Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakulteti


Bitiruv malakaviy ishi uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə7/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#137566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
fayzullaaaaaa

Bitiruv malakaviy ishi uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar.



Kon elektr energiya taʼminoti
Shaxta elektr istyemolchilarini elektr toki taʼminoti ORU 6kV orqali amalga oshiriladi, 15 dona, ikki kabelli inshoat bilan 840 m va 715 m gorizontdagi SPP elektrpodstansiyadan tok taqsimlanadi. Suv chiqarish nasos stansiyalari blokidagi 6 kV kuchlanishli podstansiyalari asosiy isteʼmolchilarga kiradi.
Elektrpodstansiya KRURN-6 tipli yacheykalar, TSVP tipli transformatorli podstansiya va PR24 tipli tahsimlash punktdan iborattahsimlash qurilmasi bilan jihozlangan.
Shaxta turli gorizontlarida tok istyemolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun har xil quvvatli 6/0,4 kV kuchlanishli va RU-6 kV uchastka stansiyalari mavjud (UTP-1 – 12).
Elektr yoritish ilgaklarga ilinadigan konda ishlatiladigan choʻgʻlanma lampali yoritgichlar bilan amalga oshiriladi.
Elektr yoritish tarmoqlariga ASHP-1 tipli ishga tushirgich agregatlaridan energiya uzatiladi.
Elektr yoritish tarmoqlari har xil kesimli va toʻldirgichliAVVGmarkali kabellari bilan amalga oshiriladi.
Shaxtada quyidagi aloqa va signalizatsiya turlari mavjud:
-telefon aloqasi;
-yongʻin signalizatsiyasi.
Konveyer transportida tashish masofasi ortgan sari uning havfsizligini ta’minlash va konveyerni himoyalash sxemalari murakkablashib boradi. Konveyerning butun uzunligi bo’ylab texnalogik jarayonni to’g’ri borishini ta’minlash qurilmaning samaradorligi oshishiga asos bo’lib xizmat qiladi.Konveyerning butun uzunligi bo’ylab xavfsizlikni ta’minlash hamda konveyerni himoyalash uchun turli xil datchiklar va himoyalagich qurilmalardan foydalaniladi. Konveyer tarnsporti katta uzunlikda katta quvvatli elektr yuritgich qo’llanilishini talab qiladi, katta quvvatdagi elektr yuritgichning salt ishlash vaqtidagi energiya istemoli ham sezilarli katta bo’ladi. Yuksiz ishlash vaqtida konveyer transportining foydali ish koeffitsienti nol foizni tashkil etadi shu bois bu vaqtda istemol qilingan elektr energiyasi to’laligicha isrof energiya hisoblanadi. Bu holatni bartaraf etish uchun konveyer transportida yuk bo’lmagan vaqtda uni to’xtatib turish va yuk kelishi bilan uni qayta ishga tushirish maqsadga muvofiqdir. Ammo bu jarayonni qo’lda boshqarish birmuncha murakkab va noqulayliklarni keltirib chiqaradi, shu sababdan ham bu jarayonni avtomatik tarzda amalga oshirish har tomonlama qulay va inson mexnatini yengillashtirishga omil bo’ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə