Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakulteti


t ekspluatatsion zahirani qazib olishda Kon – tayyorlov ishlarining xajmi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə5/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#137566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
fayzullaaaaaa

1000 t ekspluatatsion zahirani qazib olishda Kon – tayyorlov ishlarining xajmi

m3

53,6

ekspluatatsion razvedkaning yillik xajmi

m3

500

Kon – tayyorlov ishlarida zaoboy ishchisining unumdorligi

m3/sm

2,9

1m3 kon massasiga asosiy materiallarning sarfi:

-yogʻoch materiallari

m3

0,020

-PM

kg

2,30

-burgʻulash stali

kg

0,41

- perforator koronkasi Sh 40-42 mm

dona

0,073


Kovuldi konining kon – texnik sharoiti
Ruda konlarini qazib olishda rudani massivdan ajratib olish; ikkilamchi maydalash; rudani blokdan tushirish va tashish gorizontigacha yetkazib berish; kon bosimini boshqarish kabi jarayonlar amalga oshiriladi. Ana shu jarayonlarga sarflanadigan mexnat ruda konlarini yer osti usulida qazib chikarishga sarflanadigan barcha turdagi mexnatning kariyib 50 %ni tashkil kiladi. Bu jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi ularning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga taʼsir etadi. Masalan, massivdan ajratib olish jarayonida yaxshi maydalanmagan kon jinslari ularni ikkilamchi maydalashga ketadigan xarajatlarni oshirib yuboradi va tashish unumdorligini pasaytiradi. Agar ikkilamchi maydalash portlatish asosida bajariladigan bulsa, boshka jarayonlarni, masalan, rudani blokdan tushirish jarayonini tuxtab kolishiga olib keladi. Shu sababli xar bir jarayendan oldin bajariladigan jarayonni sifatli va anik bajarish lozim buladi.
Ajratib olish - bu rudaning bir kismini maydalab blok massivdan ajratib olish jarayonidir. Rudani ajratib olish burgilab-portlatish, mexanik usullarda yoki massivni uz-uzidan kulashi okibatida amalga oshirilishi mumkin. Rudani ajratib olish usulini tanlab olishga kator omillar taʼsir kursatadi, ulardan asosiylari-rudaning fizik-mexanik xususiyatlari, kon-texnik sharoitlari va kullaniladigan kazish tizimi. Ruda konlarini yer osti usulida qazib chikarishda rudani ajratib olish uchuy kuyidagi tyurtlatish usullaridan foydalaniladi: shpurli, svajinali va minasimon (markazlashtirilgan zaryad).
Shpurli ajratib olish usulida ruda massivida chukurligi Zm.gacha va diametri 75mm.gacha bulgan shpurlar ourgilanadi. Ruda konlarini kazib olishda, asosan chukurligi 3,5 m va diametri 40-50mm shpurlar burgilanadi. Yumshok. rudalarda shpur burgilashda (qattiqlik koeffitsiyenti 4-6 gacha) elektr parmalardan, kattiq rudalarda esa zarba-burilma va zarba-aylanma rusumli burgilash mashinalaridan foydalaniladi. Ruda konlarini kazib chikarish amaliyotida keiingi mashinalar keng kullaniladi.
Portlovchi modda sifatida potronlashtirilgan kukunsimon (ammoniy №6 JV, detonit) yoki yumshoq doyaalashtirilgan (granulit, donagranulit) portlovchi modsalar ishlatiladi. Shpurlarni kulda yoki mexanizmlar yordamida zaryadlanadi. Shpurli usulda rudani massivdan ajratib olish katlam, shift-pogona va nimkavat usullarida bajarilishi mumkin Shpurli ajratib olish usuli asosan kalinligi 5-Vm.gacha bulgan va xar kanday ogish burchagiga ega ruda yotkiziklarini kazib olishda kullaniladi.
Qalin ruda tanalari (kalinligi 6-8 m.dan katta) ni kazib olishda rudani massivdan ajratib olish skvajinalarga joylashtirilgan zaryadlarni portlatish orkali amalga oshiriladi. Skvajinalar chukurligi 40-60m.gacha, diametri 60-150 mm.gacha bulishi mumkin.
Skvajina usulida rudani ajratib olish ochiq kompensatsion kamerada (bushlikda) yoki sikilgan muxitda, yaʼni maydalangan kon massasi bilan tuldirilgan konda bajarilishi mumkin, kompensatsion bushliq xajmiga nisbatan ajratib olinadigan ruda xajmi ikki barobardan kup bulmasligi kerak.
Jipslashish xususiyatiga ega bulmagan kalin, kattik; va urtacha qattik ruda yotkizikdari massivdan rudani ajratib olish sikilgan muxitda skvajinalarni portlatish usulida amalga oshiriladi. Bu esa massivdan ajratilgan rudani yaxshi maydalanishini taʼminlaydi.
Ruda ajratib olishning skvajin usuli blok massividagi rudani vertikal, gorizontal yoki kiya katlamlar buyicha amalga oshiriladi. Bunda skvajinalarni blok kavjoyda parallel yoki yelpigichsimon joylashtirish mumkin. Odatda, skvajinalar bir necha k.ator (5 katorgacha) joylashtiriladi va ular orasidagi masofa 2-2,5 m bulishi mumkin.
Markazlashtirilgan katta x,ajmdagi portlovchi modda zaryadini portlatib rudani massivdan ajratib olish usulida portlovchi modda zaryadi maxsus tayyorlangan kon laximiga joylashtiriladi. Bu usul kalin va qattiklik koeffitsiyenti yukori bulgan ruda yotkiziklarini, shuningdeq kameralar orasidagi koldirilgan seliklarni kazib olishda kullaniladi.
Rudani mexanik usulda massivdan ajratib olish nisbatan yumshoq rudalarni (marganes, kaliy va boshk.a tuzlar) kazib olshda kullaniladi.
Rudani oʻz-oʻzidan qulashiga asoslangan ajratib olish usuli amaliyotda juda kam kullaniladi. Bunda ruda yotkiziga oʻta darzdor boʻlgani sababli qazish blokidagi ruda uzini ogirlik kuchi va yukoridagi jins qatlamlarining bosimi taʼsirida kulab massivdan ajralib tushadi. Bu usul iktisodiy jihatdan samarali xisoblanadi. Bu usul koʻllanilganda ruda yoʻqotilishi va sifatsizlanishini boshqarib boʻlmaydi.
Kovuldi konida boʻshliqni qotuvchi toʻlgʻazma bilan toʻldirib gorizantal qatlamli qazib olish tizimi qoʻllanilmoqda. Balans zaxirani qazib olish Irgiredmet loiha instituti ishlab chiqgan «Texnologicheskoy instruksiyey po pri­meneniyu sistemы razrabotki gorizontalnыmi sloyami s tverdeyuщey zakladkoy i proizvodstvu zakladochnix rabot na Kauldinskom zolotodobыvayushem rudnike» yoʻriqnomasiga asosan kameralarga, zaxodkalarga boʻlinib qazib olinadi.
Mazkur tizimni qoʻllashda kon quyidagi talablarga javob bersa, kon samarali oʻzlashtiriladi:

  • Ruda tanasi yotish burchagi 10 – 300 dan oshmasligi kerak;

  • Ruda tanasining qalinligi eng kamida 1,5 m boʻlishi kerak, qalinlik 3, 6, 9, 12, 15, 18, 20, 22, 25, 28, 30m boʻlganda samarli qoʻllaniladi;

  • Togʻ jinslarining xajmiy ogʻirligi 2.4t/m3 , M.M. Protodyakonov shkalasiga koʻra mustahkamlik 13-14 dan kam boʻlmasligi kerak.

Mazkur qazib olish tizmida Kovuldi konida birinchi galda kon – tozalash ishlari boshlanishi bilan quyidagi tartibda ishlar tashkil etiladi:

  • Qatlam shtregi oʻtiladi;

  • Qatlam shtregi yon tomonlaridan har 3 metrda birlamchi va ikkilamchi kameoralar belgilab olinadi;

  • Belgilab olingan kameralarning birlamchisi qazib olinadi;

  • Qazib olingan birlamchi kameralar qotuvchi toʻlgʻazma bilan toʻldiriladi;

  • Birlamchi kameradigi toʻlgʻazma qotganidan soʻng ikkilamchi kamera qazib olinadi;

  • Qazib olingan ikkilamchi kameralar qotuvchi toʻlgʻazma bilan toʻldiriladi;

  • Xar ikkila turdagi kameralar qotuchi toʻlgʻazma bilan toʻldirilgandan soʻng qatlam shtregi toʻlgʻazma bilan toʻldiriladi;

  • S hu tartibda gorizantal qatlamda 3m tepadagi gorizontda kon qazish – tozalash ishlari tashkil etiladi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə