Laboratoriy ishlari


Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə18/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Laboratoriy ishlari uzb

Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari.
Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari
Mashg’ulotdan maqsad. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarining mohiyati, muhum oksidlovchi va qaytaruvchilarning xossalarini o’rganish, hamda oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalarini to’g’ri tuzishni bilishdan iborat.
1-tajriba. Metallarnintg qaytaruvchilik xossalri
Reaktivlar: tozalangan mix (yoki temir plastinka), mis simi, rux bo’lakchalari, CuSO4 , Hg(NO3)2 , H2SO4 (yoki) HCI eritmalari.
Ish tartibi. a) Probirkaga 2-3 ml mis(II) sulfat eritmasidan soling, ustiga zangdan tozalangan mix (yoki temir plastinka) tushuring. 2-3 minut o’tgandan so’ng temir mixni eritma- dan olib yuving. Natijani kuzating.
b) probirkaga simob (II) nitrat eritmasidan 2-3ml olib, ustiga mis tanga (yoki tozalangan mis simi)ni tushuring. Mis sirtida Hg ajralib chiqqanligiga e’tibor bering.
d) Probirkaga 2-3 ml H2SO4 (yoki HCI) eritmasidan olib, unga kichik rux bo’lakchasini tashlang. Gaz sjralib chiqishini kuzating.
Topshiriqlar:
1. Tegishli reaksiyalar tenglamalarini elektron–balans usulida tenglashtiring. Kuzatilgan natijalar bo’yicha xulosalar chiqaring.
2. Metallarni qaytaruvchilik xossalarini ifodalovchi reaksiyalarga 4 ta misol keltiring va reaksiya tenglamalarini tuzing.
2- tajriba. KMnO4 ning muhitga qarab oksidlovchilik xossalari
Reaktivlar: KMnO4 , Na2SO4, H2SO4 eritmlari, kons.NaOH, distirlangan suv.
Ish tartibi. Uchta probirka olib, ularning har biriga 2-3 ml KMnO4 eritmasidan qo’shing. So’ngra birinchi probirkaga 2-3 ml H2SO4 , ikkinchisiga 2-3 ml distirlangan suv, uchinchisiga esa 2-3 ml ishqorning konsentrlangan eritmasidan qo’shing va probirkalarni yaxshilab aralashtiring. Kislotali, neytral va ishqoriy muhitlarda probirkaladagi binafsha rangli eritmaning rangsiz (Mn+2), qo’ng’ir (MnO2) va ko’k (MnO42- ) rangga o’tishini kuzating.
Topshiriqlar:
1. Har qaysi muhitdagi eritma uchun tegishli reaksiya tenglamalarini tuzing va elektron–balans usulida tenglamani tenglashtiring.
2. Qaysi muhitda KMnO4 oksidlovchilik xossasi kuchliroq namoyon boladi?

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə