Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə1/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#137566
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
fayzullaaaaaa


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
«KONCHILIK ISHI»FAKULTETI
« KONCHILIK ELEKTR MEXANIKASI» KAFEDRASI


Malakaviy (bitiruv ishi oldi) amaliyoti
HISOBOT
Mavzu: Korxonadagi tok datchiklarini takomillashtirish.


Amaliyot o`tash joyi: Kovuldi kon boshqarmasi
Muddati : 04.09.2023 dan 28.10.2023 gacha
Korxonadan amalyot rahbari:
O`quv markazi :
Guruh: 5k-19 KEM
Bajardi: Irisboyev Fayzulla
Qabul qildi: _________________
Olmaliq-2023


MUNDARIJA
1. Kirish…………………………………………………………………………..
2. Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot , qazib olish texnologiyasi..


3. Elektromexanik uskunalar…………………………………………………
4. Bitiruv malakaviy ishi uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar.........................
5. Texnika xavsizligi……………………………………………….………….
6. Xulosa ……………..…………………………………………………………
7. Foydalanilgan adabiyotlar ……… …..…………………………………



  1. KIRISH

O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi.

Turkiston energetika xo’jaligining quvvati 1914-yilga kelib 20 ming kvt dan ozgina oshgan bo’lib, 51 elektr stansiyalardagi elektr motorlarning umumiy soni 500 tadan oshmas edi. 1917-yilgacha hozirgi O’zbekiston hududidagi elektr stansiyalarini quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, bir yilda 3,3 mln.kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Turkiston o’lkasini elektrlashtirish rejasini tuzilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1923-yil Toshkent chekkasidagi Bo`zsuv kanalida suv elektr stansiyasi (GES) qurilishi boshlandi. 1926-yil O’zbekiston energetikasini birinchisi, o’sha vaqtda O’rta Osiyoda eng katta bo’lgan 2 ming kVt quvvatli Bo’zsuv GES i ishga tushdi. Respublikada quvvat o`sishini asosini O`zbekiston energetika sistemasi tuzilgan paytda (1934-yil) Chirchiq-Bo’zsuv yo’nalishida 180 ming kVt quvvatli ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi.


1939-yilda Qizilqiya ko’mir havzasi negizida Quvasoy issiqlik elektr stansiyasi (IES) ni 12 MVt quvvatli kondensatsiyali turbina agregati va Toshkent to’qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasini 6 MVt quvvatli ikki turbinasi ishga tushirildi. Elektr stansiyalarni qurilishi va sanoat korxonalarini rivojlanishi, magistral elektr tarmoqlarini qurish zarurligini keltirib chiqardi. Qodir GES ini ishga tushirilishi bilan bir vaqtning o’zida Respublikada birinchi bo’lib, bu GES dan Toshkentga elektr uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki tizimli liniya foydalanishga topshirildi. 1939-1940-yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy IES ni Andijon shahari bilan, Tavaqsoy GES ini Chirchiq shahari bilan bo’ladi. Vatan urushi yillarida Toshkent atrofini bog’lovchi 35 kV kuchlanishli halqasimon havo liniyasi qurib bitkazildi, shimoliy sanoat rayonini elektr bilan ta‟minlash uchun katta quvvatli «Северная» podstansiya qurildi. 1943-yil Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125 ming kVt quvvatli Farhod GES i kimyo sanoatini rivojlantirish va sug’oriladigan yerlarni suv bilan ta‟minlash imkonini berdi. O’zbekiston va qo’shni respublikalari yerlarini o’zlashtirishga imkon beruvchi suv to’g’onlari quriladi.
Angren ko’mir havzasini o’zlashtirilishi, ikki issiqlik elektr stansiyasini 600 ming kVt quvvatli Angren IES ini va Olmaliq issiqlik elektr quvvati markazini(IEM) qurishga asos bo„ldi. 1972-yil Sirdaryo IES ida O`rta Osiyoda birinchi katta kritik parametrlari: bug’ bosimi 240 atm., harorati 54 C° da ishlovchi 300 MVt quvvatli energetika bloki ishga tushdi. Hozirgi paytda Sirdaryo IES ida 10 ta shunday quvvatli bloklari ishlamoqda. O’rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig’indisi 12 mln.kVt dan ortiq bo`lgan, 38 ta issiqlik va gidroelektr stansiyalarini o’z ichiga olgan O`zbekiston energetika sistemasi asosini yirik elektr stansiyalar, shu jumladan Sirdaryo IES (3 mln.kVt), Toshkent (1,86 mln.kVt), Yangi-Angren (1,8 mln.kVt) va Navoiy IES i (1,25 mln.kVt) tashkil etadi.
Ko’rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 800 ming kVt bo’lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o’rnatilgan. Loyiha quvvati 3,2 mln.kVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O`rta Osiyoda eng katta bo’lgan Tolimarjon issiqlik IES ini qurilishi davom etmoqda. Suv energetikasi O`zbekiston Respublikasini energetika vazirligi sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlar bilan belgilangan. Bulardan O’rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli 600 ming kVt quvvatli Chorvoq GES i va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent GESi quvvatni rostlash tartibida ishlaydi. O’zbekiston energetika sistemasi O’rta Osiyo Birlashgan energetika sistemasini tarkibiy qismi bo’lib, bunga undan tashqari Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston va Janubiy Qozog’iston energetika sistemalari kiradi. Hozirga vaqtda O’rta Osiyo birlashgan energetika sistemasi (BES) amalda mustaqil mamlakatlar hamkorligidan ajralgan holda ishlamoqda. Faqat Agadir-Olmata orasida Shimoliy Qozog’iston BES bilan bog’laydigan va o`tkazuv quvvati katta bo’lmagan 500 kV kuchlanishli aloqa liniyasi bor. O’zbekiston Respublikasidagi hamma kuchlanishli elektr tarmoqlarini uzunligi 220 ming km.ni tashkil etib, bunda 500 kV kuchlanishligi 1,6 ming km, 220 kV li 4,6 ming km, 0,4-10 kV li 170 ming km.
Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg`i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani rivojlantirishning barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Respublika elektr energetikasi xaqli ravishda O’zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq farovonligiga salmoqli hissa qo’shib kelmoqda. Energetika vazirligi elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organ bo`lib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini markazlashtirilgan holda elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, shuningdek respublikaning bir qator shaharlaridagi sanoat va kamunal-maishiy iste’molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi. Ishlab chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini taqsimlash va iste‟mol qilishning o’ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalar, magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini markazlashtirilgan holda boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi.
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan umumiy uzunligi 8,8 mingdan ortiq bo’lgan 220-500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari “O’zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Elektr energiyasini respublika iste’molchilariga sotish har bir hududiy tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko’rsatuvchi 14 ta hududiy taqsimlash-sotish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo`lgan kichik stansiyalar mavjud. Umumiy uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo’lib, ular orqali elektr energiyasining ko’p qismi respublika iste’molchilariga yetkazib beriladi.
“O’zbekenergo” AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini amalga oshiruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va yordamchi uskunalarini ta‟mirlash va ulardan foydalanish bilan shug`ullanuvchi yagona ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi. Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan, energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori samarali bug’-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosida zamonaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi. Shuningdek, elektr energiyasini yetkazib berishni nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bilan respublikaning barcha hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan elektr energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Noan’anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish sohasida, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida quvvati 100 MVt dan bo’lgan quyosh elektr stansiyalarini hamda Navoiy viloyatida quvvati 102 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.
Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy etish bilan belgilangan dasturni amalga oshirish, elektr energiyasini yetkazib berish uchun maxsus yonilg`ining solishtirma sarfini 10 foizgacha qisqartirish bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, yoqilg`i energetika balansining diversifikatsiyasini qattiq yoqilg’ining ulushini 2016 yildagi 5,2 foizdan 2021 yilda 7,1 foizgacha ko„tarish bilan amalga oshirish va iste’molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi. O’zbekiston o’z energetik resurslari hisobidan o’zining ehtiyojini to’liq ta’minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə