ulotlarda, ayniqsa-nutqni o’stirish mashg’ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo’lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea- hodisalarni tarbiyachi xis-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog’lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o’zlashtirib olishlarini engillashtiradi. Tarbiyachi mashg’ulotlarda foydalanadigan so’zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo’r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo’lishi zarur.
Mashg’ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini engillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo’lishiga yordam beradi.
Mashg’ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaxo aqliy xazinasi bo’lib, u buyumlarni yaxshiroq o’rganish va tushunishga yordam beradi.
Kichik guruxlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko’p bo’lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o’zining kalendar rejasida yozib qo’yadi.

XULOSA
Psixolog J.Piaje o‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin, bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tafakkur va aql zakovat o‘sishini ko‘tish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi. Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko‘rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o‘z ifodasini topadi. Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda xam zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning hissiy-tuyg‘ularini qo‘zg‘atuvchilar bilan uzviy bog‘liq xolda namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug‘iladi. Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko’rgazmali-obrazli bo’lishini e'tiborga oladi va asosan mashg’ulotda ko’rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan ob'ektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko’p mashg’ulotlarda, ayniqsa-nutqni o’stirish mashg’ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo’lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea- hodisalarni tarbiyachi xis-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, 
bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari 
va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy 
fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni 
taqozo etadi.
Reja (arbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisdu taqsimlab, пи'lum izchillik bilan amalga 
oshirishga yordam beradi. Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish
metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi 
rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim.


Yüklə 42,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə