Laboratoriy ishlari



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə17/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Laboratoriy ishlari uzb

6 – tajriba. Gidroliz jarayonida muxitni o’zgarishi
Reaktivlar: NaCI, Na2CO3 , AlCl3, CuCl2 ( yoki CuSO4 ) va Na3PO4 eritmalari, lakmus eritmasi, qizil (yoki ko’k) lakmus qog’ozlari.
Ish tartibi. Oltita probirka 1-2 ml dan: birinchisiga distillangan suv, ikkinchisiga NaCI eritmasi, uchinchisiga Na2CO3 (yoki CH3COONa ) eritmasi va oltinchisiga Na3PO4 eritmasidan soling. Har qaysi probirkaga lakmusning neytral eritmasidan bir necha tomchi qo’shing yoki bir bo’lak qizil (yoki ko’k ) laqmus qog’ozlarini xo’llang. Probirkalardagi ranglarni distirllangan suvga tushuring lakmus rangiga solishtiring. Kuzatilgan natijalarni quyidagi jadvalga yozing.



Tartib №

Tuzing fo’rmulasi

Laqmusning rangi

Reaksia muxiti

Eritma pH Eritma pH

pH > 7

pH = 7

pH < 7

1



















2



















3



















4



















5



















6



















Topshiriqlar:

  1. Qaysi probirkadagi tuzlarning gidrolizga uchrashini aniqlang.

  2. Gidrolizga uchragan tuzlarning gidroliz tenglamalarini molekulyar va ionli xolda yozing, hamda qaysi tipdagi gidroliz sodir bo’lishini ko’rsating.

7- tajriba. Qaytmas gidroliz.
Reaktivlar: Na2CO3, (NH4)2S va Al2(SO4)3 eritmalari.
Ish tartibi. Ikkita probirkaning biriga 2-3 ml Na2CO3 eritmasi solib, ikkinchisiga esa shuncha (NH4)2S eritmasidan soling. Har biriga 2-3 ml Al2(SO4)3 eritmasidan tomchilatib qo’shing va chayqatib aralashtiring. Hosil bo’lgan cho’kma va ajralib chiqayotgan gazlarga e’tibor bering.
Topshiriqlar:
1. Hosil bo’lgan cho’kmalar karbonatli yoki sulfidli cho’kmalar emasligini isbotlang.
2. Tuzlarning gidrolizini molekulyar, ionli tenglamalarni yozing va reaksiya muhiti pH to’g’risida xulosa chiqaring.
8 -tajriba. Gidrolizga temperaturaning ta’siri
Reaktivlar: 0,5 n CH3COONa va 0,5n FeCI3 eritmalari, fenolftalein (1%) eritmasi.
Ish tartibi. a) Probirkaga 2-3 ml 0,5n natriy asetat eritmasidan quyib, 1-2 tomchi fenolftalein indikatoridan qo’shing va uni qaynaguncha qizdiring. Pushti rang hosil bo’lishiga e’tibor bering. Eritmani soviting. Eritma rangini o’zgarishini kuzating.
b) Probirkaga 2-3 ml 0,5 n FeCI3 eritmasidan qo’shing va eritma qaynaguncha qizdiring. Nima kuzatiladi ?
Topshiriqlar:
1. Natriy asetat va temir (III) xlorid tuzlari gidrolizining tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing.
2. Temperatura ta’sirida eritmalar rangining o’zgarish sababini tushuntiring.
3. Temperatura oshirilganda muvozanat qaysi tomonga siljiydi?
9-tajriba. Gidrolizga konsentratsiyaning ta’siri
Reaktivlar: 0,5n vismut (III) nitrat, kons. HNO3 eritmasi va distirlangan suv. Ish tartibi. Probirkaga 2-3 ml 0,5n vismut (III) nitrat eritmasidan quying va
unga distirlangan suv qo’shib, eritmani suyultiring. Bunda Bi(OH)2NO3 asosli tuz cho’kmasini hosil bo’lishini kuzating. So’ngra hosil bo’lgan cho’kmaga 2-3 tomchi kons HNO3 eritmasidan tomizing. Natijani kuzating.
Topshiriqlar:
1. Vismut (III) nitratning gidrolizlanish reaksiya tenglamasini (ikki bosqichda) ionli va molekulyar ko’rinishda yozing.
2. Suyultirishnig gidrolizga ta’sirini izohlang.
3. Bi(OH)2NO3 cho’kmasini kons HNO3 da erishini izohlang va reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklda yozing.

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə