Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim tarbiya ishlarini rejalashtirish



Yüklə 42,21 Kb.
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü42,21 Kb.
#140127
1   2   3   4   5   6   7
1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim - tarbiya ishlarini rejalashtirish.

Кurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga tayyorlangan tarzda shakllantirish.
Кurs ishining vazifalari: Maktabgacha ta’limning vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash; bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash; bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish,bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlashdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Кириш 2 боб 4 фасл хулоса ва фойдаланилган адабиётлар.

1Боб. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirishнинг назарий методологик асослари.
1.1.Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishнинг umumiy asoslari
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Ta`lim-tarbiyaviy ish rejasi
Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta`lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta`lim-tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o’ylab olish, maqsadni aniqroq ko’rish imkonini beradi. Reja bo’lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo’llanmalardan foydalanishni biladi.Ta`lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida avvalo haftalik mashg’ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o’n besh kunga mo’ljallangan badantarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Kundalik faoliyatda ertalabki soat, mashg’ulot, sayr, kunning 2-yarmida belgilangan vazifalar to’liq yoritiladi.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Bolaga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e’tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e’tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilarning johil bo‘lishi, haqiqatni bila olmasliklarini ta’kidlaydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og‘irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabgacha ta’lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni “Ta’lim to‘g‘risida”gi talablar asosida tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi maktabgacha ta’limga bag‘ishlanadi. Maktabgacha ta’lim shaxsni sog‘lom va qilib tarbiyalab, maktab ta’limiga tayyorlaydi. Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida olib boriladi. 2022-yilda takomillashtirilgan davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablarida bolalarning tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lganlari beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga ajratilgan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan iborat. Bunda quyidagi yo‘nalishlar asos qilib olindi: – jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; – ijtimoiy-hissiy rivojlanish; – nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; – bilish jarayonining rivojlanishi; – ijodiy rivojlanish. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining o‘quv Davlat dasturi 2018-yil yaratildi va 2022-yilda qayta takomillashtirildi. Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv tarbiyaviy faoliyatining asosiy 8 g‘oyalari ifodalangan. Bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining maqsadi maktabgacha ta’lim-tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar, tamoyillar, mazmuni, tarbiya turlari va tarbiyachi shaxsini shakllantirishning pedagogik asoslarini o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifalari: pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish haqidagi bilimlarga ega bo‘lish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash, maktabgacha ta’lim-tarbiyaning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topish, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi. Maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga tayyorlangan tarzda shakllantirish. Maktabgacha ta’limning vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash; bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash; bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish,bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: – har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi; – har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi; – maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi; – maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi; – bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv; – maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi; – ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi; – ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi; maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil etiladi: – umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti; – ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; – inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti; – qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi. Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Yüklə 42,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə