Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakulteti


Konnining qurilishi bilan shugʻullangan raxbarlar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə3/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#137566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
fayzullaaaaaa

Konnining qurilishi bilan shugʻullangan raxbarlar:
1. Amilov A.A. - 1974 – 1975 yillar;
2. Vetoxin V. - 1975 – 1976 yillar;
3. Gaziyev M.G. - 1976 – 1977 yillar.
Kon 27.12.1977-yilda ekspluatatsiyaga topshirildi, shu davrdan bugungacha quyidagi raxbarlar oʻz faoliyatini olib borgan:
1. Tashpulatov F.T. - 1977 – 1978-yillar.
2. Dadakuziyev B.D. - 1978 – 1979-yillar.
3. Igamberdiyev X. I. - 1979 – 1981 yillar.
4. Muxitdinov R.X. - 1981 – 1984 yillar.
5. Spodar I.I. - 1984 – 1986 yillar.
6. Brыksin Yu.N. - 1986 – 1987 yillar.
7. Igamberdiyev X.I. - 1987 – 1989 yillar.
8. Sidorov V.V. - 1989 – 1990 yillar.
9. Nazarov T.B. - 1990 – 1992 yillar.
10. Abdullayev U.M. - 1992 – 1994 yillar.
11. Rizayev X.A. - 1994 – 2003 yillar.
12. Miraxmedov A.M. - 2003 –2013-yillar.
13. Rustamov O.I. -2013-yilning sentyabr 2023-yil fevral oyigacha
14. Xalbutayev Sh.P. -2023-fevral oyidan hozirgi kunga qadar boshqarib kelmoqda.
Yuqorida sanab oʻtilgan raxbarlar va yillar davomida quyidagi bunyodkorlik ishlarini olib borganlar va hozirda olib bormoqdalar:
“Kovuldi koni 35/6 kvt podstansiyasi”, “Kovuldi koni avtomabil yoʻllari rekonstruksiyasi”, “Sement omborxonasi”, “SPP va Nasos stansiyasi”, «Konning quyi gorizontlarini ochish va qazib olish”, “Radiatsiyadan ximoyalash joyi”, “Kovuldi koni ventiyatsiyasi rekonstruksiyasi (VOD-21)”, “Konning «Janubiy(Yujnыy)” uchastkasini ochish va qazib olish - I bosqichi».
2004-yilda MMK (ABK), kimyoviy lobaratoriya xonasi, TNX (STK) va boshqa turli yordamchi inshoatlar taʼmirlandi, shuningdek ruda tayyorlash uchastkasi xududi kapital devor bilan oʻrab chiqildi.
2006-yilda Yangi zakladka kompleksi qurib bitkazilib ekspluatatsiyaga topshirildi. Shu yilda KMD-1200 drobilkasi xam ishga tushirildi, buning bilan Kovuldi konidan faqat I klass flyus rudalari metallurgiya tarmoqlariga yuborilmoqda.
2007 – yilda elektr energiyasini tejash va quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida “gelioustanovka” qurilib ekspluatatsiyaga topshirildi. 2008 – yilda “gelioustanovka”ning quvvati oshirildi.
Shaxta usti uchastkasida 2011 – yilda qurilishi boshlangan KMD-1200T drobilkasi 2012 – yilning yanvar oyida ekspluatatsiyaga topshirildi.
Kovuldi konidagi togʻ jinslari massivi intensiv tektonik buzilishlar va yoriqdorligi bilan xarakterlanadi. Tektonik buzilishlarni Yujniy uchastka kon – kapital lahimlarida 45-900 burchak ostida yotganini aniqroq koʻrish mumkin. Tektonik buzilishlarning qiyalik burchagi 25-350 dan 65 – 900 gacha koʻrishimiz mumkin, bularni asosan 890 m gorizontda joylashgan 3-sonli shtolnyada koʻrish mumkin.
Yujniy uchastkaning stratigrafik kolonkasi shuni koʻrsatadiki, yuqori qismida andezit-porfiritlar, ruda qatlamining yuqori qismida klastolav-andezit porfiritlarni koʻrish mumkin. Kovuldi koni rudasi asosan kvars - seritsit me­tasamatit, shuningdek oxaktosh yotqiziqlari ham mavjud.
Kern chiqishi 87,6%, ruda boʻyicha 87,4%, rudaning namligi 0,115%, gʻovakligi 1,253%, xajmiy zichligi 2,05 t/m3 ni tashkil qiladi.
Kovuldi koni Yujniy uchastkasi kon lahimlari boʻyicha prognoz suv oqimi ostav­lyayet 17,6 l/s, yoriqdorlik va boʻshliqdorlik koeffitsiyenti 0.49 dan 8,5% gacha, oʻrtacha 2,59% tashkil etadi. L.I. Neyshtadt klassifikatsiyasiga koʻra kon parodasi oʻrtacha siniqdor hisoblanadi.
Barcha turdagi porodalarning zichligi 2,64 dan 2,84 g/sm3 gacha borda, undan oshmaydi. Siqilganda jinslarning chegaraviy mustahkamligi 79,5 dan 171,6 MPa gacha yetadi. Asoan bular - andezit porfiritlar, lavo-brekchiya va litokristalloklastik andezit tuflari, (datsit tarkibli)
Injener - geologik sharoiti urtacha murakkablikda. Xajmiy ogʻirlik 2,51-3,1 t/m3, oʻrtacha 2,65 t/m3, poroda uchun 2,66-2,74 t/m3 oʻrtacha 2.7 t/m3.

Kovuldi konida “Sentralniy”, “Promejutochniy” va “Yujniy” uchastkalari mavjud boʻlib, 2012 – 2017 – yil Kovuldi konini modernizatsiya qilish rejasida Makro iqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan rejadi Kovuldi konining “Yujniy” uchastkasi kon – tayyorlov ishlarini takomillashtirish yuzasidan istiqbolli rejalar oldinga surilgan.

“Yujniy” uchastkasida balans zaxirani tezroq va yoʻqotishlarsiz qazib chiqarish maqsadida kon – kapital, kon – tayyorlov ishlari jadallashtirish maqsadida 2014 – yilning yanvar oyida mahsus “Kon – kapital ishlari” yer osti uchastkasi tashkil etildi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə